FARG’ONA POLITEHNIKA INSTITUTI
QURULISH FAKULTETI SHQ VA X
6-20.GURUH TALABASI QO’LDASHEV NURILLONING
“SHAHAR QURILISHI VA LOYIHALASH ASOSLARI” FANIDAN
TAYORLAGAN
REFERAT
Bajardi: Qo’ldashev.N
Qabul qildi: Nasriddinov.X
Mavzu:Turar joy binolarida sanitariya-gigiena talablari, yoritilganlik, insolyasiya va shamollatishdagi yuzga keladigan muammolar va ularni yechimlari.
2.1. Turar-joy binolari qurish va rekonstruksiyalash O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qilayotgan qurilish normalari va qoidalari talablari asosida bajarilgan loyihalar bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.Turar-joy binolarini loyihalashda odamlarning sog‘lig‘i va hayotini saqlash, atrof-muhitni saqlash, uzoq vaqtga chidamlilik, ta'mirlashga yaroqlik, energiya tejamliligini ta'minlovchi choralar va boshqa talablar amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarga muvofiq ko‘zda tutilishi kerak.
2.2. Turar-joy binolarini shahar va qishloq hududlarida joylashtirishni shaharsozlik loyihasi bo‘yicha ShNK2.07.01ning talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
2.3. Binolarning qavatliligi, uzunligi va kompozision-tarxiy yechimlari, shaharsozlik loyihasiga muvofiq, ushbu normalar talablariga, yong‘in va zilzila xavfsizligi ShNK 2.01.02 va KMQ 2.01.03) talablariga binoan aniqlanadi. Ommaviy uy-joy qurilish uchun 4-qavatdan baland bo‘lmagan; Oqvalashtirilmagan (kanalizasiyalashtirilmagan) shahar va qishloqlarda 1-2 qavatli binolar qo‘llanilishi lozim. 9-12 qavatli binolar yirik shaharsozlarning markazida qurish uchun qo‘llash mumkin; 16 qavatli binolar maxsus (alohida) asoslar bo‘yicha va Davarxitektqurilishning ruxsati bo‘yicha qo‘llaniladi. Qariyalar va nogironlarni joylashtirish uchun ixtisoslashtirilgan kvartirali turar-joy binolar, hamda internat-uylar 3 qavatdan baland bo‘lmasligi kerak.
2.4. Ko‘p xonadonli va ixtisoslashtirilgan turar-joy yo‘riqnomada foydalanuvchi va ta'mirlovchi tashkilotlarga, kvartira egalari, bino ichidagi va taqab solingan xizmat ko‘rsatish xonalari ijarachilariga xavfsiz foydalanish uchun zarur bo‘lgan barcha ma'lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
2.5. Turar-joy binosini qayta-tiklash loyihasida binodan foydalanish jarayonida kelib chiqqan konstruktiv sxemadagi o‘zgarishlar, shu jumladan yangi konstruksiyalariga tushadigan yuklarni o‘zgarishlari hisobga olinishi kerak. Qayta-tiklash loyihasi o‘rnatilgan tartibda manfaatdor tashkilotlar, shu jumladan uy-joy egalari bilan kelishilishi kerak. Turar-joy binolari shu tariqa loyihalanishi, qurilishi va jihozlanishi kerakki, unda yashovchilar xonadon va uy ichida harakatlanayotganida, shuningdek uyga kirish va chiqishda, uning qismlaridan va muhandislik jihozlaridan, uy tevarak- atrofidan foydalanishida jarohat olish xavfi bo‘lmasligi kerak. Turar- joy bino xonalari unga yomg‘ir, qor-muz yoki yer-osti suvlari va foydalanish jarayonida favqulodda vujudga kelgan suvlarni kirishidan konstruktiv vositalar (tadbirlar) va texnik moslamalar bilan himoyalanishi kerak.
2.7. Binoning kiraverishidagi xona polining satxi kirish oldidagi trotuar satxidan kamida 0,15m baland bo‘lishi kerak. amaldagi normalar bo‘yicha va ushbu normalarning 5.9b. bo‘yicha qilinadi. Binolarda o‘tish va mashinada o‘tish yo‘laklarini KMK 2.01.03 dagi 2.8. Turar-joy binolarini loyihalash O‘zbekiston Respublikasi hududini KMK
2.01.01 ga muvofiq qurilish-iqlimiy mintaqalashtirishga mos ravishda, mintaqa va mintaqa ostilar asosiy xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak:
I mintaqa – saxro iqlimi tasirida bo‘lgan, o‘ta noqulay yozgi sharoitli hududlar.I mintaqada ayniqsa yuqori davomli jazirama davrli IA va IB ostmintaqalar, havosi yuqori darajada changli IA, IB va IG ostmintaqalarga ajratilgan, IG ostmintaqa sovuq qishi bilan ajralib turadi.
II mintaqa – tog‘oldi vohalar, tabiy-iqlimiy va landshaft sharoitlari nisbatan yaxshi bo‘lgan vodiylar va yassitog‘li tumanlar.
III mintaqa – tog‘li hududlar – o‘tanoqulay qishgi sharoitlari bilan ajralib turadi.
Mintaqalar va ostmintaqalar tabiy-iqlimiy sharoitlari xususiyatlarini hisobga olish bo‘yicha talab va tavsiyalar ushbu loyihalash normalari matnida keltirilgan.
O‘zbekistonning ma'muriy tumanlari bo‘yicha qurilish iqlimiy zonalari va ostmintaqalari ro‘yxati 4-ma'lumot ilovada keltirilgan.
I qurilish-iqlimiy mintaqada turar-joy binolarining arxitektura- tarixiy yechimlari istiqomatgohni yozgi jazirama, shamol va changdan himoyalashni ta'minlashi kerak. Yashash xonalarini chang-to‘zon ta'siridan himoyalangan hovli bo‘shliqlariga ochilishini ta'minlaydigan, maksimal keng korpusli turar- joy uylarning ixcham qurshalgan (o‘ralgan) yoki yarim qurshalgan (o‘ralgan) kompoziasion- tarxiy yechimlarini qo‘llash tavsiya qilinadi; ko‘p qavatli uylarda uy strukturasi ichiga joylashgan oynavand peshayvonlar, kam qavatli uylarda esa yopiq hovlilar qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
II qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy yechimlar iqlimning orombaxsh sharoitlaridan maksimal foydalanishga, shu bilan bir vaqtda istiqomatgohni ortiqcha jaziramadan himoyalashga qaratilgan bo‘lishi kerak Jaziramadan himoyalash soyabonlash, istiqomatgohni tashqi-ko‘kalamzor muhitga ochish, orombaxsh salqin shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda shamollatish hisobiga ta'minlanadi.
III qurilish-iqlimiy mintaqada arxitektura-tarxiy yechimni tanlashda yetakchi omil, bu istiqomatgohni qish davrida o‘tanoqulay iqlim tasiridan himoyalashdir. Istiqomatgoh va peshayvonlar asosan janubiy (janubi-sharq, janubi-g‘arb) ufqqa qaratilgan, ixcham kompozision-tarxiy yechimlar qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2.9. Xonadon fondining turar-joy binolari xonadonlarga bittadan oilani ko‘chib kirishi va yashovchilarni turar-joy bilan O‘zbekiston Respublikasi «Turar-joy kodeksi»ga muvofiq ta'minlash shartidan kelib chiqib loyihalashtirilishi kerak. Istiqomatgoh maydonining hisobiy ko‘rsatkichlari ta'minlanganlikning erishilgan darajasini, «Buyurtmachining moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlarini, qurilishni resurs bilan ta'minlanganligini hisobga olgan holda loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatiladi, lekin 1 odamga umumiy maydon 10 m2 dan, kreslo- aravachadagi nogironlar uchun esa 23 m2 dan past bo‘lmasligi kerak. Izoh: Istiqomatgoh maydonini ijtimoy normasi xonadonning yashash va yordamchi maydon maydoni peshayvonlarini(oynavand, oynaklangan(ochiq)) hisobga olmagan holda ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga oladi.
2.10. Yashash xonalari va oshxonalarni polidan shipgacha balandligini: I-II mintaqa sharoitida kamida 2,8m qabul qilish lozim (yaxshilangan va yuqori qulaylikli turar-joyda esa, kamida 3m tavsiya qilinadi); III zona uchun 2,7m balandlikka yo‘l qo‘yiladi. Izohlar: 1. Uy qurilishi korxonalari buyumlaridan quriladigan uylarda hamma zonalar uchun balandlik 2,8m bo‘lishi mumkin (poldan shipgacha).
2. Yordamchi xonalar balandligini 2,4m gacha pasaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
3. Qayta tiklanayotgan binolarda, hamda bolaxona qavatlarda yashash va yordamchi xonalar balandligi loyihalash topshirig‘i bilan o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
2.11. Yashash xonalarini yerto‘la va sokol qavatlarida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
2.12. Yashash xonalari, oshxonalar, oqovalashtirilmagan hojatxonalar, zinapoya bo‘lmalari (xonadon ichidagidan tashqari), yo‘lakli tipdagi binolarda umumiy yo‘laklar, vestibyullar, hamda bino ichidagi jamoat xonalari tabiiy yoritilgan bo‘lishi kerak. Tabiiy yoritishni KMK 2.01.05 ga muvofiq, xonalar uchun pol satxida tabiiy yoritilganlik koeffisietini (TYoK) normalangan qiymatini 5- majburiy ilovaga muvofiq qabul qilib loyhalashtirish lozim. Bu holda yorug‘lik proyomlari maydonini yashash xonalari va oshxona pollari may doniga nisbati, qoida tarzida, 1:5,5 dan ko‘p bo‘lmasligi, minimal nisbati I va III mintaqalarda 1:10 dan va II mintaqada 1:8 dan kam bo‘lmasligi kerak; mansard qavatlarda yuqorida ko‘rsatilgan nisbat hamma mintaqalarda 1:10 qilib qabul qilishiga yo‘l qo‘yiladi.
Yo‘lakli tipdagi binolar umumiy yo‘laklar derazasini yuzasi pol yuzasining 1/16 qismidan kam bo‘lmasligi kerak. Tashqi devordagi yorug‘lik proyomlari orqali bir chekkadan (toresdan) yoritilganda, yotoqxonalar umumiy yo‘laklarining uzunligi 24m dan, ikki chekkasidan bo‘lganda 48m dan oshmasligi kerak. Yo‘laklar uzunligi bundan ko‘p bo‘lsa yorug‘lik karmonlari orqali qo‘shimcha tabiy yoritish ko‘zda tutilishi kerak. Ikki yorug‘lik karmonlari orasidagi masofa 24m dan, yorug‘lik karmoni bilan yo‘lak oxiridagi (toresdagi) yorug‘lik proyomi orasidagi masofa 30 m dan oshmasligi kerak. Yorug‘lik karmonining kenligi (eni) uning chuqurligini yarmidan kam bo‘lmasligi kerak (yondosh yo‘lak kengligi hisobsiz). Yorug‘lik karmoni xizmatini o‘tashi mumkin bo‘lgan zinapoya bo‘lmasi orqali, uning ikki tomonida joylashgan yo‘laklarni 12m gacha yoritish mumkin. Izoh: Yotoqxonalarda ikki kishilik yashash yacheykaning taxmon- oshxonasini va kichik gabaritli bir xonali xonadonlardagi elektrplita va shamollatgich (tashqariga tortish) jihozli taxmon-oshxonalarni tabiiy yoritishsiz loyihalashga yo‘l qo‘yiladi.
2.13. Tabiiy yoritilgan xonalar, framuga, darcha (fortochka) yoki boshqa qurilmalar orqali shamollatilishi ta'minlanishi kerak. Kvartiralar to‘g‘ri yoki burchaklama shamollatish bilan ta'minlanishi kerak, tik yo‘nalishda shamollatishga (aerasion shaxtlar orqali) ham yo‘l qo‘yiladi, bunda har bir shamollatish shaxtasiga bitta kvartira biriktiriladi (ulanadi). Havoni bir kvartiradan boshqasiga oqib o‘tishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Bir tomonlama joylashgan bir va ikki xonali kvartiralarni oynaklanmagan xoll maydonchalar, zinapoya bo‘lmasi yoki tashqariga ochiq kvartiradan tashqari xonalar orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi. Yo‘lakli (qoridor) turdagi yotoqxona binolarida yashash xonalarini bevosita tabiiy yoritilgan va to‘g‘ri yoki burchaklama shamollatiladigan, uzunligi 24m gacha bo‘lgan umumiy yo‘laklar (qoridorlar) orqali shamollatishga yo‘l qo‘yiladi.
2.14. Turar-joy binolarini tarxlanishi (planirovkasi) joylanishi va ufqqa nisbatan o‘rni yashash xonalarini 22 mart–2 sentyabr davrida uzluksiz davom etadigan insolyasiyasi 2,5 soatdan kam bo‘lmasligini ta'minlashi kerak; kun davomida insolyasiyaning umumiy vaqti 0,5 soatga oshganda yashash xonalarini insolyasiyasi bir marta uzilishiga yo‘l qo‘yiladi. Bir, ikki va uch xonali xonadonlarda kamida bir xonada; to‘rt, besh-olti xonalikda kamida ikki xonada insolyasiyani normalangan davomiyliligi ta'minlanishi kerak. Yotoqxonalarda qoida tarzida yashash xonalarining kamida 60%, internat-uylar esa kamida 75% insolyasiya qilinishi kerak. Izoh: Turar-joy binolarini joylashishini, ufqqa nisbatan o‘rni, binolar oralig‘i ShNK 2.07.01 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
2.15. Turar-joy binolari ufqqa nisbatan noqulay joylashganda yashash xonalarini ortiqcha quyosh radiasiyasi va jaziramadan saqlash ko‘zda tutilishi kerak. I va II mintaqalarda yashash xonalari derazalari ufqning g‘arbiy qismiga 200-290° oralig‘ida qaratilmasligi kerak. Ufqning ko‘rsatilgan qismiga: ikki xonali kvartirada – bitta xonani, uch xonalikda- ikkitagacha, yotoqxonalarda – soyabon qurilmasi bo‘lganda yoki maxsus oynaklangan bo‘lsa, ko‘pi bilan 25% yashash xonalari qaratilishiga yo‘l qo‘yiladi.
I va II mintaqalarda yashash xonalari ufqning 200-290° sektoriga qaratilganda tashqi soyabon qurilmalari qo‘llaninishi kerak; turar-joy qo‘llanilishi kerak; turar-joy qulayligi «yaxshilangan» va «yuqori» klassida soyabon qurilmasi: I mintaqada-70-290° oralig‘ida, II mintaqada – 180-290° oralig‘ida qo‘lanilishi kerak.
II mintaqada soyabon 1-4 qavatli binolarda ko‘kalamzorlash vositasi bilan ta'minlanadi. I mintaqada ko‘kalamzorlash hisobiga erishiladigan soyabon 2 qavatgacha bo‘lgan binolarda samaralidir. IA va IG ostmintaqalarda sidirg‘a (teshik-telugsiz) soyabon tavaqalari qo‘llash tavsiya etiladi.
2.16 Tashqari muhitga ochilmaydigan zinapoya bo‘lmalari har qavatda tashqi devordagi deraza orqali yoritilishi kerak; bunda deraza yuzasi 1,2 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Shamollatish har qavatdagi derazalarni ochish yo‘li bilan ta'minlanadi. Tepadan (zenitniy) yoritilgan L2 turdagi zinapoya bo‘lmasini 5.14b. talablarini hisobga olgan holda 3 qavatgacha bo‘lgan binolarda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
2.17. Yong‘inga qarshi maqsad uchun mo‘ljallanmagan yozgi xonalar (peshayvonlar) oynavand qilib loyihalanishi kerak (balkon, ayvon va hovlichalardan tashqari). Qo‘shni seksiyalarga, tashqi (ochiq) zonalar, ehtiyot chiquvlar (avariyniy vixod), tutun kirmaydigan zinapoyalar qoshidagi ochiq joydan o‘tish uchun ishlatiladigan yozgi xonalar (balkonlar, lodjiyalar) oynaklanmaydi.
2.18. Shovqinni yo‘l qo‘yilgan darajasi KMQ 2.01.08 talablariga muvofiq va 6 majburiy ilovadagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha qabul qinishi lozim.
2.19. Turar - joylarni kriminal (jinoiy) xatti harakatlar va ularning oqibatidan himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar, loyihalash topshirig‘ida ko‘zda tutiladi (derazalar, kirish eshiklari, chordoq, yerto‘la va boshqa xonalar eshiklariga himoya konstruksiyalari qo‘llash, qo‘riqlash signalizasiyasi va nazorat tizimi (sistema) o‘rnatish, domofonlar, kodli qulflar, va b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |