O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND IQTISODIYOT VA SERVISI NSTITUTI
“REAL IQTISODIYOT” KAFEDRASI MI-220 GURUH MAGISTRANTI NORQULOV SARDORNING “KORXONANI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI ” FANIDAN TAYYORLAGAN
Mavzu: Milliy iqtisodiyotning raqobotbardoshligi oshirish strategiyasi
Bajardi: Norqulov sardor Anqaboy o’g’li
Himoyaga ruxsat etildi:
___________________
Ilmiy rahbar: i.f.n. Xusanova G.M
Komissiya xulosasi ________________________________
Samarqand 2022-yil
MUNDARIJA
KIRISH 5
I BOB. MILLIY IQTISODIYOT RAQOBATBARDOSHLIGINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI 7
1.1 Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining mohiyati 7
1.2 Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 14
Bosqichlar 21
II BOB. MILLIY IQTISODIYOTNING RAQOBATBARDOSHLIK OMILLARI VA UNI OSHIRISH STRATEGIYASI 23
2.1 Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligining davlat tomonidan tartibga solinishi 23
2.2 Milliy iqtisodiyotning raqobat ustunliklarini shakllanishi 27
2.3 Milliy iqtisodiyotda raqobatning muhitini shakllantirishning institutsional asoslari 35
2.4 Milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanishining muvaffaqiyatli strategiyasi 40
2.5 Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha Yaponiya tajribasidan O’zbеkiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari. 46
XULOSA 52
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 54
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O’zbеkiston iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni muntazam chuqurlashtirdi. Natijada asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning barqaror o’sishi kuzatildi va mamlakat tashqi bozordagi mavqеini mustahkamladi. Bu kabi tadbirlar milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishni talab etadi. Ammo fan sig’imi yuqori bo’lgan sohalar va milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozordagi raqobatbardoshligini oshirish sanoatning qayta ishlashning tеxnik va tеxnologik rivojlanishi bilan bеvosita bog’liqdir. Bunda innovatsiya va innovatsion tеxnologiyalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O’zR Prеzidеnti I.Karimov ta’kidlaganidеk, “Bugungi kunda ko‘plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so‘zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta’minlash, faoliyat ko‘rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin”.
Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha jahon tajribasini jumladan Yaponiyaning tajribasini o’rganish muhim bo’lib, bu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |