O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV Toshkent sh.,
2021-yil 11-avgust,
510-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-son qaroriga
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
a) 1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Reabilitatsiya markaziga ega bo‘lgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”.
b) 1-ilova (Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom)da:
nomidagi, 1-banddagi, 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
4-banddagi ““Ta’lim to‘g‘risida”” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-bandda:
““Ta’lim to‘g‘risida”” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, o‘ziga xos imkoniyatlari va sog‘lig‘i holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha ta’lim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi”;
28-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Har bir yosh guruhidagi mashg‘ulotlar, o‘yinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘quv rejasida belgilanadi”;
29-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari bo‘lmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda o‘qishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining:
bolalar kuniga 3-4 soat bo‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar kuniga 9 — 10,5 soat bo‘ladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak;
bolalar 12 soat bo‘ladigan guruhlarida — to‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi”;
34-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi”;
35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar mazkur o‘quv yilining so‘nggiga qadar tashkilotda qoladi”;
37-banddagi “qabul qilinadi” so‘zlari “qabul qilinadi va chiqariladi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat bo‘lganda yil davomida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 71-bob qo‘shilsin:
“71-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etish 391. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan, shu jumladan nutqida nuqsoni bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi.
Mashg‘ulotlar maxsus pedagogika sohasida oliy ma’lumotga yoki pedagogika bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan va maxsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan o‘tgan defektolog tomonidan o‘tkaziladi.
392. Defektolog bilan mashg‘ulotlarga maktabgacha ta’lim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:
3 — 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar;
5 — 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) bo‘lgan tarbiyalanuvchilar.
393. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasi asosida defektolog bilan mashg‘ulotlarga jalb qilinadi.
Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi bo‘yicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni o‘tkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi asosida defektolog bilan bo‘lgan mashg‘ulotlariga jalb qilinadi.
394. Defektolog bilan mashg‘ulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida o‘tkaziladi.
395. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi.
396. Maktabgacha ta’lim tashkilotining defektolog tomonidan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yuboriladi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasidan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi.
Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan ro‘yxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi.
397. Umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatishdir.
398. Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-e’tiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv ta’lim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish.
399. Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini ta’minlaydi.
3910. Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar bo‘yicha o‘tkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal mashg‘ulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.
3911. Defektolog maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashg‘ulotlarni borib ko‘radi, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilarga yordam ko‘rsatishning maxsus usullar va uslublarini qo‘llash yuzasidan maslahat beradi.
3912. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha o‘tkaziladi.
Nutqida nuqsonlari bo‘lgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha ta’lim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy o‘tkazilganidan keyin maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi.
Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari bo‘lsa, maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam ko‘rsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi to‘g‘risidagi logopedning xulosasi beriladi.
3913. Xulosada ko‘rsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar to‘xtatiladi.
3914. Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi”;
41-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi bo‘yicha to‘ldiriladi”;
43-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“43. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda to‘ldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — ko‘pi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlarda — ko‘pi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafar boladan kam bo‘lsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
3 yoshdan katta bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning toifasiga qarab to‘ldiriladi hamda ko‘pi bilan 25 nafar bola, shu jumladan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan ko‘pi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra guruhlarni ularni to‘ldirishning eng ko‘p miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi”;
47-banddagi “moddiy yordam” so‘zlari “tibbiy yordam” so‘zlari bilan almashtirilsin;
53-banddagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun” so‘zlari “bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
12-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12-bob. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi 56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun to‘lovlar ota-onalar va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori va uni to‘lash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi”;
61-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan mudir” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkiloti Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor” so‘zlari bilan almashtirilsin;
63-banddagi “mudir” so‘zi “direktor” so‘zi bilan almashtirilsin;
65-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 66-bandning birinchi va to‘qqizinchi xatboshilaridagi “Pedagogika kengashi” so‘zlari “Pedagogik kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 2-ilova (Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar to‘g‘risida nizom) da:
4-banddagi “muassasalarida” so‘zi “tashkilotlarida” so‘zi bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 30 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘ziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni ta’minlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik ko‘maklashish, o‘ziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega bo‘lmagan bolalar bilan birga o‘qishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, ta’lim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh ko‘pi bilan 15 nafar bola bilan to‘ldiriladi.
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qonun hujjatlariga muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin”;
29-banddagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida saqlash uchun” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
g) 3-ilova (Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizom)da:
nomidagi, 1-banddagi, 4 — 8-bandlardagi, 2-bob nomidagi, 9-bandning birinchi xatboshisidagi, 10-bandning birinchi xatboshisidagi, 3-bob nomidagi, 11-banddagi, 14-banddagi, 16-banddagi, 17-banddagi, 18-bandning birinchi — uchinchi xatboshilaridagi, 4-bob nomidagi, 19-banddagi, 5-bob nomidagi, 20-bandning birinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 22-bandning birinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 23-banddagi, 6-bob nomidagi, 27-banddagi, 7-bob nomidagi, 28-29-bandlardagi, 31-32-bandlardagi, 34-banddagi, 37-banddagi, 39-banddagi, 8-bob nomidagi, 40-41-bandlardagi, 44-banddagi, 46 — 48-bandlardagi va 9-bob nomidagi, 51-banddagi, 10-bob nomidagi, 54-55-bandlardagi, 11-bob nomidagi, 57-58-bandlardagi, 65-66-bandlardagi, 12-bob nomidagi, 67-banddagi, 68-bandning birinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilaridagi, 70-bandning birinchi — sakkizinchi xatboshilaridagi, 71-banddagi, 73-banddagi, 75 — 77-bandlardagi, 78-bandning birinchi, oltinchi-yettinchi xatboshilaridagi, 79-80-bandlaridagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tipdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari tegishlicha “turdagi” va “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandda:
birinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarning” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:
eshitishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
ko‘rishda og‘ir nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun”;
13-banddagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
15-bandda:
birinchi xatboshidagi “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” va “tipdagi”so‘zlari tegishlicha “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” va “turdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirsin;
21-bandda:
birinchi va o‘ninchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun mo‘ljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirishi shart”;
25-bandda:
birinchi va yettinchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘qqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga, shuningdek qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:”;
26-banddagi “qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga” so‘zlari “qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi 271-band bilan to‘ldirilsin:
“271. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi:
bolani qonuniy vakillarining arizasi;
sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari;
maktabgacha ta’lim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
maktabgacha ta’lim tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi;
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bo‘lish muddati tugashi;
maktab yoshiga yetishi (7 yosh)”.
33-banddagi “Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari “Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Bolalar tashkilotda bo‘lish vaqtiga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
bolalar qisqa vaqt bo‘ladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
to‘liq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz bo‘ladigan guruhlar bo‘lishi mumkin”;
36-banddagi “tipdagi”, “muddati” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “vaqti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-banddagi “tipdagi”, “pedagogika” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagog” so‘zlari bilan almashtirilsin;
49-bandda:
birinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “aqlik zaiflik bilan” so‘zlari “aqli zaif bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
52-bandda:
birinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “Qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga mo‘ljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
o‘n to‘rtinchi xatboshidagi “aqliy zaif” so‘zlari “aqli zaif” so‘zlari bilan almashtirilsin;
56-bandda:
birinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lgan davri” so‘zlari “maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
59-banddagi “qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni bo‘lgan davri uchun” so‘zlari “qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
60-banddagi “qo‘shma tipdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda bolalarni bo‘lgan davri uchun olinadigan xizmatlar haqi” so‘zlari “qo‘shma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari o‘zi ko‘rsatayotgan maktabgacha ta’lim va tarbiya xizmatlari haqi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
61-banddagi “muhtoj oilalardan kelgan tarbiyalanuvchilar” so‘zlari “muhtoj bo‘lgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
62-banddagi “qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar ro‘yxati” so‘zlari “qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar to‘lovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar ro‘yxati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
63-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tipdagi maktabgacha tashkilotlarning jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlar” so‘zlari “turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
64-bandda:
birinchi xatboshidagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “pedagogik” so‘zi “pedagog” so‘zi bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Qo‘shma tipdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagogik va tibbiyot xodimlari” so‘zlari “Qo‘shma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
69-bandda:
birinchi xatboshidagi “tipdagi”, “pedagogika” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagogik” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi — yettinchi va to‘qqizinchi xatboshilardagi “tipdagi” so‘zi “turdagi” so‘zi bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “tipdagi”, “pedagogik” so‘zlari tegishlicha “turdagi”, “pedagog” so‘zlari bilan almashtirilsin;
72 va 74-bandlardagi “mudir”, “tipdagi” so‘zlari tegishlicha “direktor”, “turdagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
d) 4-ilova (Bolalarni ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va qo‘shma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risida nizom)da:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya to‘g‘risidagi nizom”; 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizom rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi”;
3-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarga va inklyuziv guruhlarga” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
5-banddagi ““Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari ““Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga” so‘zlari bilan ilmashtirilsin;
9-bandning oltinchi xatboshisidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalarga mo‘ljallangan guruhlarda va inklyuziv guruhlarda” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10-bandda:
birinchi xatboshidagi “to‘rt” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarda bo‘sh joylar borligiga qarab, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Komissiya tomonidan mazkur Nizomning 15-bandida ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab etish taqiqlanadi”;
18-banddagi “bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga yuborish” so‘zlari “rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-bandda:
oltinchi xatboshidagi “ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonining og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi”;
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda bola joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lsa unga, belgilangan muddatlardan istisno holda, joriy o‘quv yili tugaguniga qadar (sentyabr — may) muddatiga beriladi”;
to‘qqizinchi-o‘ninchi xatboshilar tegishlicha o‘ninchi-o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bu muddat davomida bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi yo‘llanmasi yoki pedagogik kengashi tavsiyasi bo‘yicha Komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.
Xulosada ko‘rsatilgan bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning bo‘lish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi maktabgacha tashkilot (guruh)ga o‘tkazish masalasi Komissiya tomonidan belgilanadi”;
21-bandda:
birinchi xatboshidagi “bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotga” so‘zlari “davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “2 yoshdan” so‘zlari “3 yoshdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Komissiyaning xulosasi asosida Komissiya kotibi bolani 1 ish kuni davomida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’lim axborot tizimining maxsus ishlab chiqilgan xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi. Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakiliga bola navbatga joylashtirilganligi yoki ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida Komissiya kotibi tomonidan xabar beriladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar olgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotiga 15 ish kuni ichida kelishi shart.
Bolaning qonuniy vakili yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida kelmagan taqdirda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotida ro‘yxatdan o‘tish qayta tiklash huquqisiz bekor bo‘ladi”;
24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24.Komissiyaning xulosasi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolani ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga, qo‘shma turdagi maktabgacha tashkilotga, umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlardagi inklyuziv guruhlariga rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lmagan bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotga rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ tomonidan berilgan yo‘llanmasi asos hisoblanadi”;
25-banddagi “organlarda, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qo‘shma tipdagi maktabgacha tashkilotda” so‘zlari “va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, viloyatlar maktabgacha ta’lim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi huzuridagi komissiya to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA