Stack
avvalgilaridan boshqacharoq xossalarga ega. Stack shunday to’plamki, unga
yangi elementni faqat ustidan qo’shish mumkin, elementni
undagi elementni olib
tashlash ham uning ustidan bajariladi. Shuning uchun Stack ni
LIFO
(
Last In First Out
)
collection deb ham aytiladi. Ya’ni,
Stack
ga eng oxiri qo’shilgan
element undan eng
birinchi bo’lib chiqib ketadi.
Stackga hayotiy misol sifatida bir uchi yopiq bo’lgan trubani keltirish mumkin.
Trubaga do’stingiz bir nechta turli rangdagi sharlar tashladi.
Endi siz sharlar rangini
bilish uchun faqatgina do’stingiz oxirgi bo’lib truba
ichiga tashlagan sharning
ranginigina ko’ra olasiz. Qolgan sharlarni ko’rish uchun do’stingiz tashlagan tartibdan
teskari tartibda ularni olib chiqishingiz kerak bo’ladi.
Queue
shunday to’plamki, unga elementni faqat oxiridan qo’shiladi, faqatgina boshidan
chiqib keta oladi.
Queue
ga avvalroq qo’shilgan elementlar avvalroq tartib bilan chiqib
ketadi. Shuning uchun
Queue
ni
FIFO
-
First In First Out Collection
deb ham ataladi.