МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
50
loyiha Xalq ta’lim vazirligi, “O‘zbektelekom” kompaniyasi va “Huawei” kompaniyasi
hamkorligida tashkil qilingan. Mazkur ikkita maktabning 5 tadan o‘quv xonalari Huawei
kompaniyasi tomonidan ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy videokonferensaloqa tizimi,
hamda maktab o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan planshetlar beg‘araz yordam sifatida
taqdim etildi.[3] Bunday o’quv xonalari va planshetlarni dasturlari va elektron darslik,
qo’llanmalari bilan jihozlash bugungi kunda dolzarb masala. Qachonki, planshet ta’lim
olishning bir elementiga aylansa, bolalar o‘qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Bu
o‘yin bilan klassik ta’limni birlashtirishga tengdir. Natijada o‘qish jarayoni yaxshilanadi,
o‘zlashtirish, ta’lim darajasi va kadrlarni tayyorlash samaradorligi oshadi.
Raqamli dunyoda o’rganish uchun darslik va o’quv qo’llanmalarimiz ko’lamini oshirish
pedagog hodimlar va dasturchilarning o’zaro hamohang ishlashiga zamin bo’ladi. Bular
yaratadigan elektron darsliklari bilim olish jarayonini qiziqarli, yengil, esda qolarli va
zararsiz qilishga yo‘naltiriladi. Buning uchun deyarli barcha sezgi organlari hamda axborotni
qabul qilishning barcha usullari harakatga keltiriladi. Birgina sahifada bir vaqtning o‘zida
ham matn, ham audiotushuntirish, ham videorolik, ham 3D-animatsiya bo‘lishi mumkin.
Zarur hollarda musiqa yoki tovushlar, masalan, biologiya darslari uchun yurak urishi va
hokazolar ham bo‘ladi. Ya’ni darslikni qismlarga ajratish, yig‘ish, eshitish va his qilish
imkoniyati bor bo’ladi.
Bunday darsliklarni o’quvchilar planshetlar, android telefonlar va notebooklar yordamida
foydalanish mumkin bo’ladi. O’z navbatida “Bola — o‘quvchining planshetda o‘yin
o‘ynamasdan faqat o‘qishiga qanday kafolat bor?” degan savol tug’uladi. Bolaning o‘qish
jarayonidagi o‘zlashtirishini, davomat va tartib-intizomni nazorat qiluvchi dasturiy ta’minot
mavjud. Ota-onalarga bolaning shaxsiy kabinetiga kirishiga ruxsat beriladi. Bunda bola
yangi mavzuni qachon ko‘chirib olganini, qachon uni ko‘rganini, qancha vaqt o‘rganganini,
qanday mavzu va savollarga javob berganini kuzatish mumkin. Ushbu ma’lumotlarga ota-
onalar bilan birga o‘qituvchiga ham ruxsat bor. Raqamli darsliklar shunday qurilganki,
birorta mavzuni o‘zlashtirmasdan keyingisiga o‘tishga imkon berilmaydi. Bu shaffof va
to‘ppa-to‘g‘ri nazorat tizimidir.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish va raqamli dunyoda
o’rganish O‘zbekistonga nima beradi? Bu savolga quyidagi javoblarni berishimiz mumkin:
– milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar
tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratish;
–
tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro
standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish;
– milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazish;
–
xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash
tizimini yaratish;
– milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda
qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish;
– O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda
xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring
tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro
standartlarga moslashuviga olib kеladi.
Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish va raqamli dunyoda
o’rganish O‘zbekistondagi o’quvchilarga nima beradi?
–
o’quvchilarni maktab jarayonida olgan bilimlarini real hayotdagi vaziyatlarga,
muammolarga qo’llay olishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |