UNIT 12. Past continius - Davomiy o'tgan zamon
O'tgan zamonda davom etayotgan ish harakatini bildirish uchun 11-darsdagi was/were fe'llaridan
foydalanib, ish-harakatni bildiruvchi so'zga davomiy hozirgi zamon qo'shimchasi "ing" qo'yamiz.
Davomiy hozirgi zamonda "I am sitting" (men o'tiribman) bo'lsa, davomiy o'tgan zamonda "I was
sitting" (men o'tirgan edim) bo'ladi. Ya'ni, hodisa o'tgan zamonda davom etayotganini
tushunamiz.
I am watching TV - Men televizor ko'ryapman.
I watch TV - Men odatda televizor ko'raman.
I watched TV - Men televizor ko'rdim
I was watching TV - Men televizor ko'rayotgan edim.
Savol berish uchun avvalgi darsdagi kabi, was/were egadan oldinga o'tadi:
Was he playing? - U o'ynayotgan edimi?
Javob berish uchun ham avvalgi darsdagidek "Yes, I was" yoki "No, I wasn't" kabi qisqa javob
berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |