Tadqiqot natijalarining ishonchliligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuniga hamda ushbu muammo yuzasidan respublikamiz va xorijiy pedagog-olimlarning nazariy g’oyalariga asoslanganligi;
tadqiqot vazifalariga mos tadqiqot metodlarining qo’llanilganligi;
tadqiqotda olg’a surilgan ilmiy farazning tajriba-sinov natijalariga ko’ra reprezentativligi hamda olingan natijalarning matematik-statistik tahlil qilinganligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |