МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
124
РЕЗЮМЕ
В данной статье описывается содержание организации робототехники, мехатроники,
инженерных кружков в детских школах Баркамол Авлод на основе кластерных технологий.
SUMMARY
This article describes the content of the organization of robotics, mechatronics, engineering
circles in Barkamol Avlod children’s schools on the basis of cluster technologies.
Tursunqulova M.T.
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
Tayanch so`zlar:
so`z yasalishi, affiksatsiya, kompozitsiya, yasama so`zlar, fe’l yasovchi
qo`shimchalar, ot yasovchi qo`shimchalar, sifat yasovchi qo`shimchalar.
Ключевые слова:
словообразование, корень, словообразующие аффиксы, словосвязую-
щие аффиксы, фонетический способ, композиция.
Key words:
word formation, root, word-forming affixes, word-binding affixes, phonetic method,
composition.
BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA SO’Z YASASH USULLARINI
O’RGATISH TEXNOLOGIYALARI
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’qituvchilarining eng muhim vazifalaridan biri
o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini hamda savodxonligini oshirishdir. Ushbu vazifani
amalga oshirishda o’quvchilar qurollanishi lozim bo’lgan tilga oid bilimlar ichida so’zlarni
morfemik tuzilishi va so’z yasalishini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. So’z yasalish
hodisasi bo’yicha materiallarni o’rganish boshlang’ich sinf o’quvchilarining tafakkuri
va nutqini rivojlantirishga, ularning yuqori sinfda o’rganishi lozim bo’lgan lingvistik
bilimlarni egallash uchun mustahkam poydevor sifatida xizmat qiladi. So’z yasalishi
hodisasiga oid bilimlar, shakllangan ko’nikma va malakalar kichik yoshdagi o’quvchilarga
so’z ma’nolarini va so’z shaklini hosil qilish qonuniyatlarini tushunishga yordam beradi.
Metodist olimlar yasama so’zlarni o’rganishni boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy
qobiliyatlari rivojlanishi bilan bog’lab, so’z yasalishi qoliplari bilan ishlash, eng avvalo,
so’z yasalishi hodisalarini kuzatishga asoslangan bo’lishi lozim deb ta’kidlaydilar.
Boshlang’ich sinf 1-4 -sinf ”Ona tili” darsligi bilan tanishar ekanmiz, so’z yasalish
bo’yicha bir qancha mavzular va mavzuga oid mashqlar borligini ko’rdik. Aniqroq
aytadigan bo’lsak, 3-4-sinf darsliklarida so’z yasalishiga mustaqil so’z turkumlari doirasida
to’xtalgan, ya’ni o’quvchilar 3-sinfga kelib ularda morfologik bilimlarni shakllantirish
jarayonida “ot yasovchi qo’shimchalar”, “sifat yasovchi qo’shimchalar”, “fe’l yasovchi
qo’shimchalar” kabi tushunchalar bilan tanishadilar. Ammo boshlang’ich sinf o’quvchilari
ravish so’z turkumi bilan tanishtirilmaganliklari va olmosh so’z turkumidan faqat kishilik
olmoshlari guruhi bilan tanishganliklari bois ularga ushbu turkumlar ham yasalishi haqida
aytilmaydi.
Boshlang’ich sinfda so’z yasash hodisasi so’zning morfemik tarkibini o’rganish bilan
bog’liq holda olib boriladi. Chunonchi, boshlang’ich sinf o’quvchilari 3-sinfda “O’zak va
o’zakdosh” so’zlar mavzusi bilan tanishish va mavzuga oid mashqlarni bajarish orqali
–chi, -la, -li, -kor, -dosh, -siz kabi so’z yasovchi qo’shimchalar haqidagi bilimlarni egallab
boshlaydilar. Keyinchalik esa mustaqil so’z turkumlarini o’rganish jarayonida ot yasovchi
–chi, -kor, -dosh, -zor, -loq qo’shimchalarini, sifat yasovchi –li, -siz, -dor qo’shimchalarini,
fe’l yasovchi –la, -illa (-ulla) qo’shimchalarini o’rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |