https://t.me/noldan_ingliz_tili
Am/is/are qatnashgan darak gaplarni so'roq gapga aylantirish uchun "To be" fe'lini egadan
oldinga o'tkazamiz:
You are tired - Siz charchadingiz. (darak gap)
Are you tired? - Siz charchadingizmi? (so'roq gap)
So'roq gapga qisqa javob berish mumkin. Ha yoki yo'q javobidan so'ng kishilik olmoshi bilan
"To be" fe'lining o'sha gapda ishlatilishi kerak bo'lgan turi qo'shib qo'yiladi. Inkor bo'lsa, "not"
ham qo'shiladi:
Are you hungry? - Sizning qorningiz ochmi?
Yes, I am - Ha.
Yoki:
No, I am not - Yo'q.
Yana:
Is he Uzbek? - U o'zbekmi?
Yes, he is - Ha.
Yoki:
No, he isn't - Yo'q.
Do'stlaringiz bilan baham: