Raymond Murphy Red (qizil) unit 1-50


UNIT 16. Have you ever...?



Download 115,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/25
Sana08.06.2022
Hajmi115,53 Kb.
#644553
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
[@noldan ingliz tili] NEW Raymond Murphy 1-50

UNIT 16. Have you ever...? 
Hozirgi tugallangan zamonda savol berish: 
Have you ever been to Rome - Siz hech Rimda bo'lganmisiz? 
Yes, I have. Many times - Ha bo'lganman, ko'p marta. 
Savol o'tgan zamondan to hozirga qadar bo'lgan muddat haqida so'ralyapdi. Voqea o'tgan 
zamonda bo'lgan, ammo ma'lumot hozirgi vaqtgacha bo'lgan zamonni ifodalaydi. 
"Ever" (hech) bilan savol berilganda agar inkor qilmoqchi bo'lsak, "No, never" (yo'q, hech 
qachon) deyish kifoya qiladi. 
I was looking for. Where have you been? - Men sizni qidirayotgan edim. Qayerda edingiz (shu 
paytgacha)? 

Ushbu gap ham "present perfect" (hozirgi tugallangan zamon) hisoblanadi.


UNIT 17. How long have you...? 
Present perfectning davomi. 
How long have you been in London? - Qachondan beri siz Londondasiz? 
"How long" - qancha uzoq, qancha vaqt kabi tarjima qilinadi. Undan keyingi "have you" present 
perfectning "question" (savol) shaklida ishlatiladi. Undan so'ng "To be" fe'li keladi. "To be" 
hozirgi zamonda am/is/are, oddiy o'tgan zamonda was/were, present perfectda esa 3-ko'rinish 
"been" shaklida keladi. Demak, "How long have you been in London?" so'roq gapi shu tariqa 
hosil bo'ldi. Javob berishda: I have been in Londan since Monday - Men dushanbadan beri 
Londondaman, deyish mumkin. Savolda "have you" deyilsa, javobda "I have" deyiladi. I va you 
o'rnida we, they, he, it kabi ko'rsatish so'zlari bo'lishi mumkin, javob berishda ham shunga 
qaraladi. 
UNIT 18. For, since, ago 
Present perfectda vaqtni ifodalash. 
Biror hodisa yoki holat qachondan beri, qancha vaqt avval yohud qaysi voqeadan oldin sodir 
bo'lganini ifodalash uchun for/since/ago so'zlaridan biri ishlatiladi. 
O'tgan zamondan to hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida ma'lum vaqt o'lchovi bilan belgilangan 
hodisani ifodalash uchun "for" qo'yiladi. 4 yildan beri, 2 kundan beri, 6 soatdan beri, 3 haftadan 
beri, 1 oydan beri, 10 daqiqadan beri kabilar shular jumlasidandir. Masalan: 
Bobur has been in London for six days - Bobur olti kundan beri Londonda. Present perfect 
qoidasiga ko'ra "I have" formulasidan foydalanamiz. "I" o'rnida Bobur, have esa 3-shaxsda 
"has"ga aylanadi. Keyin "To be" fe'lining 3-formati "been" qo'yilyapdi. Keyin qayerdaligi 
yozilib, qachondan beriligi oxirida yozilyapdi. 
Aniq bir vaqt ma'lum qilinib, o'shandan hozirga qadar, degan ma'no ifodalansa "for" o'rniga 
"since" qo'yiladi. Dushanbadan beri, apreldan beri, 9-oktabrdan beri, 2010-yildan beri, soat 12:00 
dan beri kabilar shular jumlasidan. Ya'ni, boshlangan vaqti ma'lum qilingan, lekin hozirgacha 
qancha vaqt o'tgani ma'lum qilinmagan holatda "since" ishlatiladi: 
Alisher has been in Canada since January - Alisher yanvardan beri Kanadada. 
Hodisa hozirgi vaqtdan qancha oldin sodir bo'lgani ma'lum qilinayotganda "ago" (oldin) so'zi 
ishlatiladi. 1 yil oldin, 3 oy oldin, 5 minut oldin va hokazo: 
He arrived in London 4 days ago - U Londonga 4 kun oldin keldi. 

Download 115,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish