Referat bajardi: Sohibnazarov Shaxriyor Tekshirdi: Imzo



Download 95,5 Kb.
bet1/4
Sana16.01.2022
Hajmi95,5 Kb.
#373337
TuriReferat
  1   2   3   4
Bog'liq
Lotin Amerikasi va Buyuk Britaniya

Samarqand Shahar 38-umumiy o’rta ta’lim maktabi

REFERAT
Bajardi: Sohibnazarov Shaxriyor

Tekshirdi: ___________________

Imzo:_______________________

Sana:_______________________

Lotin Amerikasi davlatlari va Buyuk Britaniya


Lotin Amerikasi davlatlari

Ikkinchi jahon urushi Lotin Amerikasi davlatlari iqtisodiy taraqqiyotining yuksalishiga katta ta'sir ko'rsatdi. Buning sababi — urush tufayli bu mintaqa davlatlari xomashyosiga bo'lgan talabning yanada oshib ketganligida edi. Talabning oshishi, tabiiyki, xomashyo mahsulotlarining xarid narxini ham ko'tarib yubordi. Ayni paytda bu davlatlarning sanoati ham tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. Bu esa, o'z navbatida, milliy sanoat mulkdorlari kuchayishiga olib keldi.

'Mintaqa davlatlarida jamiyat taraqqiyoti yo'li xususida uch katta siyosiy guruh o'rtasida shiddatli kurash bordi. Bu — taraqqiyotning konservatorlik, milliy islohotchilik va inqilobiy yo'llari tarafdor-lari o'rtasidagi kurash edi.

Konservatorlik yo'li mavjud holatning saqlanishidan manfaatdor kuchlar yo'li edi. Konservatorlik latifundiyachilikning saqlanib qolishi uchun har qanday o'zgarishga qarshi jon-jahdi bilan kurashar edi.

Latifundiyachilik Lotin Amerikasi asriy qoloqligining tub sababi bo'lib keldi. Biroq ikkinchi jahon urushidan so'ng latifundiyachilikning qulashi muqarrar bo'lib qoldi. Bunga, birinchidan, dehqonlar kurashi ta'sirida hukumatning agrar islohot o'tkazishga majburbo'lganligi, ikkinchidan, milliy sanoatning gurkirab rivojlanishi, uchinchidan esa, kuchli demografik «o'zgarish» yuz berganligi sabab bo'ldi.

Demografik o'zgarish qishloq aholisini shaharga ketishga majbur etdi. Natijada ikkinchi jahon urushidan keyingi yillardayoq shahar aholisining soni qishloq aholisining sonidan oshib ketdi.

Ayni paytda siyosiy hayotning markazi ham shaharga ko'chdi. Lotin Amerikasi davlatlari oldida endi taraqqiyotning qolgan ikki muqobil yo'li turar edi. Mintaqa davlatlarining aksariyati milliy islohotchilik yo'lini tanladi.

Milliy islohotchilikning yetakchi kuchi milliy burjuaziya edi. Ular millatni iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot hamda davlat suverenitetini mustahkamlash yo'lida birlashishga da'vat etdilar. Milliy-islohotchilik harakatlari va partiyalarini tuzdilar.

Milliy-islohotchilik harakati Argentinada katta quloch yoydi. Bu yerda u peronizm nomi bilan ataladi. Peronizm keyinchilik Argentina prezidentligiga saylangan general Xuan Domingo Peron nomidan olingan. D. Peron 1943-yilning 4-iyunida o'tkazilgan davlat to'ntarishi natijasida hokimiyat tepasiga keldi.

U argentinaliklarni qaramlik, qoloqlikni tugatish va turli ijtimoiy tabaqalar hamkorligiga asoslangan adolatli jamiyat qurish yo'lida jipslashishga chaqirdi. Imperializmni, oligarxiyani tanqid qildi. Qashshoqlarni himoya qilish zarurligini ta'kidladi. Millionlab aholi D. Peron timsolida o'zlarining himoyachisi va homiysini ko'rdilar. Argentinadagi kuchli kasaba uyushmasi — «Mehnat umumiy konfederatsiyasi» — uning tayanchi bo'ldi.

1946-yilda D. Peron mamlakat prezidentligiga o'tkazilgan saylovda g'ala-ba qozondi. D. Peron chuqur ijtimoiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Chunonchi, ish haqi oshirildi. Umumiy pensiya ta'minoti va haq to'lanadigan ta'til joriy etildi. Fuqarolarning ijtimoiy huquqlari 1949-yilda qabul qilingan yangi Konstitutsiyada mustahkamlab qo'yildi. Iqtisodiy siyosatda chet el kompaniyalariga qarashli mulklarni sotib olish yo'lini qo'lladi. Temir yo'l, aloqa, Markaziy bank va boshqa muhim sanoat korxonalari milliylashtirildi.

Xotin Amerikasida ham mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni, keskinlikni inqilob yo'li bilan hal etishga intiluvchi kuchlar mavjud edi. Ular SSSR dagi kabi sotsializm qurish orzusida bo'lganlar.

Dastlab inqilob 1959-yilda Kubada boshlandi. 1959-yilning 1-yanvarida Fidel Kastro boshchiligida milliy-vatanparvar kuchlar qo'zg'oloni g'alaba bilan yakunlandi. Shu kuni amerikaparast F. Batista hukumati ag'darildi. Bu hukumatni ag'darish uchun inqilobchilar 6 yil kurash olib bordilar. Inqilob rahbari, 32 yoshli F. Kastro Bosh vazir lavozimini egalladi. U o'z oldiga Kubani AQSH ga har qanday qaramlikdan ozod qilish maqsadini qo'ydi.

AQSH o'z navbatida, F. Kastro hukumatini tan olmadi. Ayni paytda unga qarshi iqtisodiy qamal cborasini qo'lladi. Bunga javoban F. Kastro hukumati Kubadagi barcha AQSH mulkini milliylashtirdi va SSSR bilan yaqinlashish yo'lini tanladi.

Kuba sotsializmini saqlab qolish uchun SSSR 1962-yilda, hatto, yadro urushiga ham tayyor edi. 1965-yilda Kubadagi barcha inqilobiy kuchlar yagona tashkilotga — Kuba Kompartiyasiga birlashdilar. F. Kastro uning rahbari etib saylandi. Shu tariqa F. Kastro kommunistik g'oyalarni qabul qildi va Kubada sovet namunasidagi sotsializm qurishni boshladi. 1990-yillarga kelib Kubaning sobiq ittifoqchilari uni qo'llamay qo'ydi. Kuba iqtisodiy og'ir ahvolga tushib qoldi.

Lotin Amerikasidagi demokratik va inqilobiy harakatlar AQSH hukuma­tini tashvishga solib qo'ydi. Endi AQSH Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan o'z siyosatida o'zgarish qilishga majbur bo'ldi.

1961-yilda AQSH prezidenti J. Kennedi tashabbusi bilan «Taraqqiyot yo'lidagi ittifoq» dasturi ishlab chiqildi va u avgust oyida mintaqaning 19 ta davlati tomonidan imzolandi. Dastur 10 yilga mo'ljallangan bo'lib, u industrlashni jadallashtirishni, iqtisodiyotning eksport va import qaramligini kamaytirishni nazarda tutar edi. Ayni paytda ijtimoiy-siyosiy hayot de-mokratlashtirilishi, agrar islohot o'tkazilishi, uy-joy qurilishi, sog'liqni saqlash va ta'lim sohalarida ahvolni yaxshilash choralari belgilandi. Lotin Ameri-kasining 19 davlatida bu dasturning bajarilishi uchun AQSH tomonidan 20 mlrd. dollar miqdorida qarz va boshqa yordamlar berilishi ko'zda tutildi. Dastur ayni paytda Lotin Amerikasi mamlakatlarida voqealar rivojining Kuba varianti takrorlanishining oldini olishga xizmat qilishi ham kerak edi.

1970-yilda G'arbiy yarim sharda ikkinchi bo'lib sotsializm qurmoqchi bo'lgan kuchlarni birlashtirgan ittifoq — xalq fronti Chilida hokimiyat tepasiga keldi. Xalq fronti Chili kommunistik, sotsialistik va radikallar partiyasi ittifoqi edi. 1970-yil 4-sentabrda Chilida o'tkazilgan prezidentlik saylovida Xalq fronti nomzodi S. Alende g'alaba qozondi. Agar Kubada qurol kuchi bilan hokimiyatni egallagan kuchlar sotsializm qurgan bo'lsalar, Chilida S. Alende hukumati Konstitutsiyaviy yo'l bilan sotsializm qurishga kirishdi.

1993—1994-yillardan boshlab Kuba rahbariyati ham reallikka tik qaray boshladi. Mamlakatda iqtisodiy islohotni amalga oshirishga kirishildi. Chet el sarmoyasi ishtirokida qo'shma korxonalar qurilishi rag'batlantirila boshlandi. Mamlakatda chet el valutasining muomalada bo'lishiga, mayda tadbirkorlikka va chakana savdoga ruxsat etildi. Lotin Amerikasi davlatlari murakkab iqtisodiy ahvolni mumkin qadar yumshatish maqsadida iqtisodiy birlashuvga jiddiy e'tibor berdilar.

Braziliya va Argentina o'rtasida 1986-yilda imzolangan iqtisodiy ittifoq asosida 1991-yilda «Janubiy Amerika umumiy bozori» tuzildi. Ayni paytda, mintaqa davlatlari AQSH bilan iqtisodiy integratsiya masalasiga ham jiddiy e'tibor bilan qaradilar. 1992— 1994-yillar davomida AQSH, Kanada va Meksika o'rtasida «Shimoliy Amerika erkin savdo zonasi» tashkil etilganligi bu boradagi muhim qadam bo'ldi.




Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish