МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
125
4-sinfda o’quvchilariga esa beriladigan bilimlar mazmuni quyi sinfdagi bilimlar
asosiga qurilib, boyitib boriladi. Bunda ular so’z yasovchi qo’shimchalardan –soz, -k, -q (ot
yasovchi), ser-, be-, -chan, -q (sifat yasovchi), -lan, -sira, -lash (fe’l yasovchi) qo’shimchalar
bilan tanishib, mashqlar bajaradilar.
Umuman, boshlang’ich sinf o’quvchilariga so’z yasash hodisasi haqidagi bilimlarni
berish yangi tushunchani hosil qilish jarayoni bilan bog’ liq bo’ladi. Shuning uchun
tushunchani o’zlashtirish ustida ishlaganda, uning mavhum belgilarini ajratish uchun
muayyan til materiali ya’ni ma’lum bir so’z tahlil qilinadi. Demak, yuqoridagilarga
asoslanib, so’z yasovchi qo’shimchalarga doir esda saqlanadigan qoidalarni o’zlashtirish
uchun quyidagi muhim belgilarga e’tibor berish zarurdir:
1. O’zakka qo’shilib, yangi ma’noli so’z hosil qiladigan morfema affiks morfema
bo’ladi.
2. Bitta so’zga turli so’z yasovchi qo’shimchalar qo’shish bilan o’zakdosh so’zlar hosil
qilinadi.
3. So’z yasovchi qo’shimchalar o’zakdan anglashilgan ma’no bilan bog’liq bo’lgan
boshqa bir so’z hosil qilsa, uni yasama so’z deyiladi.
4. So’z yasovchi qo’shimchadan yasalgan yangi so’z mustaqil ma’no anglatgan so’z
bo’lib, bir so’z turkumi doirasida lug’atni boyitadi yoki boshqa so’z turkumiga o’tib keta
oladi.
Anglashildiki, o’quvchilar boshlang’ich sinfda so’z yasalish usullaridan faqat affiksatsiya
usuli bilan nazariy va amaliy tanishadilar. Qolgan usullar haqida o’quvchilarga ma’lumot
berilmaydi. Mening fikrimcha, o’quvchilarda hosil qilingan lingvistik bilimning har qanday
kurtaklari ularda yuqori sinfda beriladigan tilga oid bilimlarning asosi va tayanchi bo’lib
xizmat qiladi. Ammo, boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’zbek tilidagi so’z yasalishi usullari
haqidagi bilimlar qiyinlik, murakkablik qilganligi sababli to’liq tushuntirishning imkoniyati
yo’qroq. Shuning uchun ushbu yasalish usullarida yasalgan so’zlarning eng sodda va
tushunarli, ayniqsa, ularning yoshlariga mos variantini tanlab, shu asosda ularni o’rgatish
usullarini ishlab chiqish zarur.
Biz quyida keltirgan usuliyat boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun mos bo’lib, boshqa
tushuntirish usullariga qaraganda ham qiziqarli, ham soddaligi bilan afzaldir.
Bunda o’qituvchi ko’rgazmalilik usulidan foydalanib o’quvchilarga rasmlar ko’rsatadi
va o’quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. O’quvchilar tafakkurlarini ishlatib,
idrok qilish orqali savolga javob beradilar. Masalan, o’quvchilarga affiksatsiya usulida ot
yasalishini tushuntirish quyidagicha bo’lishi mumkin. (1-rasm).
O’qituvchi: Diqqat! 1-rasmda nimani ko’ryapsiz?
O’quvchilar: Gulni.
O’qituvchi: 2-rasmda nima tasvirlangan?
O’quvchilar: Gulchi.
O’qituvchi: Gul va gulchi so’zlarini
bog’lovchi umumiylik nima deb o’ylaysiz?
O’quvchilar: Gul so’zida.
O’qituvchi: To’g’ri! Ikki so’zning asosi
ham gul so’zidir. Lekin 2 so’zning tarkibiga
ham e’tibor bering! Nimani payqadingiz?
O’quvchilar: Gul so’ziga –chi qo’shimchasi
qo’shilib yangi so’z hosil qilingan.
O’qituvchi: Barakalla! Endi so’zlarga
so’roq berib ko’ring.
Do'stlaringiz bilan baham: |