МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
68
SUMMARY
Confidence in the future enables prospective teachers to take a confident pedagogical position. This article
discusses the content of ensuring the sustainable functioning of students in the pedagogical profession.
Rahmonqulova X .B.
Jizzax davlat pedagogika instiuti
PEDAGOG TARBIYACHILARNING O’ZIGA XOS KASBIY SIFATLARINI
SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY PEDAGOGIK MOHIYATI
Tayanch so’zlar:
pedagog, tarbiyachi ksabiy sifatlar, mohiyati, ijtimoiy, pedagogik, tarbiyalanuvchi
muomalq, individuallik, muloqot, uslub, shaxsiy.
Ключевые слова:
педагог, профессиональные качества воспитателя, сущность, социаль
-
ное, педагогическое, поведение воспитанника, индивидуальность, общение, стиль, личностный.
Key words:
teacher, professional qualities of the educator, essence, social, pedagogical, behavior
of the pupil, individuality, communication, style, personal.
Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning tezkor sur’ati, ro’y berayotgan ijtimoiy hodisalar
mazmuni bugungi kunda fan, texnika va texnologiya sohalarida qo’lga kiritilayotgan
yutuqlarning ta’lim sohasiga faol tatbiq etilishi, yosh barkamol avlodga ta’lim va tarbiya
berishda o’ziga xos bo’lgan yondashuvni qaror toptirish zaruriyatini kun tartibiga olib
chiqmoqda.
M.G.Davletshin tomonidan olib borilgan izlanishlarda tarbiyachi shaxsi va uning
qiyofasida o’z aksini topishi zarur bo’lgan kasbiy-psixologik va ma’naviy-axloqiy sifatlar
ochib beriladi. Shuningdek, muallif tomonidan yaratilgan ilmiy manbalarning birida bola
shaxsida namoyon bo’luvchi qobiliyatlar tasniflangan. Ular quyidagilardan iboratdir:
Didaktik qobiliyatlar, akademik qobiliyatlar, perseptiv qobiliyatlar; nutq qobiliyati,
tashkilotchilik qobiliyati, avtoritar qobiliyat, kommunikativ qobiliyat, pedagogik
xayol,diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.
Olimning ta’kidlashicha, bu qobiliyatlar tarbiyachi faoliyatida g’oyat muhim ahamiyatga
egadir.
M.Mahkamova tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarda bo’lajak tarbiyachilarning
muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi tadqik etilgan. Olimaning o’z ishida asosiy
e’tiborni pedagogik faoliyat muvaffiqiyatini kafolatlovchi omillaridan biri-tarbiyachi va
tarbiyalanuv- chilar o’rtasida yuzaga keluvchi muloqot va uni tashkil etish shartlari va
mulokot uslublari xususidagi masalalarga qaratadi. Muallifning fikricha, muloqotning
to’g’ri tashkil etilishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o’rtasida samimiy munosabat, o’zaro
hamkorlikni qaror toptiradi, shuningdek, ular o’rtasida o’zaro ishonch yuzaga keladi.
Bo’lajak pedagog tarbiyachilarda yakka tartibda muomala madaniyatini
shakllantirish masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
–
Tarbiyalanuvchilar muomalasida individual muloqot uslubining haqiqiy shaxsiy
xususiyatlarini o’rganish;
–
shaxsiy muomaladagi kamchiliklarni aniqlash va ularni barham toptirish yuzasidan
qilinadigan ishlar: uyatchanlik, tortinchoqlik, muomala uslubidagi salbiy holatlarni
yengish;
–
pedagog tarbiyachi uchun muomalaning hissiy jihatdan qulay bo’lgan uslubini
ishlab chiqishga doir topshiriqlar va ularni o’z-o’zini kuzatish ma’lumotlari bilan
taqqoslash;
Do'stlaringiz bilan baham: |