Referat bajardi: Sohibnazarov Shaxriyor Tekshirdi: Imzo



Download 95,5 Kb.
bet2/4
Sana16.01.2022
Hajmi95,5 Kb.
#373337
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Lotin Amerikasi va Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniya

Buyuk Britaniyaliklar ham fashizm ustidan qozo-nilgan g'alabaga munosib hissa qo'shganlar. Ular-ning davlati ikkinchi jahon urushi g'oliblaridan biri bo'ldi.

Ayni paytda urush Buyuk Britaniyani ham iqtisodiy, ham siyosiy va ham harbiy jihatdan zaiflashtirdi. Uning harbiy xarajatlari 25 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi. Milliy boyligining to'rtdan bir qismini yo'qotdi. Oltin va valuta zaxiralari kamaydi. Tashqi qarz 3,3 mlrd. funt sterlingni tashkil etdi.

Faqat AQSH dangina emas, o'z dominionlaridan ham qarz bo'lib qoldi. Chet ellarga joylashtirgan sarmoyasining to'rtdan bir qismidan, savdo fiotining 30 foizidan ajraldi. Import eksportdan oshib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajaning 90 foizini tashkil etdi. Bundan tashqari, urush Buyuk Britaniyaning harbiy-strategik ahvolini ham yomon-lashtirdi.

U jahon va imperiya bozorlaridan AQSH tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Endilikda Buyuk Britaniya Yevropada ilgari yuritgan «kuchlar baravarligi» siyosatini yurita olmay qoldi.

Dominion va mustamlakalarda milliy-ozodlik kurashining kuchayishi Britaniya mustamlakachilik imperiyasini inqirozga yuz tuttirdi. AQSH ning yadro va strategik qurollarga ega bo'lishi Buyuk Britaniyaning strategik mavqeiga jiddiy zarba berdi.

To'g'ri, Buyuk Britaniya baribir buyuk davlatlar qatorida qoldi. Biroq uning xalqaro mavqei zaiflashgan edi. Endilikda Buyuk Britaniya dunyoning yetakchi davlati roliga da'vo qila olmas edi. Urush g'olibining bu ahvoliga U. Cherchill «Zafar va fojia» deb baho bergan edi.

1945-yilning 5-iyulida Buyuk Britaniyada parla-ment saylovi o'tkazildi. Unda Buyuk Britaniya tarixida eng mashhur siyosiy arboblardan biri Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill partiyasi (Konservatorlar parti-yasi) mag'lubiyatga uchradi. Hokimiyat jilovi Leyboristlar partiyasi qo'liga o'tdi. Bu partiya parlamentdagi o'rinlarning uchdan ikki qismini egalladi. Leyboristlar o'zlarining saylov oldi dasturini «Kelajakka boqish» deb ataganlar. Dasturda leyboristlar demokratik sotsializmni qurish maqsadini ilgari surdilar. Ular bunday sotsializmni islohotlar yo'li bilan qurishlarini e'lon qildilar.

Dasturda sotsializm inqilobning natijasi bo'lishi kerak emasligi alohida uqtirilgan edi. Xo'sh, leyboristlar qanday jamiyatni demokratik sotsializm deb tushungan edilar? Ularning demokratik sotsializmi farog'at davlatining aynan o'zi edi. 27-iyulda K. Ettli boshchiligida tuzilgan leyboristlar hukumati (1945—1951) saylov oldi dasturini amalga oshirishga kirishdi.

Hukumat jiddiy islohotlar o'tkazdi. Chunonchi, Buyuk Britaniya banki po'lat, ko'mir va gaz, elektroenergiya sanoatini, telegraf va radioaloqa, fuqaro aviatsiyasi, suv va temir yo'l transportini milliylashtirdi. Milliylash-tirish sotib olish yo'li bilan amalga oshirildi. 1945— 1948-yillarda fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va sug'urtalashning kompleks kafolatli tizimi yaratildi. Unga ko'ra, ishsizlik bo'yicha, mehnat qobiliyatini yo'qotganlik bo'yicha, kasb kasalligi, bevalik bo'yicha nafaqa, shuningdek, qarilik pensiyalari to'lanadigan bo'ldi.

10 mln. ishchining ish haqi oshirildi. 1948-yildan boshlab tekin meditsina xizmati joriy etildi. Arzon uy-joylar qurilishi boshlandi. 1927-yilda qabul qilingan reaksion ruhdagi kasaba uyushmalari to'g'risidagi qonun bekor qilindi. Hukumat ba'zi bir siyosiy islohotlarga ham qo'l urdi. Chunonchi, 1949-yilda Buyuk Britaniya parlamentining yuqori palatasi — Lordlar palatasi huquqini qisman cheklash to'g'risida qonun qabul qilinishiga erishildi. Unga ko'ra, parlamentning quyi palatasi ma'qullagan qonun loyihasini Lordlar palatasi tasdiqlamay ushlab turish muddati 2 yildan 1 yilga tushirildi.

Hukumat «Marshall rejasi»ga ko'ra 1948—1950-yillar oralig'ida 3 mlrd. dollarlik yordam oldi. 1948-yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajadan oshdi. Biroq, ayni paytda, moliyaviy inqirozga ham duch kelindi. Bunga AQSH ning «Lendliz» savdosini to'xtatgani, eksportdan keladigan foyda import tovarlari qiymatini ko'zlangan darajada qoplamasligi, 1949-yilda funt sterling qiymatini AQSH dollari qiymatiga nisbatan ka-maytirishga majbur boiinganligi (1949-yilgacha 1 f. s. qiymati 4 dollarga teng edi. Endi uning qiymati 2,8 dollarga teng bo'lib qoldi), tashqi qarz uchun foiz to'lovlari sabab bo'ldi. Buning ustiga iqtisodiyotdagi davlat sektorini bir maromda ushlab turish ham katta mablag' talab etmoqda edi.

Oqibatda hukumat ijtimoiy sohada belgilangan tadbirlar uchun zarur mablag'ga ega bo'la olmadi. Bu borada berilgan va'dalar to'la bajarilmadi. Bu hoi 1951-yilning 25-oktabrida o'tkazilgan navbatdagi parlament saylovida konservatorlarning g'alabasini ta'minladi. U. Cherchill yana hukumat tuz-di. Hukumat 1945-yilgi parlament saylovidagi mag'lubiyat sabablarini hisobga oldi. Shu tufayli ijtimoiy himoya tizimini bekor qilmadi. Biroq «Mamla-katni moliyaviy sog'lomlashtirish dasturi»ga ko'ra, bu soha xarajatlarini bir muncha qisqartirdi.

Po'lat ishlab chiqarish sanoati va transport davlat tasarrufidan chiqarildi. Chetdan oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari keltirish 350 mln. funt sterlingga kamaytirildi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko'tarildi. Eksport hajmi qisqardi. 1952-yilda Buyuk Britaniya yadro quroliga ega bo'ldi. Biroq bu harbiy xarajatlar kamayishiga olib kelgani yo'q. Aksincha, bu mamlakatni oltin va valuta zaxirasi kamayishiga olib keldi. Shu tariqa hukumatning iqtisodiyotni sog'lomlashtirish dasturi ko'zlangan natija bermadi.

Bundan tashqari, mustamlakachilik imperiyasining yemirilishi davom etdi. Ichki va tashqi siyosatdagi qiyinchiliklar U. Cherchillni 1955-yil aprelda iste'fo berishga majbur etdi. Konservatorlar hukumatni yana 9 yil bosh-qardilar. U. Cherchilldan so'ng A. Iden (1955—1957) va G. Makmillan (1957—1963) lar hukumatni boshqardilar.

1957—1958-yillarda mamlakat ishlab chiqarishi 2 foizga kamaydi. Harbiy xarajatlar oshib bordi. Natijada asosiy sarmoyani yangilash jarayoni sekinlashdi. Oqibatda jahon.bozorida mamlakat mavqei pasaydi. GFRuni 3-o'ringa surib qo'ydi. G. Makmillan hukumati vaziyatni o'nglashga harakat qildi.

Xususan, xususiy sanoat moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatladi. Milliy daromadda davlatning hissasi oshishiga erishdi. Mamlakat eksporti hajmi ko'tarila bordi. 1962-yilda iqtisodiy rivojlanish Milliy Kengashi tuzildi. Bu kengash 1961—1965-yillarga mo'ljallangan besh yillik rejani ishlab chiqdi va hukumat uni tasdiqladi.

Biroq rejani hayotga tatbiq etishga muvaffaq bo'linmadi. Ijtimoiy sohani mablag' bilan ta'minlash og'irlashdi. Natijada hukumat kvartira haqi ustidan nazoratni bekor qildi. Ish haqi muzlatildi.

Ayni paytda mustamlakachilik imperiyasi yemirildi. Leyboristlar partiyasi hukumat siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi va 1951 —1964-yillar oralig'idagi yillarni «bekor o'tgan 13 yil» deb atadi. Saylovda g'alaba qilsa, iqtisodiyotning qator muhim sohalarini milliylashtirish va iqtisodiyotni reja asosida rivojlantirish yo'li bilan mamlakatni yangilashga va uning qudratini qayta tiklashga va'da berdi. 1964-yilgi parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. Partiya rahbari T. Vilson boshchiligida yangi hukumat tuzildi. Hukumat mamlakat ilmiy-texnika salohiyatini rivojlantirishga katta umid bog'ladi. Shu maqsadda 1965-yilda parlament birinchi «Milliy besh yillik iqtisodiy dasturi»ni qabul qilishiga erishdi.

Ayni paytda, mamlakat moliyaviy ahvolini muqimlashtirish maqsadida, hukumat ish haqi va narxning o'sishini «oqilona» cheklab qo'yish siyosatini yurita boshladi. Bu siyosat narx-navo va daromadlar siyosati deb nom oldi.

Dastlab bu tadbir ixtiyqriylik asosida amalga oshirilgan bo'lsa, 1966-yildan boshlab hukumatning ish haqini muzlatishga oid qarori bilan amalga oshirildi. G. Vilson hukumati sanoat ishlab chiqarishi yiliga 5 foiz o'sishini rejalashtirgan bo'lsa, amalda u 2,3 foizdan oshmadi. Binobarin, leyborist­lar mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadilar. Buning ustiga funt sterling qiymatini dollarga nisbatan kamaytirish ham ko'zlangan natijani bermadi.

Bundan tashqari, G. Vilsonning Buyuk Britaniyani «Umumiy bozor» ga a'zolikka qabul qildirish yo'lidagi urinishlari behuda ketdi. Fransiya hukumati Buyuk Britaniyani AQSH bilan haddan tashqari bog'langanlikda ayblab, uning «Umumiy bozor» ga qabul qilinishiga qarshilik ko'rsatdi. Bu omillar leyboristlar hukumatining obro'siga ta'sir etmay qolmadi. 1970-yilning 18-iyunida o'tkazilgan parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g'alaba qozondi. E. Xit boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi.

E. Xit hukumati davlatning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ijtimoiy sohalar harajatlarini kamaytirdi. Fermerlarga yordam puli berish to'xtatildi. «Narx-navo va daromadlar» siyosati bekor qilindi. Bu mamlakatda keskinlikni keltirib chiqardi. Hukumat ikki baravar favqulodda holat joriy qilishga majbur bo'ldi.

1971-yilda «Mehnat munosabatlari islohoti to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Qonun tred-yunionlarning huquqini cheklab qo'ydi. Natijada hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasida keskinlik vujudga keldi. Mamlakat yalpi ish tashlash yoqasiga kelib qoldi.

1973—1974-yillar qishida tog'-kon sanoatida inqiroz yuz berdi. Shunday sharoitda E. Xit yangi parlament saylovi belgilashga majbur bo'ldi. 1974-yilning 28-fevralida bo'lib o'tgan parlament saylovida leyboristlar partiyasi g'alaba qozondi. G. Vilson yana bosh vazir lavozimini egalladi. U «Narx-navo va daromadlar siyosatbning yangi variantini qoiladi. Bu variant «ij­timoiy shartnoma» deb nom oldi. Bu hukumat bilan tred-yunionlar o'rtasidagi shartnoma edi. Shartnomaga ko'ra, tred-yunionlar ish haqini yiliga 5 foizgacha oshirish talabidan tiyilib turish, hukumat esa narx-navo o'sishini to'xtatib turish majburiyatini oldi.

Biroq 1976-yilda funt sterling qiymatining yana pasaytirilishi hukumat-ning harakatlarini amalda yo'qqa chiqardi. G. Vilson o'z ixtiyori bilan iste'fo berishga majbur bo'ldi. Uning o'rnini J. Kallagen (1976—1979) egalladi. Biroq u ham mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilay olmadi. 1979-yilda mamlakatda ishsizlar soni 1935-yildan keyin birinchi marta 2 mln. kishiga yetdi.

Buning ustiga J. Kallagen hukumati o'tkir ichki siyosiy muammo — Shimoliy Irlandiya muammosining keskinlashuvi hodisasiga duch keldi. 1921-yilda Buyuk Britaniya bilan Irlandiya o'rtasida imzolangan shartno-maga ko'ra, Shimoliy Irlandiya Buyuk Britaniya tarkibida qolgandi. Uning aholisi asosan protestantlardan iborat bo'lib, katoliklar ozchilikni tashkil etadi. Protestantlar katoliklarni har jihatdan kamsitib keldilar. 1968-yilda katoliklar o'z haq-huquqlari uchun kurash boshladilar. Natijada Shimoliy Irlandiyada tartibsizliklar boshlandi. Bunga javoban Buyuk Britaniya hukumati u yerga harbiy qism kiritdi. Katoliklaming «Irlandiya Respublika armiyasi» deb ataluvchi yashirin terrorchi tashkiloti ingliz soldatlariga qarshi terror o'tkaza boshladi.

Bu terrorchi tashkilot Olster shahrini Irlandiya Respublikasiga qo'shish uchun kurashdi. Bunga javoban protestantlarning yashirin harbiy tashkiloti ham kurashga kirishdi. Har ikki tomon tartib o'rnatish uchun yuborilgan ingliz soldatlarini nishonga ola boshladi. Natijada uch tomondan ham ko'plab kishilar halok bo'ldi.

Mamlakatdagi keskin ichki vaziy^t leyboristlar mavqeiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Oqibatda 1979-yilda o'tkazilgan parlament saylovida bu partiya mag'lubiyatga uchradi. G'alaba qozongan Konservatorlar partiyasi o'z lideri M. Tetcher boshchiligida yangi hukumat tuzdi.

Konservatorlar surunkasiga 18 yil davomida hokimiyat tepasida turdilar. 1979—1990-yillar oralig'idagi 11 yil Buyuk Britaniya tarixiga «Margaret Tetcher davri» nomi bilan kirgan. U Buyuk Britaniya va dunyoda katta obro' qozondi. Uning dasturi «tetcherizm» nomi bilan atalgan.




Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish