6.Axborotning o‘lchov birliklari
Siz ko‘rishingiz, eshitishingiz yoki o‘qishingiz mumkin bo‘lganlarning barchasi - axborotdir. Kundan kunga axborot hajmi ortib bormoqda. Axborotlardan foydalanish uchun, aytaylik oson topish uchun, ularni saqlash va tizimlashtirish zaruriyati yuza keladi. Bu jarayonlarni osonlashtirishda bizga raqamli axborot tashuvchilari yordamga keladi.
Ma’lumki kompyuter axborotlarni tizimli (sistema) blokidagi qurilmalar yordamida qayta ishlaydi. Axborotlar tizimli bloki qurilmalariaro kabellar orqali uzatiladi. YOki biz tashqi qurilmalar- klaviatura yoki sichqoncha yordamida kompyuterga buyruq beramiz.
Biz kitob o‘zida muayyan mazmunni mujassamlashtirigan so‘z va jumlalardan iborat ekanligini yaxshi bilamiz. Har bir so‘z harflar asosida shakllantiriladi. Demak, biz o‘zimizga kerakli bilimlarni - ya’ni axborotni kitobdan olishimiz mumkin. Kompyuter harfni, so‘zni, jumlani, kitobni yoki borliqni inson kabi tushuna olmaydi. Kompyuter qurilmalarida barcha axborotlar signallar asosida ayrboshlanadi, qayta ishlanadi, saqlanadi va h.q. Kompyuter signalni uning borligi (ha) yoki yo‘qligi (yo‘q) bilan ajratadi.
Kompyuter signallarini hosil qilishda «ha» yoki «yo‘q» so‘zlarini raqamli ekvivalenti sifatida 0 yoki 1 raqamlari olinadi. Raqamlar soni 2 ta bulgani uchun ular ikkilik sanoq sistemasidagi sonlar sifatida qaraladi.
Bitta raqam: 0 yoki 1 bit deb ataladi. Demak, bir bit: 0 yoki 1 raqamlarni biridan iborat bo‘ladi. 1 bit (binary digit) so‘zi ikkilik sanoq sistemasidagi raqam degan ma’noni anglatadi.
Bit - bu kompyuterdagi eng kichik axborot birligi bo‘lib, u 0 yoki 1 raqamlarni biridan iborat bo‘ladi. Uni kompyuter saqlashi yoki uzatishi mumkin.
Matematikada 1, 2 va 3 raqamlarni - kombinatsiya qilish orqali 6 ta sonii tuzish mumkin, ya’ni 123, 321, 213, 312, 132, 231.
Agar 0 va 1 sonlardan iborat 8 ta raqam olinsa, kombinatsiyalar soni 256 tani tashkil qiladi (28=256) va bu kombinatsiyalar soni alfavitdagi harflar, sonlar va belgilarni ifodalash uchun etarli bo‘ladi.
0 yoki 1 raqamlaridan iborat 8 ta raqam 8 bitni tashkil qiladi.
Kompyuterlarda axborotlar o‘lchamini hisoblashda 8 bitni 1 bayt deb nomlash qabul qilingan. Bayt birligi orqali axborotlarni kompyuterlardagi axborotlarni o‘lchami aniqlanadi.
Uzunliklarni hisoblashda sm hisobi dm ga, dm hisobi m ga, m hisobi km ga aylangani kabi, kompyuterlarda axborot sig‘imini hisoblashda baytdan boshqa hisoblashlar ham qo‘llaniladi.
20=1, 21=2, 22=4, 23=8, 24=16, 25=32, 26=64, 27=128, 28=256, 29=512, 210=1024, …
20=1 bir bit, 0 yoki 1 raqamlaridan biri;
23= 8 bit = bir bayt
Demak, 8 bit = 1 bayt, 1024 bayt = 1 kilobayt;
Demak, kompyuterlarda axborotlar o‘lchamini aniqlashda quyidagi o‘lchov birliklari ketma ketligi o‘rinli bo‘ladi: Bayt; kilobayt; megobayt; gegabayt; terabayt; petabayt; eksabayt; zettabayt; yottabayt.
Misol. INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANI so‘zida qancha bit yoki bayt axborot bor?
Vazifani bajarish uchun qo‘yidagilarga e’tiborni qaratamiz: So‘zlar soni 5 ta;
Probel (bo‘sh joy)siz belgilar soni 38 ta;
Agar biz faqat belgilar sonini ko‘ra berilgan so‘zda 38 bayt yoki 38*8= 304 bit axborot bor deb hisoblasak, xato natijaga ega bo‘lamiz.
To‘g‘ri javobni aniqlash uchun so‘zdagi probel-bo‘sh joy belgilarini hisoblash kerak bo‘ladi.
Probel (bo‘sh joy) bilan belgilar soni 42 ta;
Demak berilgan so‘zda 8*42=336 bit yoki 42 bayt axborot bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |