Recent scientific investigation


ПРОБЛЕМЫ В МИГРАЦИОННЫХ ОТНОШЕНИЯХ



Download 1,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana24.02.2022
Hajmi1,59 Mb.
#251175
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
11-12(10)

ПРОБЛЕМЫ В МИГРАЦИОННЫХ ОТНОШЕНИЯХ 
С МОЛОДЕЖЬЮ 
Рузибаев Отабек Мардон углы 
магистрант
Самаркандского государственного университета, 
Республика Узбекистан, г. Самарканд 
 
YOSHLAR BILAN BOG‘LIQ BO‘LGAN MIGRATSION 
MUNOSABATLARDA IJTIMOIY-IQTISODIY HAMDA 
HUQUQIY MUAMMOLAR 
Ro‘zibayev Otabek Mardon o‘g‘li 
Samarqand davlat universiteti magistranti
O‘zbekiston, Samarqand 
 
ABSTRACT 
The article explains the attention paid to migration relations in the 
Republic of Uzbekistan, issues and problems related to youth labor migration 
and educational migration. 
АННОТАЦИЯ 
В статье объясняется внимание, уделяемое миграционным отно-
шениям в Республике Узбекистан, вопросам и проблемам, связанным с 
молодежной трудовой миграцией и образовательной миграцией. 
ANNOTATSIYA 
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida migratsion munosabatlarga 
qaratilayotgan e`tibor, yoshlar mehnat migratsiyasi va ta`lim migratsiyasiga 
oid masalar va muammolar tushuntirilgan. 
 
Keywords: Labor, labor migration, migration, educational migration, 
gross domestic product, consumer basket, wages. 
Ключевые слова: Труд, трудовая миграция, миграция, образова-
тельная миграция, валовой внутренний продукт, потребительская корзина, 
заработная плата. 
Kalit so‘zlar: Mehnat, mehnat migratsiyasi, migratsiya, ta`lim 
migratsiyasi, yalpi ichki mahsulot, iste`mol savati, ish haqqi. 


42 
Mehnat migratsiyasi ayni vaqtda butun Markaziy Osiyo mamlakatlarida 
o‘zining og‘irligi, qiyinchiligi va qolaversa oqibatlari bilan eng muammoli va 
internet nashrlarida ko‘p muhokamalarga sabab bo‘layotgan mavzulardan 
biri hisoblanmoqda. Shuni ta`kidlash joiz, Migratsiya munosabatlari hozirgi 
kunda ko‘plab sohalarga o‘zining ta`sirini ko‘rsatmoqda. Bunga misol 
qiladigan bo‘lsak, iqtisodiy faravonlik, tashqi munosabatlar, yoshlarni jalb 
etish, milliy xavfsizlik, shaxsni shakllantirish, ijtimoiy munosabatlar va h.k. 
Respublikamizda mehnat migratsiyasi juda katta xarakterni o‘zida mujassam 
etgan desak mubolag‘a qilmaymiz. Bunga misol qilib oladigan bo‘lsak 
birgina Rossiya Federatsiyasida muhojir sifatida ishlab, yashab kelayotganlar 
statistik ma`lumotlarga ko‘ra 2 million kishini tashkil etmoqda. Har yerda 
mehnat muhojirlarining ya`ni migrantlarining doimiy muammolari bo‘lib 
birinchi navbatda ish haqqining ehtiyojlarni qoplashi sanaladi. Shu o‘rinda 
bir savol tug‘iladi. O‘zbekistonlik migrantlar nimasi bilan boshqa davlatdan 
kelgan muhojirlardan farqlanadi? Birinchidan, O‘zbek mehnat migrantlari 
har qanday og‘ir sharoitga moslasha oladi va har qanaqa og‘ir mehnat bilan 
shug‘ullana olishadi. Chunki, O‘zbekistonlik migrantlar irodali, baquvvat va 
kuchli bo‘lishadi. Shuning uchun O‘zbekistonlik migrantlar asosan qurilish, 
yuk tashish kabi ishlarga jalb etilishadi. Ikkinchidan, migrantlarning aksari 
uylariga har oyda 450-500 dollar atrofida mehnatlari evaziga pul ishlab 
jo‘natmoqdalar. Statistik ma`lumotlarga ko‘ra mazkur pul o‘tkazmalari 
mamlakat YaIM ning 10 % ni tashkil etmoqda. Uchinchidan, migratsiya 
darajasi yoshlar orasida juda ham yuqori. Statistik ma`lumotlariga qaraganda 
O‘zbekistonlik migrantlarining 90-92 % Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun 
ketishadi. Qolgan 8-10% migratlar esa Janubiy Koreya, AQSH, Yevropa 
mamlakatlari va qo‘shni Qozog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketishadi. 
O‘zbekistonlik migrantlarning katta qismini 17-30 yoshlar tashkil etmoqda. 
Shuni yana alohida ta`kidlash joizki ta`lim migratsiyasi asosida chet elga 
borayotgan yoshlarimiz ham migrantlarning asosiy qismiga aylanib 
bormoqdalar. 
Biz yuqorida aytganimizdek, migratsiya muammolar bir mamlakatning 
ko‘plab sohalariga o‘zning ta`sirini ko‘rsatadi. Ijtimoiy barqarorlik va milliy 
xavfsizlikka migratsiya qanday ta`sir ko‘rsatadi? Eng avval ushbu 
muammoni ko‘rib chiqishga asos bo‘ladigan bir qancha o‘ziga xos sabablar 
mavjud. Birinchidan, migrantlarni qabul qiluvchi mamlakatlarda zulm
kamsitish, byurokratiya, shantaj kabi shunga o‘xshash muammolarga duch 
kelishmoqda. Ikkinchidan, bunga asosiy sabab qilib ular o‘zlari eshitgan migrant 
qabul qiluvchi davlatlarga, ularning tilini o‘zlashtirmay borayotganini misol 
qilib ko‘rsatsak bo‘ladi. Uchinchidan, migrantlar qaysi mamlakatda bo‘lsalar 
o‘sha mamlakatning millatchilari nishoniga aylanib qolmoqdalar (asosan 
Ukraina va Rossiya davlatlarida). Bunday holat esa o‘z-o‘zidan turli 


43 
to‘qnashuvlarga sabab bo‘layabdi desak mubolag‘a qilmaymiz. Mehnat 
migratsiyasi, ta'rifiga ko'ra, o'ziga xos xususiyatlar va tendentsiyalarga 
ega bo'lgan juda murakkab hodisadir, ammo bu zamonaviy dunyoda ma'lum 
bir ehtiyojdir.
Odamlar har doim o'z hayotlari va ishlashlari uchun yaxshiroq joy 
izlashadi. Kimdir iqtisodiyoti rivojlangan, turmush darajasi yuqori bo'lgan 
davlatlarga ko'chib o'tish va u yerdan yaxshi ish topishga muvaffaq bo'ladi. 
Yana kimdir noqonuniy muhojir bo'lib qoladi va doimiy ravishda o'z hayotini 
xavf ostiga qo'yib, oz maosh bilan ishlaydi. Umuman butun dunyo hamjamiyati 
migratsiya jarayonlarini, noqonuniy muhojirlarning global iqtisodiyotga 
integratsiyasini nazorat qilib, vaziyatni keskinlashtirib yubormasliklari shart. 
Chet el ommaviy axborot vositalari xabarlariga qaraganda, zararli va o‘ta 
xavfli omillar migratsiya muhitiga kirib kelmoqda, bizga ma`lumki Rossiya 
Federatsiyasida yuzlab o‘zbek mehnat migrantlari terrorchi guruhlarga 
o‘zlari bilmagan holda qo‘shilib qolishlari tufayli Yaqin Sharq va 
Afg‘onistonga yuborilmoqdalar. Albatta, bunday holatlarni oldini olishda 
mamlakatimizda, Prezidentimiz tashabbuslari bilan ko‘plab islohatlar olib 
borilmoqda. Bunga misol qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2018-yil 5-iyulda PQ – 3839 sonli “O‘zbekiston Respublikasining tashqi 
mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, ushbu sohada yechimini topmayotgan 
ana shunday og‘riqli muammolarni bartaraf qilishga qaratilgani bilan ahamiyatli 
sanaladi. Mazkur qarorga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari 
vazirligi huzurida xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni 
qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish 
jamg‘armasi tashkil qilinmoqda, jamg‘arma daromadlari davlat byudjetidan 
ajratiladigan 200 milliard so‘m miqdoridagi bir martalik beg‘araz moliyaviy 
yordam orqali shakllantiriladi. Ushbu mablag‘lar xorijda mehnat faoliyatini 
amalga oshirish davrida kamsitishda, zo‘ravonlikdan, majburiy mehnatdan 
aziyat chekgan, mehnat va boshqa huquqlari buzilgan, og‘ir moliyaviy ahvolga 
tushgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablag‘siz 
qolgan fuqarolarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy himoya qilish, ularga moddiy 
yordam ko‘rsatishga qaratilgan maqsadlar uchun sarf qilinadi. Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga 
2018 - yilning 1-sentabridan e`tiboran, chet el mamlakatlarida vaqtinchalik 
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarimizning 
malakalarini, shu jumladan, kasbiy malaka va xorijiy tillarni bilish 
ko‘nikmalariga ega bo‘lish darajalarini tasdiq qilish vakolatlari berildi. 
Umuman olganda migratsiya murakkab, ko‘p tarafli tabiati tufayli 
yuqoridagi muammolarni hal etish va yechimini topish birdaniga osonlikcha 
amalga oshirilib qolmaydi. Birinchidan, eng aniq javob, shubhasiz, "ishga 


44 
joylashish imkoniyatlari" dir. Yangi ish o'rinlari yaratish va ishsizlik darajasini 
pasaytirish uchun kichik va o'rta biznesni erkinlashtirish zarur. Ta'kidlash 
joizki, O'zbekistonning iqtisodiy tizimi mustaqil biznes va bozor iqtisodiyotiga 
salbiy ta'sir ko'rsatuvchi renta izlash bilan tavsiflanadi. Shu sababli kichik va 
o'rta biznesni juda ham jiddiy erkinlashtirish zamon talabi hisoblanadi. 
Ikkinchidan, soliq, bojxona va boshqa turdagi imtiyozlar firmalarga
kompaniyalarga, ish joylarini taklif qiladigan va yangi ish o'rinlari yaratadigan 
shaxslarga berilishi zarur. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati "iste'mol savati" 
va "eng kam ish haqi" kabi narsalar bo'yicha ma'lumotga ega bo'lishi kerak. 
Migratsiya masalalari ochiq jamoatchilik muhokamalarini o'tkazishga arziydi, 
chunki migratsiyaning turli shakllariga turlicha yondashish kerak. To'rtinchidan, 
migratsiya bir vaqtning o'zida ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, psixologik, siyosiy, 
xavfsizlik va rivojlanish muammosi bo'lganligi sababli, unga mamlakat ichidagi 
iqtisodiy islohotlar va demokratlashtirishning keng, chuqur dasturi doirasida 
yondashish kerak. 

Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish