Real Iqtisodiyot" Kafedrasi Malakaviy amaliyoti hisoboti "


Bozorlar faoliyatini nazorat qilish



Download 56,2 Kb.
bet2/9
Sana16.11.2022
Hajmi56,2 Kb.
#867353
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Azimjon amalyot

Bozorlar faoliyatini nazorat qilish
Bozorlar, unga tutashib ketgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylari, shuningdek ular hududida faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini, ular tomonidan ushbu Qoidalarga, soliq to‘g‘risidagi qonunlarga, savdo faoliyatini tartibga soluvchi normalar va qoidalarga rioya qilinishini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, bozorda sanitariya va veterinariya normalari va qoidalariga, shuningdek standartlarga, yong‘in xavfsizligi normalari va qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining davlat veterinariya xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Chakana savdo shaxobchalari tovar harakatidagi asosiy bo‘g‘inlardan hisoblanib, ishlab chiqarishga, ulgurji savdoga va iste’molchiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aynan shu chakana savdo shaxobchalarida mehnatkashlar ijtimoiy, foydali mehnatga qo‘shgan ulushlariga qarab zarur tovarlarni sotib olishadi. Chakana savdo jarayonida u yoki bu tovar - tovar muomalasidan iste’mol muomalasiga o‘tadi. Chakana savdo shaxobchalarida bozor va talab o‘rganiladi. Bozor sharoitida narxlar, yangi iste’mol tarkib topadi, talab qondiriladi. Talab va taklif o‘rtasida muvozanat ushlab turiladi.
Bundan tashqari chakana savdo shaxobchalarida iste’molni qondirib turish uchun tovar zahiralari barpo qilinadi va har tomonlama iste’molga yordam berish, rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.
Chakana shaxobchalarida ikki turdagi vazifalar bajariladi:

  • tijorat vazifalari;

  • texnologik vazifalar.

Texnologik vazifalar – bunga tovar qabul qilish, saqlash, qadoqlash, o‘rash, tovarlarni savdo zallarida ko‘rsatish, haridorlar bilan hisob-kitob qilish va qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish.
Chakana savdo korxonalari quyidagi belgilarga qarab turlarga bo‘linadi:
I. Bajarayotgan vazifasining xususiyatlariga qarab:

  • doimiy;

  • ko‘chma;

  • posilka yo‘li bilan savdo qiluvchi savdo shaxobchalaridir.

Doimiy savdo shaxobchalari o‘z navbatida ikki xil bo‘ladi:

  • do‘konlar;

  • mayda chakana savdo do‘konlari.

Savdoni tashkil etishda asosiy rolni do‘konlar o‘ynaydi, ular chakana savdo korxonalarining 75 % dan ortig‘ini tashkil etadi va tovar aylanmasining 85 % ga yaqinini beradi. Bu yerda savdo sotiqni uyushtirishning zamonaviy usullarini qo‘llash bo‘yicha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘ladi. Jumladan, ko‘p kuch talab qiladigan ishlar mexanizatsiyalashtiriladi. Sotuvchilar uchun ayniqsa haridorlarga xizmat ko‘rsatish uchun kerakli bo‘lgan qulay sharoitlar muxayyo etiladi.
Do‘konlar o‘zining barpo etilishi, joylashish, sotuvga chiqariladigan mahsulotlarining assortimenti, savdo-xizmati, ishni tashkil etish bilan ajralib turadi.
Chakana savdo korxonasining savdodagi asosiy funksiyasi quyidagilardan iboratdir:

  • haridorlarning mol mahsulotlariga bo‘lgan talab, ehtiyojlarini o‘rganish;

  • tovarlarning assortimentini shakllantirish;

  • tovarlar reklamasi va xizmat ko‘rsatish;

  • haridorlarga savdo xizmati ko‘rsatish.

Mayda chakana savdo do‘konlari esa yordamchi vazifasini bajaradi, ya’ni yangi qurilayotgan joylarda, vaqti-vaqti bilan aholi to‘planadigan joylarda do‘kon qurish, iloji bo‘lmagan yerlarda mayda chakana savdo do‘konlari o‘z faoliyatini olib boradi.
Mayda chakana savdo do‘konlari qatorida chodirlar, kioskalar, pavilonlarni ko‘rsatish mumkin.
Chodirlar – bir-ikki sotuvchiga mo‘ljallangan yopiq holdagi savdo do‘koni hisoblanadi. Kioskalardan farqli ravishda unda tovarlarni saqlash, sotuvga tayyorlash uchun hamda haridorlarning kirib chiqishi uchun unga katta bo‘lmagan xona bor.
Kioskalar – odatda yengil konstruksiyalardan yopiq holda yasaladi. Unda bir kishi savdo sotiq bilan shug‘ullanishi mo‘ljallangan. Kioskalarda tovarlarni saqlash, g‘amlab qo‘yish uchun maxsus xona ajratilmagan.
Pavilonlar – o‘z savdo zaliga, zarur jihozlar saqlanadigan xonaga ega. Ularda asosan, ikki-to‘rt nafar sotuvchi haridorlarga xizmat ko‘rsatishi mo‘ljallangan.
Ko‘chma savdo xizmati o‘z ichiga bir qancha xizmat turlarini oladi. Bular ko‘chma avtolavkalarda, kemalarda, motovelotejkalarda, samolyotlarda, buyumlarni haridorlarga yetkazishdan iborat.
Vagon–lavkalar, kema-lavkalar odatda temir yo‘l va suv transporti xodimlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Avtodo‘konlar odatda do‘kon qurish iloji bo‘lmagan qishloqlarda, kichkina qishloqlarda savdo xizmati olib boradi.
Bundan tashqari bozor kunlari va har xil tadbiriy marosimlar paytida avtodo‘konlar o‘z faoliyatini olib boradi.
Chakana savdoda tovarlarni posilka qilib jo‘natish bilan asosan matlubot kooperatsiyasi shug‘ullanadi. Tovarlar haridorlardan olingan buyurtmaga muvofiq ajratilib belgilangan muddatlarda pochta orqali jo‘natiladi.
Haridorlr esa tovarlarni pochta bo‘limlaridagi preyskurantlarga qarab taxlashlari va shu asosda buyurtma berishlari mumkin.
II. Tovar assortimentiga qarab:

  • ixtisoslashgan;

  • ixtisoslashmagan do‘konlar.

III. Chakana savdo do‘konlarining mulkiy shakliga qarab:

  • davlat chakana savdo do‘konlari;

  • shaxsiy chakana savdo do‘konlari;

  • qo‘shma chakana savdo do‘konlari;

  • chet el savdo do‘konlari.

IV. Do‘konning katta-kichikligiga qarab:

  • kichik;

  • katta va yirik.

V. Chakana savdo do‘konlari savdo binosining tuzilishiga qarab:

  • bir qavatli;

  • ko‘p qavatli;

  • alohida joylashgan;

  • birgalikda joylashgan shakllarda bo‘lishi mumkin.

Savdo shaxobchasini eng maqbul tarzda qurish va joylashtirishda chakana savdo do‘konlarini tiplar bo‘yicha ajratish hamda ularni ma’lum turdagi tovarlarni sotishga ixtisoslashtirish katta ahamiyat kasb etadi.
Chakana savdo shaxobchalarining ixtisoslashuvi – bu savdo tarmoqlarida mehnatni taqsimlashning turlaridan biridir. Bu do‘konlarning savdo-sotiq faoliyati ayrim tovarlarni sotish bilan cheklangan. Ayni shu tovarlarning bir joyda turlar va gruppalar bo‘yicha sotilishi aholining iste’mol ehtiyojlarini to‘laroq qondirish imkonini beradi.
Tiplashtirish – bu ma’lum bir tadbiriy chora bo‘lib, harakatda bo‘lgan, ishlab turgan chakana savdo shaxobchalarini har tomonlama o‘rganilib, fan va texnika yutuqlaridan foydalanib, ularning optimal tiplarini ishlab chiqishdir.
Do‘konlarni quyidagi belgilarga qarab tiplarga ajratishi mumkin: assortiment profili, savdo maydonining hajmi, savdo korxonasining joylashtirishi, haridorlarga xizmat ko‘rsatish shakli va usullari. Tiplarga ajratish jarayonida shunday do‘konlar tanlab olinadi-ki, ular tajribada o‘zini oqlagan bo‘lsin, yangidan barpo etilayotganlarida esa tovarlar assortimentini kengaytirish, savdoda yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish imkoniyatlari hisobga olinishi lozim. Tiplashirish jarayonida do‘konlarning har xil maydonga ega bo‘lgan xillari kamayadi, ularni boshqarish ishlari ancha osonlashadi, texnologik loyihalarini tuzish ham ancha qulay amalga oshadi.
Tiplashtirish – bu tarxiy jarayon hisoblanadi, ya’ni eski tiplar yo‘qolib, yangilari paydo bo‘lishi mumkin. Bu savdoning rivojlanishi, tovar assortimentining kengayishi, bozor talabi va hokazolardan kelib chiqadi.
Chakana savdo do‘konlarining quyidagi tiplari mavjud:
1. Savdo markazi – chakana savdo korxonasi, ommaviy ovqatlanish, maishiy va boshqa turdagi xizmat ko‘rsatadigan korxonalarning majmuiga aytiladi. Savdo markazi bir binoda joylashgan yoki yonma-yon joylashgan bino shaklida bo‘lishi mumkin.
Savdo markazining afzallik tomonlari:
- savdo markazida odatda xizmatning hamma turini iste’molchi qabul qilishi mumkin;
- aholining ko‘p, ozligiga qarab bir necha hil tiplari ishlab chiqilgan.
2. Savdo tarmog‘idagi yetakchi korxonalardan biri – universal do‘kon hisoblanadi. Ularda tovarlarning g‘oyat universal xilma-xil assortimenti bor.
3. Nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar.
4. Ayrim nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi do‘konlar, ya’ni «Texnika», «Bolalar uyi», «Avtomobil», «Kiyim-kechak».
5. Oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar.
6. Ayrim oziq-ovqat tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar, ya’ni «Sut va sut mahsulotlari», «Non va non mahsulotlari», «Meva va sabzavot» va h.k.
7. «Kundalik ehtiyoj mollari» do‘koni ko‘p talab qilinadigan oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlar sotishi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar bo‘lishi kerak.
8. Universam – bu asosan oziq-ovqat tovarlarini va qisman nooziq-ovqat tovarlarini sotuvchi do‘kon bo‘lib hisoblanadi, nooziq-ovqat tovarlaridan xo‘jalik tovarlari, konselyariya tovarlari, parfyumeriya tovarlari bo‘lishi mumkin. Ularning hissasi universam tovar aylanmasini 10-15% ini tashkil etsa maqsadga muvofiq hisoblanadi. Universamning boshqa do‘konlardan farqi, uning texnologik jarayonlarini olib borishda texnika va fan yutuqlaridan foydalanishdadir. Birinchi universam 1912 yilda qurilgan bo‘lib, uning maydoni 1200 kv.m bo‘lgan.
9. Supermarket. Supermarket deb savdo maydoni 450 kv.m dan ortiq bo‘lgan asosan oziq-ovqat va qisman nooziq-ovqat tovarlarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish asosida sotadigan do‘konlarga aytiladi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda 70-80 foiz oziq-ovqat tovarlari supermarket orqali sotiladi. Supermarketlarning maydoni ko‘pincha 800, 1000, 1500, 2500, 4000 kv.m atrofida bo‘ladi. Savdo maydoniga qarab nooziq-ovqat tovrlarining hissasi turlicha bo‘lishi mumkin, ya’ni eng kichiklarida 10-15 %, kattalarida 40-50% bo‘ladi. Birinchi marta supermarket N’yu-Yorkning Elizabet shahrida 1932 yilda vujudga kelgan, uning maydoni 4600 kv. m. bo‘lib, nomi «Katta ayiq» bo‘lgan.
10. Do‘kon-omborlar. Ular bir necha o‘n ming kv. metr maydonni egallaydi, ham ulgurji, ham chakana savdo funksiyalarini bajaradi, tovarlarning assortimenti 100 mingga yaqin nomlarga ega, tovar assortimenti – keng, narxlar – past.
Alkogolli mahsulotlarni sotish taqiqlanadigan shartlar:

  • yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga;

  • muvofiqlik sertifikatisiz;

  • yaroqlilik muddati o‘tib ketgan holda;

  • aksiz markalari bilan markalanmagan yoki qalbaki aksiz markalari bilan markalangan holda;

  • ishlab chiqargan korxonani aniqlash imkonini beradigan darajada aniq markalanmagan holda;

  • uni ishlab chiqarishga litsenziyasi bo‘lmagan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilganda;

  • alkogolli mahsulotni yetkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki bojxona orqali tartibga solish, qoidalarni, savdo belgilaridan va firma nomlaridan foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan qoidalarni, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni buzgan holda uni amalga oshirgan yetkazib beruvchidan sotib olinganda;

  • sanitariya normalariga va alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotish qoidalariga muvofiq bo‘lmagan xona va joylarda;

  • ta’lim, sport va diniy muassasalardan radiusi kamida besh yuz metr masofada joylashgan savdo korxonalarida;

  • jamoat transporti to‘xtash joylarida, shu jumladan metropoliten bekatlari yonida, jamoat joylarida va dam olish joylarida, davolash-profilaktika va sport-sog‘lomlashtirish muassasalari hududlarida, ushbu muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarning oshxonalarida, shuningdek aeroportlar, temir yo‘l vokzallari va avtostansiyalarga tutashib ketgan hududlarda joylashgan savdo korxonalarida;

  • etiketkalarsiz, iflos, singan, tiqini shikastlangan, umumiy ko‘rinishi tiniq bo‘lmagan, chet narsalar aralashgan, cho‘kindili shishalarda sotish taqiqlanadi.

Alkogolli mahsulotlar bilan faqat shaharlarda – alohida kiriladigan va kamida 25 kvadrat metrli, qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo‘lgan, chekka tog‘li tumanlarda – alohida savdo seksiyasi bo‘lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq bo‘lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo‘lgan turg‘un savdo shaxobchasida chakana savdo qilish mumkin.
Ko‘chma savdoni faqat yuridik yuridik shaxslar tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlarining savdoni amalga oshirishning aniq muddatlari va joylari ko‘rsatilgan holdagi ruxsatnomalar asosida, shuningdek tantanalar kunlarida, savdo xizmati ko‘rsatish yuzasidan yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida, shartnomada ko‘chma savdoga qo‘yiladigan tovarlar turlari va miqdorini ko‘rsatgan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
Amaliyot davrining ikkinchi haftasida korxonaning chakana tovar oborotini o‘rgandim. Chakana savdo korxonasi uchun eng muhim iqtisodiy ko‘rsatkich chakana tovar oborot hisoblanadi. Korxonada sotilayotgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilar hisoblanadi:

  • non va non mahsulotlari;

  • makaron mahsulotlari;

  • go‘sht va kolbasa mahsulotlari;

  • qayta ishlangan va achitilgan sut mahsulotlari;

  • muzqaymoq va yaxna ichimliklar;

  • alkogolli ichimliklar;

  • karamel va konfet mahsulotlari;

  • qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari va boshqalar.



Download 56,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish