Ызбекистон Республикаси Олий ва ырта махсус таълим Вазирлиги
Наманган мущандислик-технология институти
«Мухандислик-технология» факультети
«Жисмоний тарбия» кафедраси
«Педагогика ва психология» фанидан
РЕФЕРАТ
Бажарди: 3бу-12 гурух талабаси
Мамаджанов. Ш
Қабул қилди: Муллабоева. Н
Наманган - 2015
MAVZU:SHAXS PSIXOLOGIYASI REJA: - «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi.
- Shaxsning faolligi va yo'naltirilganligi.
- Shaxsning shakllanishi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1. «Shaxs» tushunchasi va uning psixologik tuzilishi - Huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatida psixologiya yoki psixologik bilimlar doimo zarur boigan. Chunki bu inson va uning ruhiyati bilan bogiiq va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bevosita va bilvosita shaxslar bilan ishlaydi. Shunday ekan, inson shaxsini o'rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug'ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq va ijtimoiy fanlarning umumiy tadqiqot obyektiga aylanib bormoqda.
- Birinchidan, inson u yoki bu aloqa tizimiga binoan biologik evolutsiya mahsuli sifatida o'rganiladi. Ikkinchidan, shaxs tarixiy jarayonning ham obyekti, ham subyekti tariqasida tadqiq etiladi. Uchinchidan, individ muayyan koiamda o'zgaruvchan taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzod tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi.
- XXI asrda yashovchi shaxslar insonparvarlik g'oyalarini o'zida aks ettiruvchi kishilar sifatida hayot va faoliyatda o'zini o'zi nazorat qilish, baholash, ifodalay olish, kamol toptirish, kashf qilish va o'ziga o'zi buyruq berish imkoniyatlariga ega boimoqlari lozim. Bu esa, o'z navbatida, muayyan davrni taqozo etadi.
- Bir ijtimoiy jamiyatning ikkinchisiga almashishi, shuningdek milliy mustaqillik va uning ne'matlari respublikamizda tub o'zgarish-larni vujudga keltirmoqda. Milliy tuyg'u, milliy qiyofa, milliy ta'b, milliy kuy, milliy raqs, milliy ma'naviyat, qadriyat hamda ruhiyat ta'siri ostida o'zining tub mohiyatini aks ettira boshladi.
Mehnat tufayli hayvonot olamidan ajralib chiqqan va jamiyatda rivoj topayotgan, boshqa odamiar bilan birgalikdagi faoliyatini amalga oshirayotgan va ular bilan munosabatga kirishayotgan kishi sekin-asta shaxsga aylanib bormoqda. Moddiy dunyoni, jamiyatni va, xususan, o'zini o'rganish va faol tarzda qayta o'zgarish subyektiga aylan-moqda. O 'z menligini anglagan, o 'zgalar bilan o 'zaro munosabatlarga kirisha oladigan, tabiat va jamiyatga faol ta 'sir o 'tkaza oladigan, har qanday individga shaxs deyiladi.
Chaqaloqning inson zotiga mansubligi Individ tushunchasida ifodalanadi (bundan farqli o'laroq, hayvonot bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotning oxiriga qadar jonzod deb yuritiladi). «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan.
Shunday qilib, muayyan kishini individ deb ataganda, biz juda ko'p narsalarni aytgan bo'lamiz. Aslini olganda, bu bilan uning po-tensial ravishda inson ekanligi ta'kidlanadi. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kasb etadi, shaxs boiib yetishadi.
Individuallik kishining o'ziga xosligini, uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlarida, odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayoniga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da, qobiliyatlarda, faoliyatning shaxsga xos usullari va boshqalarda namoyon bo'ladi.
«Individ» va «shaxs» tushunchalari bir-biriga o'xshash boima-gani singari, o'z navbatida, shaxs va individuallik ham birlikni tashkil qiladi, lekin ular bir-biriga o'xshash emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |