2 Muhammadjonov A.7-sinf 0 ‘zbekiston tarixi 121-122 - betlar
187
R. RAJABOV
M ashhur ensiklopedik olim Abu Rayhon Beruniy (973-1048-y) astro-
nomiya, fizika, m atem atika, geologiya, geodeziya, geografiya, m ineralo-
giya, tarix singari fanlar y o ‘nalishida ulkan kashfiyotlar qilgan qom usiy
bilim sohiblaridan biri hisoblanadi.
Uning shoh asarlari jum lasiga «Qadim gi xalqlardan qolgan yodgor-
liklar», «X orazm ning m ashhur kishilari», «Hindiston», «M a’sud qonu-
ni», «M ineralogiya», «Saydana», «A strologiyaga kirish», «Astronom iya
kaliti», «Jonni davolovchi quyosh kitobi», «Ibn Sino bilan yozishm alar»
singari asarlam i kiritish mumkin. Beruniy asarlari k o ‘p asrlardan buyon
sharq-u g ‘arbda keng tarqalib, ulardan foydalanilm oqda. U o ‘zining fala-
kiyotga oid asarlarida Kopernikdan qariyb 5 asr m uqaddam Yeming Qu
yosh atrofida aylanishi haqidagi fikm i o ‘rta asrlarda birinchi bo‘lib ilgari
surdi. Yeming dum aloq shaklda ekanligini asoslab berdi. U dunyoning
geografik xaritasini v a globusni yaratdi ham da Am erika qit'asining mav-
judligini Kolum bdan oldin ilmiy asosladi.
Jahon fani ravnaqiga katta hissa q o'shgan U yg'onish davri dahola-
ri qatorida yurtdoshim iz Abu N asr Farobiy (873-950-y.y) alohida o ‘rin
egallaydi. 0 ‘zining qom usiy bilim lari, ayniqsa, falsafa sohasidagi ulkan
xizm atlari bilan u «A l-m uallim as-soniy» (Tkkinchi m uallim ), Arastudan
keyin «Sharq Arastusi» nomi bilan mashhurdir.
U tabiiy va ijtimoiy fanlargaoid 160 dan ortiq asar yaratgan. Ayniqsa,
falsafa ilmini rivojlantirishga katta hissa q o ‘shgan. Forobiy Arastuning
«M etafizika», «Etika», «Ritorika», «Sofistika» singari shoh asarlarini
chuqur ilmiy sharhlash, m azm un m undarijasini ilm iy-nazariy tahlili fan
ga q o ‘shilgan ulkan hissa edi. Farobiyning «Ilm lam ing kelib chiqishi va
tasnifi», «Falsafaga izohlar», «Fozil odam lar shahri» singari asarlari al-
lom a qiziqish doirasi v a m a’naviy olam ining nechog‘lik kengligi, teranli-
gidan darak beradi. Turkistondagi fan yutuqlari yangi davrda Yevropada
ilmiy bilim lam ing rivojlanishi uchun ju d a m uhim aham iyat kasb etdi.
Ikkinchi oqim - V izantiya fani b o ‘lib, Yunon-Rim dunyosi fanining
bevosita vorisi edi. V izantiyalik m ashhur olim Lev M atem atik (VTII asr
oxiri IX asm ing 60-yillarida) matematika, fizika, m exanika, falsafa, as
tronom iya, tibbiyot sohalarida asarlar yozdi. U birinchi b o ‘lib harflami
arifm etikaning belgisi sifatida ishlatdi. M ixail Psel (1018-1096/97-yillar)
olim -ensiklopedik bo‘lib, falsafa bilan shug‘ullanib, m antiqning asoslari-
188
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
ni yaratdi. N ikifor Grigorial (1295-1360-yillar) Arastu g ‘oyalarini rivoj-
lantirdi, kalendar islohotini tak lif qildi.
Georgiy Plefon (1360-1452-yillar) Aflotunning muxlisi b o ‘lib, uning
g ‘oyalarini o ‘zining «Qonunlar» falsafiy-diniy asarida rivojlantirdi. U
Florensiyada Platon akadem iyasini takror tiklashga erishdi.
Uchinchi oqim - sharq va antik ilmiy tafakkum ing asoslarini qabul
qilgan G ‘arbiy Yevropa fani k o ‘pincha tadqiqotlarda o ‘z y o ila rin i tanlab
am alga oshirdi ham da o ‘rta asr Yevropasining ilmiy m erosini yaratdi.
0 ‘rta asr Yevropasining birinchi ensiklopedik olimi vestgot Ispaniya-
si olimi Sevilyalik Isidor edi (570-630-yillar). Uning 20 kitobdan iborat
katta («Etim ologiya» yoki «B oshlang‘ich») asarida grammatika, ritorika,
dialektika, geom etriya, kimyo, astronom iya kabi ilmiy bilim lar to ‘plan-
gan edi.
XI-XI1 asrlar Yevropa fani uchun xos b o ‘lgan xususiyat - bu Arastu
ta ’lim otining katolik ilohiyatshunosligi, aqidaparastligining rivojlanishi
bilan sintez qilishni am alga oshirishga urinish edi. Bu sohada Fom a Ak-
vinskiy (1225/26- 1277-yy.) faoliyatini k o ‘rsatish m um kin. U o ‘z asarla-
rida e ’tiqod va bilim ni m urosaga keltirishga urindi. Bilim ning qim m atini
tan oldi, lekin din aqidalariga birinchilikni berdi.
Tabiiy va amaliy fanlar rivojlandi. Pizanlik Leonardo Fibonachchi
sharq algebrasi va hind hisobini Yevropa faniga kiritdi. Uning «H isoblar
kitobi» (1202-y) asari m atem atikaning rivojlanishi va uni injenerlik ishi,
qurilishda am alda qo‘llashga im koniyat yaratdi.
Yevropa ilmiy bilim ining o ‘sishida tub burilish XV-XVI asrlar oxiri
da yuz bergan ilmiy inqilob b o ‘ldi. Din aqidalaridan xoli b o ‘lgan, am al
da to ‘plangan dalillam i um um lashtirish asosida dunyoning yangi ilmiy
m anzarasini yaratish vaqti keldi. Bu dunyoni keyingi asrlarda industrial
o ‘zgartirish uchun asosni q o ‘ydi. Ilmiy kashfiyotlar va texnik ixtisoslar-
ning soni keskin o ‘sdi.
Ilmiy inqilobni bubosqichida tabiiy fanlam ingyutuqlari yaqqol k o ‘ri-
nadi. Fizika fanining turli sohalari - m exanika, statika, optika, gidravli-
ka tez rivojlandi. M atem atika yanada keng rivojlandi. Logarifm lar k ashf
qilindi. Trigonom etriya, sferik geom etriya takom illashdi. A nalitik geo
m etriya yaratildi. Kimyo, biologiya, zoologiya, geologiya va m ineralogi-
yada yangi bilim lar ja m g ‘arila boshlandi. G eografik qarashlar kengaydi.
Iqlim, shamollar, dengiz oqim larini o ‘rganish boshlandi. Gidrografiya,
189
R. RAJABOV
okeanografiya fanlari paydo bo ‘ldi. K artografiya takom illashdi. Sharq
m am lakatlari, ayniqsa, 0 ‘rta O siyoda bu davrda bog‘lar barpo qilinib, bu
bog‘larda dunyoning turli burchaklaridan o ‘sim liklar to ‘plandi. Bunday
bog‘lar A m ir Temur bog‘lari (Sam arqandda), B obur bog‘lari (A fg'onis-
ton va H indistonda) tarixdan m a’lum. Yevropada birinchi botanika bog‘i
Italiyada, keyin esa boshqa m am lakatlarda paydo bo‘ldi.
Ilm iy texnika inqilobining nam unalari Leonardo da Vinchining gid-
ravlika va m exanika sohasidagi yutuqlari, N ikolay Kopernikning gelio-
sentrik tizimi, Tixo Brage, Iogan K epler va Galileo G alileyning astrono
m iya sohasidagi yutuqlari edi. 0 ‘sha davm ing buyuk ingliz olimi Isaak
Nyuton (1643-1727-y.y) klassik fizikaning asoschisi b o ‘ldi. U butun
dunyo tortilish qonunini ochdi. Bu olim N .K opem ikning astronom iyada
boshlagan to ‘ntarishini tugalladi. Differensial va integral hisoblashlarni
ishlab chiqdi. O ptika sohasida kashfiyotlar qildi. Birinchi reflektorli te-
leskopni yaratdi.
Ijtimoiy fanlarda ijobiy siljishlar yuz berdi. M ashhur faylasuf Frensis
Bekon (1561-1626-y.y) barcha bilim lam ing asosi tajriba degan xulosaga
keldi. U ingliz m aterializm ining asoschisi edi. F.Bekon insonga tabiat us-
tidan hukm ronlikni berishi lozim bo‘lgan fanlarning rivojlanish dasturini
ishlab chiqdi.
M atem atik va fay lasuf R ene D ekart (1596-1650-y.y) analitik geom et-
riyaning o ‘zgaruvchan kattaliklar tushunchasini q o ‘llab, m atem atika fa-
nining rivojlanishiga katta hissa q o ‘shdi. U kosm ogonik nazariyani ilgari
surdi. Bu nazariyaga k o ‘ra, Q uyosh tizim ining yuzaga kelishi v a qurilishi
uzoq rivojlanish y o ‘li natijasidir.
Birinchi ilmiy jam iyatlar sharq m am lakatlarida vujudga keldi.
B ag‘dodda «Bayt ul-hikm a» (D onolar uyi), xalifa M a’mun akademiya-
si (IX asr), X orazm da X orazm shoh M a’mun akadem iyasi (XI asr), Sa
marqandda U lug‘bek akadem iyasi (X V asr) buning misolidir.
Yevropada birinchi ilmiy jam iyatlar XVII asrda paydo b o ‘ldi. London
qirollik jam iyati (1662-y.), Fransuz qirollik akadem iyasi (1666-y.) tashkil
topdi. A kadem iyalar fanlararo tadqiqotlam i ilmiy um um lashtirish uchun
imkoniyat yaratdi. Davlat tom onidan akadem iyalarga hom iylik qilindi.
Sanoatdagi yutuqlar m exanika va pnevm atika fanlarining rivojlanishi
ga yordam berdi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari fanning jadal taraqqiyotiga
olib keldi.
190
______________________________________________________J a h o n s i v i l i z a t s i y a l a r i t a r i x i
Do'stlaringiz bilan baham: |