Reabilitatsiya markaziga EGA bo‘lgan davlat ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish


-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi



Download 259 Kb.
bet12/14
Sana01.03.2022
Hajmi259 Kb.
#476684
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
510 11.08.2021

11-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga va Ixtisoslashtirilgan tashkilotining ustaviga muvofiq boshqariladi.
68. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori.
69. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot ta’lim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga fan yutuqlarini va ilg‘or pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
70. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bolani tarbiyalash, rivojlantirish va ta’lim berishda ko‘maklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo‘linmasi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori, pedagog xodimlari va boshqa xodimlari faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi;
Maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlariga Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
71. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organlari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
73. Direktor Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va Kuzatuv kengashiga hamda muassisga hisob beradi.
74. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
75. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining lavozimiga qo‘yiladigan malaka talablari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
76. Direktor:
Ixtisoslashtirilgan tashkilot nomidan faoliyat olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot mulkini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnoma tuzadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z vakolati doirasida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
o‘quv-moddiy bazani mustahkamlash, ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog va tibbiy kadrlar bilan ta’minlash bilan bog‘liq ayrim masalalarni hal qilish yuzasidan hamda Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatiga oid boshqa masalalar bo‘yicha tegishli organlarga ko‘rib chiqish uchun takliflar kiritadi;
pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
77. Uch nafar direktor o‘rinbosari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalariga joriy rahbarlik qiladi:
o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organi tomonidan tavsiya etiladi hamda maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
umumiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktabgacha ta’lim hududiy boshqaruv organi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi.
78. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori o‘rinbosarlarining huquq va majburiyatlari ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.

Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish