Raxmatova X., Hamidova M.
Ta`lim-tarbiya jarayonlarida o’quvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish:
uslubiy qo’llanma. -Namangan, 2018.- 104 b.
3
KIRISH
O`zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida mustaqqillik yillari
davomida tub o`zgarishlar vujudga kelmoqda. Milliy qadriyatlarni
tiklash, milliy ma'naviyatni yuksaltirish, ayniqsa, sharqona odob-axloq
an'analariga e'tiborni kuchaytirish shular jumlasidandir. O`lkamizda
buyuk rejalar va bunyodkorlik ishlari tarixiy an'ana va tajribalarga
asoslanib aql-idrok va sabr-qanoat hamda sobitqadamlik bilan amalga
oshirilmoqda.
Shu o`rinda, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
I.A.Karimovniig: “Shuni aytishimiz lozimki, xalqimiz ma'naviyatini
yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujjassam
bo`lgan mehr-oqibat, insonni ulug`lash, tinch va osoyishta hayot,
do`stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal
qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda”
degan fikrlarini eslatishni o`rinli deb hisoblaymiz.
Oliy, o`rta-maxus, kasb-hunar va umumiy o`rta ta'lim tizimida
tahsil olayotgan yoshlarning ma'naviy dunyosini boyitish, ularni
Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, qolaversa, o`zimizga xos bo`lgan
milliy urf-odatlarni, marosimlar (rituallar)ni yoshlarga singdirish
orqali ma'naviy jihatdan yetuk insonni tarbiyalash, ta'lim-tarbiya
jarayonini takomillashtirish, milliy uyg`onish g`oyasini ro`yobga
chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish shu kunning dolzarb
masalalaridan biri desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Ushbu uslubiy qo’llanmada sharqona an'analar, urf-odat,
marosimlar, shuningdek, ularning kelib chiqish tarixi va tarbiyaviy
ishlardagi ahamiyati to`g`risida so`z yuritilgan.
4
Rituallar eng qadimiy davrlardan boshlab shakllana boshlagan.
Asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib, juda keng tus olgan va
bebaho merosga aylangan rituallar ko`p. Rituallar din paydo
bo`lgunga qadar paydo bo`lgan.
Lekin rituallarning ma'lum qismi tarixning “sovuq shamollari”-
bosqinchilar va turli tarixiy shaxslar - hukmdorlar tazyiqiga uchrab,
ularni nohaq ravishda yo`qotishga urinishlar bo`lgan. Lekin ular ayrim
qarama-qarshiliklarni yengib, ko`pgina fazilatlardan ajralsa-da,
butunlay yo`qolib ketmagan, ba'zilari esa xalq hayotidan mustahkam
o`rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan.
Xullas, eng qadimiy davrlardan xalq ommasi ehtiyoji bilan
shakllana borgan, ijtimoiy zarurat asosida rivojlangan, muayyan
vaqtlarda ta'qiqlangan, katta qarama-qarshiliklar, to`siqlarni yengib,
boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan rituallar uzoq va boy
tarixga ega.
Ibtidoiy jamoa davridan boshlab paydo bo`lgan rituallar o`sha
davr odamlari tomonidan o`z davrining nafasini, dunyoqarashini,
mehnat faoliyatini, madaniyatini, turli odatlarini, marosimlarini,
ijtimoiy munosabatlarini saqlab qolish va keyingi avlodga yetkazish
maqsadida yoshlarga o`rgatilgan va ular bizgacha turli kuy, qo`shiq,
hikoya, afsona, she'r va o`yinlar orqali yetib kelgan.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, ibtidoiy davrda ovchilar
o`yinlari, harbiy o`yinlar, diniy va ilohiy o`yinlar, ayiq va turli boshqa
hayvonlar ovi o`yinlari ko`plab qo`llanilgan. Bunday o`yinlarni
amalga oshirishning o`ziga yarasha tartib-qoidalari ishlab chiqilgan.
Takomillashuv natijasi bilan ulardan ortiqcha harakatlar olib
5
tashlangan va oqibatda ushbu o`yinlarning o`ziga yarasha marosim
(tartib, ritual)lari paydo bo`lgan. Keyinroq, ya'ni ibtidoiy davrda
dehqonchilikka
o`tilgach,
ushbu
faoliyatga
bog`liq
bo`lgan
marosimlar paydo bo`la boshlagan. Jumladan, mehnat o`yinlari,
yomg`ir chaqirish, bevaqt sovuq tushsa “Quyoshga sig`inish”, omad
kelmaganda “qurbonlik qilish” va boshqa marosimlar.
Sekin-astalik bilan yoshlarni sog`lom, baquvvat, vatanparvar
bo`lishlari uchun “erkaklikka o`tish”, ya'ni turli sinovlardan,
qiynoqlardan o`tish, o`zining hayotga tayyorligini, kuchini namoyish
etish kabi marosimlar paydo bo`la boshlagan. Har bir marosim
o`zining tarbiyaviy va ta'limiy ahamiyatiga ega bo`lgan. Ularning har
biri odamlar tarbiyasi, bilimi, hayotiy tajribalarining ortishiga yordam
bergan. Rituallar yillar davomida xalq orqali takkomillashib borgan va
aniq hatti-harakatlar bilan belgilangan marosimlarga aylangan.
Ritual (lotin so`zidan “marosim”) - xulq-atvorning tarixiy shakli
bo`lib, o`zaro ijtimoiy va madaniy munosabatlarni, qadr-qimmatni
anglatuvchi bir maromga keltirilgan harakatlar tizimidir.
Bu tushuncha bilan birga, ritualga yaqin bo`lgan an'ana, odat,
marosim tushunchalari haqida ham bir oz to`xtalib o`tamiz.
An'ana - o`ziga xos ijtimoiy hodisa bo`lib, kishilarning ongida,
hayotida
o`z
o`rnini
topgan,
avloddan-avlodga
o`tadigan,
takrorlanadigan, hayotning barcha sohalarida (umuman yoki ma'lum
guruh tomonidan) qabul qilingan tartib va qoidalar.
Odat (“urf-odat”) - kishilarning turmushiga singib ketgan
ma'lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko`pchilik
tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari, ko`nikma.
6
Masalan:
-
kichiklarning kattalarga salom berishi;
-
erta turib uy-hovlini tartibga keltirib qo`yish;
-
mehmonlarga alohida hurmat ko`rsatish;
-
bayram arafasida kasal, ojiz va qiynalganlardan xabar olish;
-
yor-birodarlarnikiga hasharga borish kabilar o`zbek xalqining
yaxshi odatlari hamon mavjud.
Agar an'ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatning hamma
sohalariga xos bo`lib, hodisalarning juda keng doirasini qamrasa, odat
ijtimoiy hayotning:
-
kishilar turmushi;
-
mehnati;
-
xulq-atvori;
-
muloqoti;
-
oilaviy munosabat sohalarida ko`proq mavjud bo`ladi.
Marosim - ko`pincha an'ana va urf-odatning tarkibiy qismi
bo`lib, inson hayotidagi muhim voqealarni nishonlashga qaratilgan
rasmiy va ruhiy ko`tarinkilik, tantanavor vaziyatda o`tadigan, shu
bilan birga o`zining umumiy qabul qilingan ramziy harakatlariga ega
bo`lgan hayotiy tadbir. Masalan:
-
ism qo`yish;
-
nikohdan o`tish;
-
dafn qilish;
-
xotirlash;
-
urug` qadash;
7
- o`rimga kirish va boshqa shu kabilar marosimlar qatoridan
o`rin
olishi mumkin.
Odat kundalik hayotning turli vaqtida uchrashi mumkin bo`lsa,
marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo`lganda vujudga
keladi va uning asosiy burilish daqiqalari (masalan: tug`ilish, uylanish,
o`lim kabilar)ni qayd etadi, rasmiylashtiradi.
Marosimning avloddan-avlodga o`tadigan o`ziga xos ramziy va
rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud.
Marosimda bo`layotgan voqeaga, «guvoh» sifatida odamlar
chaqirilgan, ular dardga yoki quvonchga sherik bo`lishgan, kelajak
uchun yaxshi niyatlar qilishgan.
Har bir marrsimning o`ziga xos umumiy qabul qilingan tuzilishi
(boshlanishi, o`rtasi, oxiri) bo`ladi.
Ko`pincha an'ananing tarkibiy bo`lagi odat, odatning muhim bir
qismi marosim bo`ladi. Shu sababli, inson hayotida bo`lib o`tadigan
yoki bo`lib o`tayotgan muhim voqeaning turmushda burilish
yasaydigan «nuqtalari»ni nishonlash jarayonida ham an'ana, ham odat,
ham marosim sodir bo`lishi mumkin.
Masalan, yoshlar voyaga yetganda, yigitlar uylanishi, qizlar
turmushga chiqishlari kerak. Buni avloddan-avlodga o`tib keladigan
an'ana desak bo`ladi.
Bir-birini sevgan yigit-qizning oila qurishi uchun nikoh to`yi
o`tkaziladi. Bu, o`z navbatida, insoniyat hayotiga singgan, muayyan
qoidaga va ma'lum tartibga ega bo`lgan urf-odat (lekin, har bir
millatda bu urf-odatlar har xil) hisoblanadi.
8
Nikoh to`ylarining asosiy shartlaridan biri kuyov va kelinni
nikohdan o`tishlaridir. Nikohning zamonaviy shakliga ko`ra -
mashinada yurish, guvohlar bilan nikoh ro`yxatidan o`tish, uzuk
taqish, nikohlovchi xodimlarning savollariga javob berish, hujjatlarga
imzo chekishlar bajariladi. Nikoh - rasmiy va tantanali ravishda
o`tadigan marosim.
Yuqorida aks ettirilgan jarayonlar - kelin-kuyov, ularning
qarindosh-urug`lari yoki do`stlari uchun bayramga aylanishi mumkin.
To`y kechasining o`tkazilishi, barcha tanishlar va qarindoshlarning
taklif etilishi bu bayramga yanada tantanali tus beradi.
“An'ana”, “odat”, “marosim” tushunchalarining izohi bir-
birlariga bog`liq bo`lishi bilan bir qatorda, an'analarning tarkibiy
qismi - marosim bo`lishi mumkin.
Masalan:
- ta'lim muassasasini bitirgan yosh mutaxasislarning ishlab-
chiqarishga borib, ish boshlashi, odat tusiga kirib qolgan;
-
har yili bu muhim voqeaga bag`ishlangan an'anaviy tadbirlar
tashkil etish mumkin;
-
bu odatning tarkibiy qismi - yoshlarni tantanali ravishda
ishchilar safiga qabul qilish o`z-o`zidan marosimga aylanadi.
Marosimlar:
-
chigit qadash;
-
ishchilar sinfiga qabul qilish;
-
yangi korxona, firma, markazning ochilishi (taqdimot);
-
diplomni topshirish;
-
pasportni topshirish;
9
-
dafn qilish va sh.k.
“An'ana”, “marosim” kabi bayram bilan bog`liq atamalar
“standart” tushuncha emas, ularning mazmuniga hayot rivojlanishi va
turmush ehtiyojlari ta'sir etishi mumkin.
Ijtimoiy hayot taraqqiy etish bilan uning talabiga javob
bermaydigan an'analar va bayramlar, marosimlar asta-sekin unutila
boshlanadi.
Marosim inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo`lganda
vujudga keladi. Marosimning avloddan-avlodga o`tadigan ramziy va
rasmiy harakatlari, qoidalari mavjud.
Bu harakatlar va qoidalarning ixchamligi, aniq bir maqsadga
yo`naltirilganligi, xatti-harakatlarning bir maromga keltirilganligi
yuqorida aytib o`tgan ritual tushunchasiga to`g`ri keladi.
Rituallar haqida gap borarkan, dastlab ko`z oldimizga
O’zbekiston Respublikasi ramzlariga bo`lgan hurmat haqidagi fikrlar
keladi.
Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i,
madhiyasi, gerbi - bizning asosiy ramzlarimiz hisoblanadi. Respublika
ramzlari bo`yicha ko`pgina hujjatlar qabul qilingan. Ushbu hujjatlarda
davlat ramzlariga bo`lgan hurmat va munosabat, ulardan foydalanish,
saqlash usullari haqida tavsiyadar berilgan. Lekin hayotimizda ba'zi
rahbarlar va ta'lim-tarbiya bilan shug`ullanuvchi kishilar, bu
hujjatlardan bexabar bo`lganliklari yoki e'tiborsizliklari tufayli davlat
ramzlariga, jumladan, Davlat bayrog`ini ko`tarish va tushirishda, uni
devorga o`rnatishda, Davlat madhiyasi ijro etilganda, unga hurmat
yuzasidan o`rnidan turishda, ramzlarni jihozlash ishlariga bo`lgan
10
munosabatlarda ko`pgina siyosiy va qo`pol ma'naviy xatolarga yo`l
qo`ymoqdalar.
Bunday xatolarga yo`l qo`ymaslik uchun, rahbar va professor-
o`qituvchilar, albatta, Vazirlar Mahkamasining Davlat ramzlari
to`g`risidagi hujjatlari bilan tanish bo`lishlari kerak va o`quvchi-
yoshlar o`rtasida doimiy ravishda Davlat ramzlariga bo`lgan hurmat
va munosabat haqida suhbatlar, Davlat ramzlariga bag`ishlangan
darslar yoki ritual darslarni tashkil etib turishlari lozim.
Agarda biz pedagoglar o’quvchilar o’rtasida qancha ko’p
tushuntirish ishlarini olib borsak ularda sharqona tarbiyaga xos faolligi
oshib, quyidagi natijalarga erishishimiz mumkin;
-mehr-oqibatli va milliy o’zlikni anglashga oid fikrlash doirasi
kengayadi.
-milliy g’urur va millatga sadoqat yuksak-ma’naviy burch
ekanligini anglaydi;
-ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g’amxo’rlik shaxs
ma’naviyatini yuksak ifodasi ekanligini idrok etadi;
- yashashga qiziqishi ortadi;
- o’z ustida izlanib yangilikka intiladi;
- vaqtdan unumli foydalanishga harakat qiladi;
- o’zi va o’zgalar mehnatini, fikrini hurmat qilishga odatlanadi;
- Vatanparvarlik ruhida tarbiyalanadi;
- zararli odatlardan himoyalanadi va sog’lom turmush tarzi
asosida hayot kechiradi;
- doimo faol harakatda bo’lib, tarbiyaviy harakarlarga rioya
qiladi.
11
-
o’quvchilar bilan suhbatlar o’tkazish va ularning qiziqishini
anglash;
-
darslarni sababsiz qoldirish holatlarini o’rganish;
-
bo’sh vaqtlarida nimalar bilan shug’ullanishini hisobga olish;
-
sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil qilish va ularni o’quvchilar
yoshini, qiziqishini hisobga olib tashkil qilish;
-
sinf rahbarlari, fan o’qituvchilar, ota-onalar hamkorligida
ishlashni yo’lga qo’yish;
-
imkon qadar o’tkaziladigan tadbirlarga hamma o’quvchilarni
jalb etish, urf-odatdarimiz, maxalliy sharoitlar, bo’lgan voqealar
rivoyat, hikoyalar va boshqa qiziqarli materiallar orqali o’quvchilarni
izlanishlariga imkon yaratish tadbirlarga jalb qilish;
-
o’quvchilarni mustaqil fikrlari va izlanishlarini hurmat
qilish va rag’batlantirish;
12
Do'stlaringiz bilan baham: |