ketgan. O'tgan zamonda davom etayotgani ham yo'q. We arrived yesterday - biz kecha yetib
keldik.
Yetib kelayotgan edik yoki hozir yetib keldik emas. Savol berishda "did you" (nima qilyapsiz)
shaklidan foydalanib, javob berishda "I did" (men qilyapman) ko'rinishida javob beriladi.
Noto'g'ri fe'llar ikkinchi ko'rinishda yoziladi. Masalan: go - went, do - did, write - wrote va
hokazo. To'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi. "Did" so'zidan keyingi so'zlarga "ed qo'shilmaydi, 2-
formatga ham o'zgarmaydi.
Present perfect - tugallangan hozirgi zamon. Hodisa o'tgan zamonda sodir bo'lib, hozirgacha
davom etgan holat. Masalan: I have lost my key - Men kalitimni yo'qotib qo'ydim. Ya'ni, haliyam
topganim yo'q. Present perfect have/has bilan ifodalanadi. Agar ularsiz yozilsa, past simple
bo'ladi. I lost my key yesterday - Men kecha kalitimni yo'qotib qo'ydim.
Faqat 3-shaxs birlik (he/she/it) da "has", boshqa holatlarda have ishlatiladi. To'g'ri fe'llarga "ed"
qo'shiladi. Noto'g'ri fe'llar 3-formatda yoziladi. Masalan: go - gone, do - done, write - written va
hokazo.
Present perfect: Have you ever been to Spain? (Siz hech Ispaniyada bo'lganmisiz?)
Past simple: Did you go to Spain last year? (Siz o'tgan yili Ispaniyaga bordingizmi?)
Birinchi gapda hozirgacha bo'lgan vaqt oralig'ida savol beryapdi. Demak, bu tugallangan hozirgi
zamon.
Ikkinchi gapda o'tgan yili haqida so'rayapdi. Undan keyin hozirgacha hech qanday ma'lumot yo'q.
Demak, bu oddiy o'tgan zamon.
UNIT 20. Muallifi ko'rsatilgan va ko'rsatilmagan fe'llar
Ishning bajaruvchisi ko'rsatilgan o'tgan zamondagi gaplar "active" deyiladi. Ishning bajaruvchisi
ko'rsatilmagan gaplar "passive" deyiladi.
Quyidagi gapda ish bajaruvchiga ishora bor: Somebody cleans the room every day - Kimdir
xonani har kuni tozalaydi [active].
Bunisida esa ish bajaruvchiga ishora yo'q, faqat ishning o'zi haqida ma'lumot bor: The room is
cleaned every day - Xona har kuni tozalanadi [passive].
Yana misollar:
Somebody cleaned the room yesterday - Kimdir xonani kecha tozalagan.
The room was cleaned yesterday - Xona kecha tozalangan.
E'tibor bersangiz, "active" gaplarda am/is/are yoki was/were qo'yilmayapdi. "Passive"da esa
hozir ham davom etayotgan harakat bo'lsa am/is/are, o'tgan zamonda qolib ketgan bo'lsa
was/were qo'yiladi. Bunday gaplar ham tugallangan hozirgi zamon bo'lgani uchun noto'g'ri fe'llar
uchinchi formatda yoziladi, to'g'ri fe'llarga "ed" qo'shiladi.
"By" - "tomonidan" deganidir.
My brother was bitten by a dog last week - Mening akam it tomonidan tishlab olindi, yoki mening
akamni it tishlab oldi.
I was born in Uzbekistan - Men O'zbekistonda tug'ilganman.
My parents were born in Uzbekistan - mening ota-onam O'zbekistonda tug'ilgan.
He was born in Ireland - U Irlandiyada tug'ilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: