Axborotning uzatish usullari
Kishilik jamiyatining rivojlanish davomida axborotni uzatishning ko‘plab bosqichlari yuzaga keldi:
1)Nutqning paydo bo‘lishi natijasida- axborotlarni og‘zaki shaklda almashuvi yuzaga keldi.
2)YOzuvning paydo bo‘lishi axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyatini yaratdi.
3)Kitobni chop qilinishi, matbuot – katta hajmdagi axborotlarni uzatish va saqlash imkoniyatini yaratdi.
4)Radio, telefon, telegraf, televidenie va telekommunikatsiyalar. Katta hajmdagi axborotlarni uzoq masofalarga real vaqt rejimida uzatish imkoniyatini yaratdi.
5)Kompyuter – real vaqt rejimida katta hajmdagi axborotlarni saqlash va uzatish+ axborotlarni qayta ishlash imkoniyatini yaratdi.
Yildan yilga axborotlarni hajmi bir necha marotaba oshib bormoqda. XX asrning o‘rtalarida «Informatsion portlash» iborasi qo‘llanila boshlandi. Bu so‘z yuzaga kelayotgan axborotlarni insonlar miyasi imkoniyatlari bilan qayta ishlash mumkin emasligini anglatadi. SHu paytda insoniyatga hisoblash texnikasi yordamga keldi. Kompyuter texnikasini rivojlanish barabarida kibernetika, informatika kabi fanlar yuzaga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |