Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishga oid ilmiy-pedagogik, falsafiy, psixologik manbalarni tahlil qilish orqali muammoning dolzarb pedagogik ahamiyatga ega ekanligi asoslangan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishning mavjud ahvolini pedagogik nuqiai nazardan tahlil talqin etilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan hamda uni amaliyotga tatbiq etish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning o’yin kompetentsiyasini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan kontseptsiyalar taklif etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |