Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


  Bozor iqtisodiyoti hukmronligining o‘rnatilishi



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

3. 
Bozor iqtisodiyoti hukmronligining o‘rnatilishi. 
O 'tish  davrida, 
feodalizm ning  genezisi  davrida bozor  antik  sivilizatsiya  davrida  erishil- 
gan  darajaga nisbatan  orqaga  uloqtirib  tashlandi.  Sharq  dunyosiga  qara- 
ganda,  Yevropada  shaharlar,  hunar-savdo  tushkunligi  yaqqol  ko ‘rindi. 
0
‘rta asr sivilizatsiyasiga o ‘tish davrida bozor o ‘z mavqeini  to 'la  tikladi.
162


Jahon sivilizatsiyalari tarix i
Uning  geografik  chegaralari  kengayib,  butun  Yevropa,  Osiyoning  katta 
qismi va Shimoliy Afrikani  qamrab oldi. Yangi  savdo markazlari -  erkin 
shaharlar,  ulaming  ittifoqlari  paydo  bo‘ldi.  Savdo  shakllari  rivojlandi. 
Sarroflik  cheklari,  veksellar paydo  bo‘ldi.  Eski  savdo  aloqalari  tiklandi 
va yangi savdo aloqalari y o ig a  qo‘yildi.
Bu  yutuqlar  industriya  arafasida  yanada  rivojlantirildi.  Mahsulot 
birjalari,  savdo  kompaniyalari  va  banklar  yuzaga  keldi.  Xalqaro  savdo 
ulkan  boyliklami  oqib  kelishiga  sabab  bo‘ldi.  Bu  XVI  asrda  «baholar 
inqilobi»ga  olib  keldi.  Savdoda  to‘plangan  dastlabki jam g‘arma,  unga 
ishlab  chiqarishga  kirish,  kapitalistik  manufakturalaming  yuzaga  kelis­
higa yo‘l ochdi.
Bozorning haqiqiy tantanasi industriya davrida yuz berdi.  Bu davrda 
kapital  ishlab  chiqarish  sohasi,  ayniqsa,  sanoatni  to‘la  hajmda  qamrab 
oldi.  Uni  ilmiy  texnika  asosida,  jadal  rivojlanayotgan  bozor  talablariga 
binoan  o‘zgartirdi.  Sanoat  kapitali  yetakchi  o ‘rinni  egallab,  savdo  va 
bank kapitalini siqib chiqardi.  XIX asr oxirida ular bilan qo‘shilib, moli- 
ya kapitaliga aylandi.  Bozor munosabatlari butun jamiyatni qamrab oldi, 
faqat oila xo‘jaligiga ozgina joy  qoldirdi.  Feodal qaramligi  va o ‘z xusu­
siy ishlab chiqarish vositalaridan ozod  bo‘lgan insonning ish kuchi bosh 
tovar b o id i.  Bozor tor lokal  doiradan chiqdi.  Dastlab milliy, keyin jahon 
xo‘jaligining buyuk integratoriga aylandi.
Bozor munosabatlarining ikkinchi supersiklining tugallovchi bosqichi, 
industrial  sivilizatsiyaning  so‘nish  davri  XX  asrga kirdi.  Mustaqil  mah­
sulot ishlab chiqaruvchilaming erkin raqobati, monopolistik, keyin davlat 
monopolistik boshqaruvi bilan siqib chiqarildi.  Sotsialistik iqtisodiyotda 
esa bozomi inkor qilish, tovar-pul shakllari bilan yarim natural xo‘jalikka 
o‘tishga urinish  bo‘ldi.  Bu  bozor tushkunligi,  xo‘jalikning  barqarorligi- 
ni yemiradigan inflyatsiya to‘lqinlari, tovar zahiralarining o‘sishi,  takror 
ishlab chiqarishning samaradorligini pasayishiga olib keldi.
Bozorning boshlang‘ich  shakli mahsulot ayirboshlash, ulaming oldi- 
sottisi  edi.  Dastlab  u  oddiy  ko‘rinishda bo‘lib,  dehqon yoki  hunarmand 
o‘zi  tayyorlagan  mahsulotni  uyida sotdi.  Keyinchalik  ishlab  chiqaruvchi 
bilan  iste’molchi  o‘rtasida  savdogar  paydo  bo‘ldi.  U  mahsulotni  sotib 
olib,  uning yo‘l xarajati, qo‘shimcha chiqimlarini o‘z zimmasiga olib bo- 
zorda sotdi.
Xaridorlaming  qulayligi  uchun  oldi-sottining  muntazam  natijalari 
sifatida do‘konlar ochildi. Ular turli mahsulotlami sotishga ixtisoslashtirildi.
163


R. RAJABOV
Sharq  m am lakatlarida  1X-X  asrdan  boshlab  ilk  ixtisoslashgan  bozorlar 
paydo  b o ‘ldi.  X   asrda yashagan  tarixchi  A .N arshaxiy  o ‘zining  «Buxoro 
tarixi» asarida va arab geografi M aqdusiy ana shunday bozorlar to ‘g ‘risi- 
da batafsil  m a’lum ot  beradilar.  Buxoro,  Sam arqand,  Marv,  B og‘dod  bo- 
zorlari IX asrdan m ashhur b o ‘lgan.
Yevropada do ‘konlar, k o ‘plab bozorlarning vujudga kelishi X VI asr­
dan boshlandi. L ondonda 1663-yilda 50-60 do ‘kon b o ‘lsa, XVII asr oxi­
rida 300-400  tani tashkil  qildi.  0 ‘rta asrlarda yarm arkalar paydo b o ‘ldi. 
Ularda  m inglab  savdogar  va  xaridorlar  to ‘planib,  shartnom alar  tuzilar, 
qarzlar  (kredit)  berilar  edi.  K atta va  kichik  shaharlarda yuzlab  yarm ar­
kalar belgilangan vaqtda o ‘tkazilar edi.  U lam ing k o ‘pchiligi ixtisoslash­
gan edi.
Savdo  rivojining  eng  oliy  shakli  birjalar bo ‘ldi,  qaysiki,  m ahsulotlar 
savdo joyig a olib kelinmay,  birjada bir xil  turdagi  tovarlam ing yirik par- 
tiyalari  bilan  ulgurji  savdo  qilinar edi.  B irjalar X V  asr boshlarida paydo 
bo‘ldi.  B irjalarda  savdogarlar,  k o 'p ro q   ulam ing  vositachilari -  brokerlar 
tovar  va  veksel  operatsiyalari,  sug‘urta  shartnom alarini  am alga  oshirar 
edilar.  Birinchi biija  1 4 0 9 -y ild a-B ry u g g ed a,  1460-y ild a-A ntv erpen da, 
1462-yilda -  Lionda,  1530-yilda -  Am sterdam da,  1554-yilda -  London­
da,  1558-yilda -  Gamburgda,  1563-yilda -  Parijda tashkil etildi.
Bu  «toza»  savdo  b o ‘lib,  m avjud  tovarlardan  ajralgan  narxlam ing 
k o ‘tarilishi va pasayishi  chayqovchilik o ‘yini  edi.  Lekin aynan shu yerda 
jahon bozori uchun etalon b o ‘lgan narxlar aniqlanar edi. Ikki asosiy tovar
-  m ehnat (ishchi kuchi) va yer uchun savdoning o ‘ziga xos  sharti  va uni 
boshqarish  m avjud  edi.  Savdo  foydasini  olish  uchun  savdo  olib  borilar 
edi.  Uning o ‘rtacha foydasi belgilanib,  unga talab tuzilishi shakllantirilar, 
u orqali ishlab ehiqarish tuzulm asi shakllantirilar vatalab n in g  o‘zgarishi- 
ga tez jav ob qaytar edi.
Ana  shu  asosda  savdo  yordam ida  bozor  iqtisodiyotining  o ‘z-o‘zini 
boshqaruvi am alga oshirildi. Davriy ravishda tovarlam ing ortiqeha ishlab 
chiqarilishi  iqtisodiy  tushkunliklar,  savdo  urushlariga olib  keldi.  Tizimli 
iqtidosiy tushkunliklar, tovarlarni m untazam  y o ‘q qilinishi bu tabiiy jara- 
yon b o ‘lib qolmoqda.
Yuz  m illionlab  xaridorlar  ehtiyoji  uchun  m illionlab  tovar  ishlab 
chiqaruvchilar ishlab chiqargan tovarlarini m ukam mal aylanishi metodini 
hozirgacha o ‘ylab chiqqanlari yo ‘q va yaqin kelajakda ham  o ‘ylam asligi 
mumkin.
164


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Tovar  va  pul  sivilizatsiyadan  sivilizatsiyaga  yanada  mukammal 
shaklga kirib,  tovar bozori  bilan pul  bozori  evolyutsiyasi  yuz  berdi.  Fe- 
odalizm  genezisi  va  uning  ilk  bosqichlarida  tovar  muomalasining  turli 
xil  pul  birliklari amalga oshirildi.  Pulning  asosida qimmatbaho metallar 
yotadi.  Pul  muomala,  to‘lov,  jam g‘arish,  jahon  puli  funksiyalarini  ho- 
zirgacha  bajarib  keladi.  Ichki  va  tashqi  savdoning  kengayishi  sarroflik 
do‘konlarining ko‘payishi va uning asosida banklaming paydo bo‘lishiga 
olib keldi. Amerikadan Yevropaga qimmatbaho metallaming oqib kelishi 
pul  tizimlari  uchun yo‘qotishiar,  pul  metallining  qadrsizlanishi,  narxlar- 
ning o ‘sishiga olib keldi.
Muntazam ravishda davlat boshqaruvi, urushlar olib borish uchun pul 
mablag‘larini taqchilligi davlat hokimiyatini pulni soxtalashtirish, qog‘oz 
pullami chiqarishga olib keldi.
Oltinni chetga chiqishigayo‘l qo‘ymagan merkantilizm siyosati nati- 
ja  bermadi. Davlat pul muomalasida qonunlar bilan  shartlangan m e’yor- 
dan  tashqari  qog‘oz  pullami  chiqara  boshladi  va  bu  bilan  inflyatsiya 
mexanizmini  qo‘yib  yubordi.  Pul  emissiyasi  va  pul  muomalasi  ustidan 
nazorat asta-sekin davlat banklariga o‘tdi. Ilk banklar XV asrda (Barselo- 
n a d a — 1401-yilda;  Genuyada — 1407-vilda; Am sterdam da— 1609-yilda; 
Venetsiyada -   1619-yil;  Angliyada -   1694-yilda)  tashkil  topdi.  Dastlab 
ular faqat depozit va hisobdan pul ko‘chirish  bilan shug‘ullandi.
Veksel yaratildi, keyin aksiya,  obligatsiyalar paydo bo‘ldi. Bozoming 
turli ko'rinishi -  qimmatli  qog‘ozlar bozori yuzaga keldi  va u bilan bank­
lar,  birjalar shug‘ullandi.  Fond biijasi (dastlab, Amsterdamda) tashkil top­
di.  Fond biijalarining  haqiqiy  faoliyati  qimmatbaho  qog‘oz chiqaradigan 
aksionerlik jamiyatlari  shakllanganidan  so‘ng  XIX  asrda  keng  tus  oldi. 
London, Nyu-York, Tokio, Gongkong hozirgi asosiy fond birjalari  shu ta- 
riqa  shakllandi.  Kredit (xususiy va davlat)ning,  banklar tizimining rivoj­
lanishi  mantiqan  uning  bo‘linishiga  olib  keldi.  Pul,  kredit,  fond  birjalari 
bilan tovar bozori to‘ldi. Ikkita o ‘ziga xos bozor: mehnat (ishchi kuchi) bo­
zori va tabiiy resurslar bozori, aniqrogi ularga mulkchilik ipoteka banklari 
yordami bilan sotildi. Bu bozorlaming o‘zaro harakati zamonaviy jamiyat- 
ning murakkab qarama-qarshi dinamik iqtisodiy to‘qimasini shakllantirdi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish