Personalni rag‘batlantirish korxonaning sotish hajmini oshishi, rivojlanishi sohasida personalni motivatsiyalash, personalning iste’molchilar bilan xush muomila bo‘lishi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshishini ko‘zlab amalga oshiriladigan tadbir hisoblanadi. Personalni rag‘batlantirish moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi rag‘batlarni taklif etish orqali amalga oshirish mumkin. Moddiy ko‘rinishdagi rag‘batlar (mehnatga haq to‘lash tizimida: ustama, mukofot, bir oylik qo‘shimcha va b., ijtimoiy paketlar: personalga tibbiy xizmat ko‘rsatish, xizmatchilarni sug‘urtalash, qo‘shimcha ta’til, personalning o‘qish to‘lovi va b., ovqatlanishga dotatsiya berish, tasodifiy fors-major holatlarda moddiy yordam berish, korporativ stildagi kiyimlarga dotatsiya berish, dam olish va turistik yo‘llanma berish, sovg‘alar, personal uchun maxsus kunlar tashkil etish, xizmatchilar restoran xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlariga ega bo‘lganda: basseyn, sauna, tennis korti, golf o‘yin maydonidan foydalanish va b.) va nomoddiy ko‘rinishdagi rag‘batlar (xizmatchilar karerasini rejalashtirish, ishni taqismlashda – qiziqish, dunyo qarashi va b., faxriy yorliq berish, minnatdorchilik bildirish, lavozimini oshirish, personalga bevosita va bilvosita e’tibor - professonalligini o‘sishi, masterlik darajasi bo‘yicha tanlov, bayramlar bilan tabriklash va shaxsiy tadbirlarida estalik sovg‘alar berish va b.). Har bir restoran o‘zining xodimlarini ishga bo‘lgan munosabatidan kelib chiqib motivatsiyalaydi.
Xulosa va takliflar
Chakana savdo – savdo sohasida yakuniy iste’mol uchun, undan tijorat maqsadlarida foydalanish huquqisiz aholiga tovarlarni donalab yoki ko‘p bo‘lmagan miqdorlarda naqd pulga sotishni nazarda tutuvchi faoliyatni amalga oshirish.
Sotishni rag‘batlantirish tayyorlash va taqdim etish quyidagi jarayonlardan iborat:
1.Sotishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish;
2.Sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish va baholash.
Sotishni rag‘batlantirish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha oxirgi qarorni qabul qilish quyidagi vazifalar bilan bog‘liq:
sotishni rag‘batlantirish maqsadini shakllantirish;
sotishni rag‘batlantirishning qurollarini (instrumentlar) tanlash;
qatnashchilar doirasini aniqlash;
sotishni rag‘batlantirish tadbirlari intensivligini aniqlash;
sotishni rag‘batlantirish dasturidagi axborotlarni tarqatish vositalarini tanlash;
sotishni rag‘batlantirishning davomiyligini aniqlash;
sotishni rag‘batlantirish tadbirlarini qo‘llash vaqtini aniqlash;
sotishni rag‘batlantirish byudjetini ishlab chiqish.
Iste’molchilar uchun quyidagi rag‘batlarni taklif qilish mumkin:
Chegirmalar – bu rag‘bat usuli ko‘p sonli marketing tadbirlarida qo‘llaniladi.
Namunalarni taqdim etish – tovar namunalarini bepul yoki sinab ko‘rish uchun taqdim etish.
Mukofotlar – bular tovarlar, har xil suvenerlar, estalik sovg‘alar, pasaytirilgan narxlar va h.
Kuponlar.
Prezentatsiya.
Merchendayzing.
Tanlov va o‘yinlar.
Lotoreya va viktorinalar.
Sotishni rag‘batlantirish tadbirlarining samaradorligini tahlil qilish muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Marketing harajatlari orasida sotishni rag‘batlantirish uchun ham ajratilgan ekan buning samarasi bo‘lganligini aniqlash lozim bo‘ladi. Sotishni rag‘batlantirishdan oldingi sotuv hajmi va rag‘batlantirish amalga oshirilgandan keyingi sotuv hajmi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |