J A M IY A T D A IN S O N
1. O 'rta asrlarda inson. 2. M otivatsiya mexanizmi.
1.
O 'r t a a s r la r d a inson. Antik davrdan o ‘rta asrlarga o ‘tishda er
kin fuqarolar soni kam aydi. F eodallam ing pog‘onaviy toifasi shakllandi
(qirol, gersog, graf, baron; podsho, amir, bek, dehqon). Iqtisodiyotning
asosi boMgan yem ing katta qismi feodallar, cherkov qoMiga o ‘tdi. Faqat
bir qism yerlar erkin dehqonlar qoMida qoldi. Sharqda esa yerga davlat
ning oliy egaligi m ustahkam landi. Ilgari erkin boMgan jam oa a ’zolarining
ko‘pchiligi ogMr m ajburiyatlam i bajaradigan qaram dehqonlarga aylan
dilar.
Yevropaga qaraganda, sharqda Vizantiya, Hindiston, Xitoy, 0 ‘rta
Osiyo va Eronda tem ir asri odami zam onaviylik tom on bir m aromda,
kamroq tebranishlar bilan yoM tutdi. Bu jam iyatlarda urf-odat an'analarga
asoslangan turm ush tarzi barqaror davom etdi, inson hayoti hech qanday
o'zgarishlarsiz bir m arom da kechdi. N atijada jam iyatda urf-odat, an’ana
lar o ‘z ahamiyatini y o ‘qotm adi. 0 ‘rta asrlar bu hududlarda nisbatan uzoq
davom etdi. Bu m am lakatlar keyinchalik Yevropadagi yetakchi mamla-
katlarga qaram m ustam laka, yarim m ustam lakalarga aylandi. Qachon-
lardir jahon progressining oldingi safida boMgan ilg‘or xalqlari qaram
boMib qoldilar. U larning ijtimoiy, ma’naviy-m adaniy hayoti «noto‘g ‘ri»
deb topildi va ayovsiz y o ‘q qilindi. Ularning iqtisodiy-ijtimoiy va m ada
niy taraqqiyoti bir necha yuz yillarga orqada qoldi. Am erikaning qadimgi
sivilizatsiyalari m ustam lakachilar tom onidan deyarli y o ‘q qilindi.
Ikkinchi tarixiy supersiklning uch sivilizatsiyalari davom ida jam i
yatda insonning mavqeyi siniq chiziq tarzida o ‘zgarishi kuzatiladi. 0 ‘rta
asrlarda shaxsiy erkinlikdan erksizlikka tom on harakat yuz berdi.
Yevropada toifaviy - ko‘p qatlamli jam iyat shakllandi (dunvoviy feodal-
lar-qirol, gersog, graf, baron; diniy cherkov pog‘onasi - papa, kardinal,
arxiyepiskop, yepiskop, abbat, oddiy ruhoniylar). Erkin dehqonlar, hu-
narmandlar, savdogarlar v a boshqa aholi qatlam lari shahar v a qishloqda
mavjud edi. Jam oada teng huquqli boMgan dehqonlar feodalga shaxsan
qaram boMdilar. Feodallam ing o ‘zi oliy syuzeren (qirol)ning vassali
148
Jahon sivilizatsiyalar! tarixi
edilar. Vassallar o ‘z harbiy qismlari bilan qirol qo‘shinida xizmat qilib,
uning sudiga bo‘ysunar edilar. Oliy tashkilotlar (davlat hokimiyati, sud
hokimiyati, cherkov) mavjud feodal toifasiga xizmat qilar edilar. Cher-
kovning o ‘zi katta yer mulklariga ega edi.
Industriya arafasi, renessans va m a’rifatparvarlik inson ruhining tan-
tanasi, shaxsning ulugianishi, fuqarolaming teng huquqligi, erkinligiga
yana qaytish edi. Antik fan, san’at va demokratiyaning g‘oyalari yana
qayta tug‘ildi. Bu davrda g ‘arbda Venetsiya, Florensiya, Genuya, Ams
terdam, Toledo vaboshqa shaharlar gullab yashnadi.
Shaharlar madaniyat markazlari, hunarmand, savdogar, bankirlar,
m e’mor-quruvchilar, shoir-rassomlar insonning siyosiy erkinligi va ru
hining parvozi to'plangan joy edi. Universitetlar hurfikrlik markazlari
edilar.
Shaxsiy erkinlik osongina paydo bo‘lmadi. Feodal hukmdorlar o ‘z
hokimiyatlarini mustahkamlashga harakat qildilar, qarshilik ko'rsatgan-
lami yo‘q qildilar, muntazam urush olib bordilar, sud qildilar. Cherkov
o‘z hokimiyati va iqtisodiy qudratini mustahkamlashga urinib, cherkov
sudi orqali inkvizitsiya uyushtirib, shakkoklar va g‘ayridinlami qirg‘in
qildi. Shakkoklikda ayblangan o ‘n minglab kishilar, ulaming ichida bu
yuk mutafakkirlar (Jordano Bruno) gulxanda yoqildilar, «qon to‘kmasdan
qatl qilish», «autodafe»ga duchor qilindilar.
Industriya arafasi sivilizatsiyaning so‘nishi reformatsiya va kontre-
fortmatsiya davrlarida yana qirolning mutlaq hokimiyati mustahkamla-
nishi, inkvizitsiya va zulmning kuchayishi yuz berdi. Lekin bu jarayon
uzoq davom etmadi. Feodal toifaviy tuzum halokatga uchradi. Burjuaziya
erkinliklari fuqarolaming teng huquqliklaridan shaxs ustuvorligi, raqobat
kurashida teng imkoniyatlardan kelib chiqib, ingliz va fransuz inqiloblari,
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash natijasida g‘olibona qaror
topdi. Shaxs erkinligi va raqobat kurashida teng imkoniyatlar burjua tuzu-
mining ishonch e’tiqod ramziga aylandi, industrial sivilizatsiyaning yuk-
salishi va gullab yashnashiga olib keldi. XVIII asr cherkovning jamiyat
m a’naviy hayotidagi to ‘la hukmronligiga chek qo‘ygan m a’rifatparvarlik
asri bo‘ldi. Shakllanayotgan burjua tartib-qoidalari diniy xurofotlardan
xalos bo‘lgan fanlar, kashfiyotlar, ta’limning jadal taraqqiyoti uchun yo‘l
ochdi. Din inson aqli, qudrati oldida chekinishga majbur bo‘lib, jam i
yatning yangi sharoitlariga moslashishga majbur bo‘ldi. Hurfikrlilik,
149
R. RAJABOV
fan-texnika taraqqiyoti yangi ilmiy kashfiyotlar va ixtirolarga olib kel
di. Bu o ‘z navbatida, insonning o g ‘ir jism oniy m ehnatdan qutulishi va
turm ush sharoitini yaxshilash, moddiy ehtiyojlarini to ‘laroq qondirishga
shart-sharoit yaratdi. Lekin XX asrda industrial sivilizatsiyaning so‘nishi
natijasida inson ulkan industrial m ashinaning vintchasiga aylandi. Ger
m aniya Italiya va Yevropaning bir necha m am lakatlarida fashizm ning
hukm ronligi o ‘m atildi. M ilitarizm kuchayib jahon urushlari kelib chiqdi.
M illionlab kishilar urush qurbonlari bo ‘ldilar.
G ‘arb jam iyatidagi bu o ‘zgarishlar oila tuzilishida ham o‘zgarishlar-
ga olib keldi. Oila m uassasasida siljishlar yuz berdi. O datda uch avloddan
iborat patriarxal oila feodal qishlog‘i va o ‘rta asr shahrida hukm ron edi.
Hukmron tabaqa uchun ham k o ‘p bolalik xos bo‘lib, merosni taqsim lash-
da k o ‘plab jinoyat va ixtiloflarga olib kelar edi. O ila va nikoh diniy mu-
assasalar him oyasida edi. Bozor m unosabatlari hukmronligi va shaxsiy
erkinlikning kengayishi eski oilani yemirdi. U shaharda o ‘z mavqeini
y o ‘qotib, qishloqda o ‘zini saqlab qoldi. O ila eski iqtisodiy ahamiyatini,
ayniqsa, ishchilar sinfi va ziyolilar qatlam ida y o ‘qotdi. Ayollam ing erkin-
ligi va ijtimoiy faolligi oshdi. Sharq m am lakatlarida oila o ‘zining kuchli
m avqeyini saqlab qoldi. Urf-odat, an ’analar oilaning m ustahkam ligini
ta ’m inladi. Oilada ota-onaning inkor qilib b o ‘lmas obro‘-e’tibori saqla
nib qoldi. Islom dini ham oilaning asoslarini him oya qilib, uni qo‘llab-
quvvatladi.
Inson va oilaning o ‘sib borayotgan ehtiyojlari jam iyatning rivojla
nishida progressiv siljishlarga olib keldi. Biologik va ijtimoiy ehtiyoj-
lam ing nisbati to ‘lqinsim on o ‘zgardi. A ntik asrlarga o ‘tish davrida antik
jam iyatga qaraganda, biologik va moddiy ehtiyojlar foydasiga siljishlar
yuz berdi. 0 ‘rta asr boshlarida ishlab ehiqarish kuchlarining yemirilishi
odam lam ing bir qismi, m oddiy-m a’naviy qadriyatlam ing y o ‘q qilinishi,
m ehnat unum dorligini pastligi ehtiyojlam i keskin qisqarishida olib keldi.
Jam oa, qishloq, shahar, oila, inson faqatgina tirik qolish uchun kurashdi.
0
‘rta asrlar shaharlaridagi antisanitariya epidem iyalam ing tez tarqalishi
va shahar aholisining yoppasiga qirilib ketishiga olib keldi.
Lekin XX asr, industrial sivilizatsiyaning so‘nish davrida inson dav
lat byurokratiyasi bilan qo‘shilib ketgan m onopoliyalar m anfaatlariga
bo‘ysundirilgan ulkan industrial m ashinaning vintchasiga aylandi. Ger
m aniya va Italiyada fashizm, sobiq SSSRda totalitar tuzum hukm ron
150
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
bo‘ldi. Inson tafakkurining eng oliy yutuqlari, eng yaxshi ishchi qoMlari
militarizmga xizmat qilishga beriidi. Inson tafakkurining eng ajoyib kash-
fiyotlari odam ning o ‘zini qirib yuborishga xizm at qiladigan om m aviy
qirg'in qurollarining yaratilishiga jalb qilindi. Oqibatda bu jahon urush-
larida millionlab kishilarni qirilib ketishiga olib keldi. Insoniyatni termo-
yadro halokati yoqasiga olib keldi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yem irilishi odam lam i, moddiy, m ada
niy qadriyatlam ing bir qismini y o ‘q qilinishi, m ehnat unum dorligining
pasayishi bulam ing hammasi ehtiyojlarning soddalashuviga olib keldi.
Eng a w a lo , inson o ‘zini, oilasini, qishloq jam oasini, shaham i tirik qolis-
higa qaratilgan edi. Tirik qolish uchun esa jon-jahd bilan kurashish zarur
edi. X o‘jalikning naturallashuvi ayirboshlash, bozor bilan bogMangan
iqtisodiy ehtiyojlar doirasining qisqarishiga olib keldi. Birinchi o ‘rinda
yerga m ulkchilikni feodal rentasi bilan am alga oshirish chiqdi. Ijtim o
iy-siyosiy ehtiyojlar jam oa, sex, vassal qaram likning tor doiralari bilan
cheklanib qoldi. M a’naviy ehtiyojlar esa diniy asketizm v a aqidaparastlik
bilan cheklanib, soddalashdi.
Lokal, m illiy va kontinental bozorlam ing shakllanishi va rivojlanishi,
hunarmandchilik, m anufaktura, XVIII asr oxirida m ashinalashgan sano-
atning tez rivojlanishi natural x o ‘jalikni yem irdi. Birinchi o ‘ringa iqtiso
diy m anfaatlar chiqdi. Burjua jam iyatning odami - bu homo ekonom icus
shakllandi.
Ijtim oiy-siyosiy ehtiyojlar iqtisodiy m anfaatlarga bo ‘ysundirilgan
edi. Qiyinchilik bilan erishilgan siyosiy erkinliklar va fuqarolik tenglik-
lari raqobat uchun teng shart-sharoitlam i ta ’m inlashga qaratilgan b o ‘iib,
m erosga qoldirilgan yoki olingan mulkni him oya qilish kerak edi. D av
lat apparati, sudlar, qonunchilik ham shu m aqsadlarga xizm at qilar edi.
Ma’naviy ehtiyojlar ham iqtisodiy m anfaatlarga bo‘ysundirilgan b o ‘lib,
ba’zida uning doirasidan tashqariga chiqar edi. Farovonlikning o ‘sishi,
faoliyat turlarining xilma-xilligi, xalqaro aloqalarning rivojlanishi, fan,
madaniyat v a san’atning rivojlanishi ehtiyojni kuchaytirdi.
Insoniyat qobiliyatlari rivojida uning bilim va ko‘nikmalari yorda-
mi bilan am alga oshadigan siklik o ‘sish kuzatildi. Industriya va asosan
industrial jam iyatda faoliyat turlarining k o ‘payishi va m urakkablashuvi,
ishlab chiqarish, boshqaruv, harbiy ishda fanning yutuqlarini keng qo‘lla-
nilishi xodim lardan yangi bilim -ko‘nikma, maxsus ta ’limni talab qiladi.
Bu o ‘rta va m axsus ta ’lim, kasbiy tayyorgarlik tizim ining shakllanishiga
151
R. RAJABOV
olib keldi. Bu masjid, cherkovlardagi m aktablar, gim naziya va litseylar,
aholining ozchillik qismi uchun universitetlar, keyin injener va texnik
xodim lar tayyorlaydigan turli xil texnikum va universitetlar edi. M anu
faktura va korxonalarda ishlab ehiqarish bilan bogMangan shogirdlik mu-
assasasi saqlanib qoldi.
Tub burilishlar davrida ishlab ehiqarish v a hayot sharoitlari o ‘zgar-
ganda, xodim lam ing layoqatsizligi va kasbiy layoqatsizligi sezilarli
o‘sdi. M illionlab kishilam ing ilgari olgan kasb m alakalari eskirib qoldi.
Odam lar m utaxassisliklarini o ‘zgartirishga m ajbur boMdilar. Bu ta ’lim
tizim ining sifat jihatdan o ‘zgarishi o ‘z qobiliyat tafakkuri darajasi bilan
yangi davr talablariga javob beradigan xodim lam ing yangi avlodini ke-
lishiga turtki berdi. Jam iyatlarda ta ’lim tizim i davriy ravishda isloh qili-
na boshlandi. XIX asm ing 80-yillaridan boshlab G ‘arb m am lakatlarida
ta’lim tizimi davlat qaram og‘iga o ‘tdi.
2.
M otiv atsiy a m exanizm i. Insonning biologik tur sifatida motivat-
siya m exanizm i poydevorida tirik qolish va o ‘z avlodini davom ettirish,
o ‘zi va oilasi uchun oziq-ovqat topish zaruriyati yotadi. Bu bir vaqtning
o ‘zida biologik ham da iqtisodiy rag‘batlantirish b o ‘lib, u tushkunlik vazi-
yatlarida birinchi oYmga chiqadi, bosqichdan-bosqichga murakkablasha-
di, m ahsulot ayirboshlash m ehnat taqsim otining tez rivojlanishi bilan
boyib boradi. Ishchi kuchi qiym atida uning takror ishlab chiqarishdagi
ijtimoiy zaruriy xarajatlari paydo boMadi va tarixiy-axloqiy unsur - oi
laning m adaniy ehtiyojlarini qondirish uchun xarajatlar asta-sekin oshib
boradi.
Feodal kapitalistik jam iyatlarda m ulk huquqi, iqtisodiy v a noiqtisodiy
m ajburlashga asoslanib, m oddiy n e’m atlar va xizmatlarni ishlab chiqrish-
da ishtirok etm aydigan, lekin ularga o ‘sib borayotgan talabni qo‘yadigan
odam lar soni o‘sib bordi.
Bu yerda boshqa m otivatsiya mexanizmi ishlab chiqarishda ishtirok
etadigan xodim lam i yaratadigan mahsuloti hisobidan siyosiy va harbiy
qudrat, boylik to'p lashga intilish yotadi. M ehnatga iqtisodiy v a noiqtiso
diy m ajburlash turli davrlarda bir-birini toMdirgan holda m avjud boMa
di. Lekin ulam ing nisbati bir xil emas. Feodal jam iyati uchun iqtisodiy
qaramlik bilan birga (yerga feodalning egaligi), dehqonning shaxsiy qa-
ramligi ustuvor unsur boMib qolaverdi. M anufakturalar, xizm at ko‘rsatish
sohalari, aqliy m ehnat sohalarida iqtisodiy m ajburlashning turli shakllari
mavjud edi.
152
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Ilk bozor m unosabatlariga asoslangan jam iyatda asta-sekin m ehnatga
iqtisodiy m ajburlashning ahamiyati oshdi. Hech vaqoga ega bolm agan
ishchi o ‘zi va oilasining tirikchiligini o'tkazish uchun yollanib ishlashga
m ajbur edi. Ilk kapital ja m g ‘arishning dastlabki shakllari zo ‘ravonlikning
turli ko‘rinishlari bilan bogMiq edi. Q ishloqda qaram m ehnat yoki feodal
qaram ligining yanada yum shoq shakllari m avjud edi.
Industrial jam iyatda iqtisodiy m ajburiy m ehnat asosiy va yetakchi
bo‘ldi, lekin m ajburiy m ehnat hollari ham mavjud edi. Fuqarolar urushi-
gacha A Q Shda qulchilik, Germ aniyada fashizm konslagerlari, SSSR da
kolxozchilam i m ajburan yerga biriktirib, 1953-yilgacha o ‘z xohishi bilan
ishdan b o ‘shashga ta ’qiq mavjud edi. M ustam lakalarda feodal va yarim
feodal ekspluatatsiyaning shafqatsiz turli shakllari saqlanib qoldi. Indus
trial sivilizatsiyaning so ‘nish fazasida m ehnatga m ajburlashning davlat
byurokratik shakllari ayniqsa kuchaydi. Bu uning chuqur tushkunligining
asosiy om illaridan biri edi.
Lekin m otivatsiya mexanizmini faqat noiqtisodiy va iqtisodiy majbur-
lashga taqash mumkin emas. M ehnat - bu bir vaqtning o ‘zida insonning
qobiliyatlari va talantlarining o‘zini ijodiy ifodalashi, insonning ijodiy kuch-
larini yangidan yaratilishi, o ‘z rejalarini am alga oshirishdan zavq olish
va uni insonga bag‘ishlanishidir. Insonda ijodiy m otivatsiya m exanizmi
doimo m ehnatni ulugMab, qo'yilgan m aqsadlarga olib boradigan, o‘ziga
tortadigan yoM gatomon izlanish hamm a vaqt ishtirok etdi. Albatta, qul va
qaram dehqonda ijodiy m ehnat minimal darajada, m e’mor, haykaltarosh,
olim, bastakor m ehnatida maksimal darajada ishtirok etadi.
Barcha jahon dinlarida mehnatni ulugMash, unga undash unsurlari
mavjud. M ehnatga ijobiy rag‘batlantirish asta-sekin o ‘sib bordi. Lekin
tushkunlik davrlarida ular o ‘z m avqelarini y o ‘qotdilar.
Sharq dunyosida islom, budda, sintoizm , konfutsiylik hukmron
boMgan m am lakatlarda m otivatsiya m exanizm ida insonning ehtiyoji,
qobiliyatlari, uning bilim va ko ‘nikm alarining rivojlanishidagi o ‘z alo-
hidaliklari m avjud. Bu yerda individual mayllar, qobiliyatlar, qiziqishlar,
shaxsiy erkinliklar ikkinchi darajali o‘rin tutadi. Birinchi o 'rin d a davlat,
jam oa m anfaatlari turadi. Oila kuchli m avqega ega. Bulam ing barchasi
qariyb industrial davrga xos boMgan individual qobiliyatlar ochilishiga
to ‘sqinlik qildi yoki ushlab turdi va k o 'p g in a m am lakatlarda ijtimoiy
progressning taraqqiysiga to ‘sqinlik qilgan omillardan biri boMdi.
153
R. RAJABOV
T ayanch ib o ra la r: shimol, janub, turm ush darajasi, inson ehtiyoji,
shaxsiy erkinlik, huquq, oila mavqeyi, m otivatsiya, iqtisodiy m anfaat,
m ajburiy mehnat, qulchilik, ijodiy mehnat, haykaltaroshlik, jam oa man-
faati, sintoizm, konslager, industrial davr, ijtim oiy progress.
T a k ro rla sh u c h u n sav o llar:
Do'stlaringiz bilan baham: |