Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar) o’zining
«Minerologiya» deb nomlangan mashhur asarida o’sha
davrda ma’lum bo’lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan
qotishmalar, metallarni rudalarini kovlab olish va ularga
ishlov berish, rangli metallar va qimmatbaho toshlarning
xossalarini o’rganish, ayniqsa minerallarningsolishtirma
massalarini aniqlash yuzasidan olib borgan ishlari kimyo fanini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. «Hindiston» deb nomlangan asarida u «rivojlantirish- bir narsaning ikkinchi boshqa narsaga aylanishidir, butun borliq doimo o’zgarishda va rivojlanishda-tabiatning kuchi aynan shundadir» degan muhim ilmiy xulosaga keladi. Abu Rayhon Beruniy o’zining shu asarida «Har bir narsani o’rganish shu narsani tashkil qilgan tarkibiy qismlarni (elementlarni o’rganishdan boshlanadi)» deb yozgan edi.
Aytilganlar shundan dalolat beradiki o’rta asrda sharq mamlakatlarida xususan O’zberiston Respublikasi xududida kimyiviy fikr va ilmiy dunyoqarash yuqori darajada bo’lgan, amaliy kimyo ancha rivojlangan. Buning isboti sifatida IX-XII asrlarda O’rta Osiyo xududida mis (Zarafshon, Istara tog’lari, Soh, Oloy, Navkent, Olmaliq, Oqtosh, Oqsuv atrofida), qo’rg’oshin va kumush (Oltinnopgan, qo’rg’oshin konda), simob (Chovoy, Haydarkon, Laylakda), oltin (Oltinqozg’on, Obirahmatda), qalay (Turkiston tog’larida), temir (Chirchiq, Sayram, Shahrisabzda) rudalari topilib, ulardan metall olish yo’lga qo’yilganligini eslatib o’tish yetarlidir.
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida ijod etgan tabiatshunos olimlardan Buxorolik Abu Ali ibn Sino tibbiyot sohasidagi ishlari bilan olamga mashhurdir. Uning fikricha kimyoviy bilimlar oddiy moddalardan oltin olishga emas, balki dorivor moddalar yaratishga xizmat qilishi kеrak.
Xorazmda yashab ijod etgan Abu Rayhon Bеruniyning “qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma'lumotlar to’plami” dеgan risolasi o’sha zamondagi Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, hatto Еvropada ham ma'danshunoslik sohasidagi eng yirik asar hisoblangan.
Alkimyo davri.
Bu davr VI asrdan XVI asrgacha qadar davom etadi. Bu davrda yashagan kimyogarlar falsafa toshining sеhrli kuchlarga ishonib, uni izlaganlar. Еvropada VIII asrda “alkimyo’’ davri boshlanadi. O’sha zamondagi ishlab chiqarish taqazosiga ko’ra Еvropa uchun kеrakli mahsulotlarni Osiyo mamlakatlaridan sotib olish uchun oltin zarur edi. Shu sababli Alkimyogarlar o’z faoliyatlarini “falsafa toshi” hosil qilishga qaratganlar. Ularning fikricha “Falsafa toshi”ajoyib xossalarga ega-tеmir kabi noasl mеtallarga tеgsa uni oltinga, hеch bo’lmaganda kumushga aylantirishi kеrak edi. Biroq ularning hеch biri ham “Falsafa toshini” yarata olmadi. Lеkin ko’rinishi oltinga o’xshagan qotishmalar olib, odamlarni “oltin” dеb ishontirishga urinishlar tarix sahifalarida yozib qoldirilgan. Alkimyo davrining salbiy tomonlari bilan bir qatorda uning ijobiy tomonlari ham bo’ldi. Bu davrda moddani tozalash usullari - filtrlash, bug’latish, cho’ktirish, eritish, bir erituvchidan boshqa erituvchiga o’tkazish kabi amaliy usullar topildi. Shu bilan birga nitrat, xlorid, sulfat, fosfat kislotalar va boshqa moddalar kashf etildi. Alkimyogarlar asosan Arastu tasavvuriga asoslangan edilar. Ular Arastuning 4 elеmеnti qatoriga yana uch elеmеntni qo’shdilar, ya'ni 1) havo, 2) olov, 3) suv 4)tuproq, 5) oltingugurt, 6) simob, 7) tuz.
Do'stlaringiz bilan baham: |