Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


Sharqdagi yirik davlat va imperiyalar



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

Sharqdagi yirik davlat va imperiyalar. 
Arab istilolari natijasida vu­
ju d g a  kelgan A rab  xalifaligi  VII  asrdan  XIII  asr  o ‘rtalarigacha  yashadi. 
0 ‘rta Osiyo va Yaqin Sharqda m ustaqil Som oniylar davlati (X  asr), G ‘az- 
naviylar davlati  (XI  asr),  Saljuqiylar (XII  asr) va X orazm shohlar davlati 
(XII-XIII  asr boshlari) m avjud  edi.  Som oniylar davlati  X  asrda 0 ‘rta va 
Yaqin  Sharqdagi  eng qudratli  davlat edi.  Som oniylar davridan 0 ‘rta Osi­
yo  m adaniyatining  ilk  Renessansi  boshlandi.  Som oniylar  davlatida m ar­
kazlashgan davlat boshqaruvi  shakllandi.
Sharqdagi  ulkan  im periyalardan  biriga  m o‘g ‘ul  Temuchin  (  Chin- 
gizxon)  asos  soldi  (XIII-XIV  asrlar).  M o‘g ‘ulistonda  ilk  feodal  davlat- 
ni  tuzgan  Chingizxon  Xitoy,  0 ‘rta  Osiyo,  Kavkazortini  egalladi.  Uning 
nevarasi  Botuxon  (1227-1255-yillar)  rus  yerlarini  bosib  olib,  Polsha  va 
Vengriyaga yurishlar qildi  va A driatika dengiziga chiqdi.
C hingizxonning  boshqa  bir  nevarasi  Xulagu  Eron,  lroq,  Gruziyani 
bosib  oldi  va  Arab  xalifaligini  tugatdi.  U  xalifalik  poytaxti  B ag‘dod- 
ga  yurish  qilib,  so‘nggi  Abbosiy  xalifa  M untasim ni  o ‘ldirdi  (1258-yil). 
Botuxon  Irtish  daryosidan  Qrim gacha,  Dnepr  va  Dunay  daryolarigacha 
cho‘zilgan  Oltin  0 ‘rda  davlatiga  asos  soldi  (1242-yil).  Rus  yerlari  unga 
qaram boMib,  1476-yilgacha xiroj  to ‘ladi.
Xitoy  VI-VIII  asrlarda  siyosiy  birlashdi.  M arkaziy  boshqaruv  kuc­
haydi. Tan sulolasi davrida boshqaruvning klassik shakli yuzaga keldi. XI 
asrda m am lakatni  uch sulola Sun,  Lyao  va  Sya hukm ronlik qildi.  XV asr 
boshlarida  tungus  qabilalaridan  biri jujanlar  M anjuriyani  o ‘zlariga  mar- 
kaz  qilib, 17-asrda X itoyda  zaiflashib  qolgan  Min  sulolasini  tugatib,  Sin 
im periyasiga asos soldilar (1636-191 lyillar).  Sulola Xitoyning shimolini 
to ‘la egalladi. Iqtisodiyotning asosi agrar soha bo‘lib, yer egaligida davlat 
yirik,  o ‘rta  va  m ayda  dehqon  x o ‘jaligi,  yer  egaligi  shakllandi.  Shahar- 
lar  ko‘paydi.  VIII  asrda besh m ing aholisi  bo‘lgan 25  shahar bo‘lsa,  X-
130



R.  RAJABOV
X IV 
asrdan U sm oniylar imperiyasi shakllandi. Usm oniy turklar dast- 
lab K ichik Osiyo,  1386-yil  Bolgariya,  1389-yil  Serbiya,  1453-yil  V izan­
tiya  imperiyasini  bosib  oldilar.  XVI  asr  boshlarida  sulton  Salim  I  mam- 
luklarga  zarba  berib,  Suriya  va  Arabistonni  buysundirdi.  Uning  o ‘g ‘li 
Sulaymon I  1521-yil Belgrad,  1526-yil Vengriya, keyin Qrim, M oldaviya 
va  Valaxiyani  bosib  oldi.  XVI  asr  oxirida  Yunoniston,  Shirvon,  hozirgi 
Eron,  Ozarbayjon  im periya tarkibiga kiritildi. Afrikada M isr ishg‘ol  qili­
nib,  M arokashdan  tashqari,  Shim oliy A frika  butunlay  egallab  olindi.  Is- 
tilolar  natijasida  uch  q it’adan  yer-m ulk,  qaram  hududlarni  o ‘z  tarkibiga 
olgan  ulkan  im periya tashkil  topdi.
U sm oniylar  imperiyasi  sultonlari  hududlar  boshqaruvining  samara- 
li  usuli  sifatida  harbiy-feodal  boshqaruvni  joriy  qildilar.  Kuchli  piyoda 
qo‘shin  (yanicharlar) v a  harbiy  flot  im periyaning  xavfsizligini  ta ’minlar 
edi.  Islom dini hukm ron e ’tiqod edi. U sm oniylar imperiyasi XX asrgacha 
butun Yevropa siyosatiga kuchli  ta ’sirini  o ‘tkazdi.  Bu  im periya XIX  asr­
ning  ikkinchi  yarm idan  o ‘zining yem irilish bosqichiga kirdi.
Yevropada bu  davrda  savdo siyosiy  ittifoqlar tashkil  topdi.  Boltiq  va 
Shimoliy  dengizlardan  muhim  savdo  y o ‘llaridagi  birinchilikni  dastlab 
Bryugge,  keyin  esa Lyubek  boshchiligida  70  dan  ortiq  nemis  shahri  kir- 
gan  Ganza  ittifoqi  egallab  olgan  edi.  Ganza  savdogarlari  Novgoroddan 
tortib Londongacha Shimoliy Yevropa savdosini  o‘z qoMlariga to‘plagan 
edilar.
Yevropadagi  ikkinchi  bir savdo markazlari  Venetsiya v a G enuya sha- 
harlari edi.  Ular sharq bilan savdo yo'llarini o ‘z q o ‘liga oldi. Bu shaharlar 
sharq  va g ‘arb o ‘rtasidagi  savdoda yetakchilik uchun  bir-biri  bilan  raqo­
bat  qildi  va  har  ikkisi  ham  V izantiyaga  raqib  edi.  Venetsiya  va  Genuya 
mustaqil respublika boMib, ularda hokim iyat boy savdogarlar qo‘lida edi. 
Venetsiya  am alda  o ‘z  qishloq  xo 'jaligi,  m oddiy  resurslari,  hatto,  chuc- 
huk  suviga  ega  bo‘lmay,  rivojlangan  savdo,  hunar,  boy  madaniyat,  qud- 
ratli  flotga tayanib,  o ‘z ta ’sirini  deyarli  butun  G ‘arbiy  Yevropa,  0 ‘rtayer 
dengizi,  Qora  dengiz  b o 'yiga o ‘tkazdi.  Venetsiya  bozor  infrastrukturasi- 
ning shakllanish  modeli va nisbatan  dem okratik siyosiy tuzum turli  diniy 
e’tiqodlarga tolerantlik namunasi  edi.
Shu  bilan  birga,  bu  davlatlar  davm ing  muhim  voqea  va  belgilari 
bo‘lgan  dastlabki  kapital ja m g ‘arish jarayoni,  G ‘arbiy  Yevropa  va  Shi­
moliy  Am erika  iqtisodiyotida  bozor  m unosabatlarining  o ‘matilishi,  ikki 
burjua inqilobi (niderland va ingliz)dan  chetda qoldi.
I.M .Dyakonov bu davrni  (uning hisobi bo ‘yicha oltinchi  tarixiy faza)
132


jah o n  sivilizatsiyalar! tarixi
uning asosiy  diagnostik belgilari  bilan birga,  barqaror-absolyut o ‘rta asr­
lar  deb  atashni  tak lif qiladi.  Asosiy  diagnostik  belgilar  deb,  u  quyida- 
gilam i  k o ‘rsatadi:  sam arali  o ‘q  otuvchi  qurolning joriy  etilishi,  burjua- 
/.iya  va  yollanm a  ishchilar  sinflarining  paydo  b o ‘lishi,  ishlab  chiqarish 
vositalarining takom illashuvi,  eng  avvalo,  qurolsozlik  ishi texnologiyasi 
takomillashuvi  bilan  bog‘liq  edi.  M illiy  o ‘zlikning  shakllanishi,  barqa- 
ror m utloq  m onarxiyalar yuzaga kelishiga sabab b o ‘ldi.  (22.C .152-157). 
Lekin  davm ing  v a  uning  belgilarini  aniqlashtirishdan  asosiy  iqtisodiy, 
ijtimoiy-siyosiy,  m afkuraviy  shart-sharoitlar  va  industrial  jam iyatning 
asoslari  tushib  qoladi.  Tarixiy  progressda  o ‘q  otuvchi  qurolning  rolini 
bo'rttirib  k o ‘rsatishga  arzimaydi.  Bu  jahon  sivilizatsiyasining  industri- 
ya  arafasi,  ilk  kapitalistik jam iyat  deb  atash  m antiqan  to ‘g‘riroq  b o ‘lar 
edi.  Bu tarixiy  progressning oldingi  safida turgan  m am lakatlarda jam iyat 
dinamikasi bosh an’anasi, ikkinchi tarixiy supersikl cho‘qqisi uchun poy- 
devor q o ‘ygan bu bosqichning o ‘tish xususiyatini ifodalaydi.
XV  asr so‘nggidagi  buyuk  geografik kashfiyotlar,  Turkiyaning  o 'sib  
borayotgan xavfi (K onstantinopolning halokatidan keyin) bir qism  savdo 
yoMlarini Atlantika,  Shimoliy va Boltiq b o ‘ylariga k o ‘chishiga olib keldi. 
Dengizorti  istilolari  va  dengizdagi  qudrati  natijasida  Portugaliya,  keyin 
esa  Ispaniya  kuchaydi.  Jahon  savdosi  va  iqtisodiy  qudratning  m arkazi
XVI  asrda Antverpen, XVI asrning so ‘nggi choragi - X V I I  asm ing birin­
chi ch o ra g id a -G e n u y a , keyin Am sterdam , davm ing so‘n g g id a -L o n d o n  
( 1700-yilga  kelib  u  550  m ing  aholiga ega bo ‘lib,  Yevropadagi  eng  katta 
shuhar edi) b o ‘ldi.
Shu  bilan  bir vaqtda bu  davr savdo v a bank  burjuaziyasining siyosiy 
liokimiyat  uchun kurashining boshlanishi edi. Bu niderland va ingliz bur- 
|im  int|iloblarida eng yaxshi ko‘rindi.
Ilaliyada  boshlangan  uyg‘onish,  buyuk  ilmiy  inqilob Germ aniyadagi 
ivlorm atsiya  davrining  bayroqdorlari  bo‘ldi.  Sanoat  inqilobining  bosh- 
Innishi,  m anufakturalam ing  hukm ronligi,  toshko‘m irning  o ‘zlashtirilishi 
log*  va  m etallurgiya  sanoatining rivojlanishi  bilan  b o ‘g ‘liq edi.  F.Brodel 
sliunday  belgilaydi:  «Bularning ham masi  um umiy  ilmiy-texnika inqilobi 
muhitida  yuz  berdi:  bu  shunday  vaqt  ediki,  qachonki  yuzlab  italyanlar 
I  I'onardo  da  Vinchining qiziqishiga ergashib,  o ‘z yozuv daftarlarini  ajo­
yib m ashinalar loyihalari  bilan to'ldirdilar». (o ‘sh ajo y d a 567 b).  Shunga 
o'.Nshash  jarayonlar  boshqa  rivojlanish  darajasi  bo‘yicha  yaqin  m am la- 
kallarda  kcchdi.
133


R.  RAJABOV
Beshinchi  sivilizatsiya  siklining  yuksalish  cho‘qqisi,  uning  yetuk- 
lik  fazasi  XVI  asrga  to ‘g ‘ri  keladi.  Buni  tarixchilar  quyidagilar  bilan 
tan  oladilar:  «XVI  asr  -   aholining  o ‘sishi  davrida  Am erikadagi  ispan 
mulklaridan oltin v a kumush oqim ining o ‘sishi va G erm aniyada kum ush 
qazib  ehiqarish  texnologiyasining  yaxshilanishi  natijasida  pul  bozorida 
qim m atbaho  m etallar  oqim ining  o'sishi,  sanoatning  kengayishi,  qishloq 
xo‘jaligi  m ahsuldorligining  o ‘sishi,  sanoatning  kengayishi,  aholi  asosiy 
m assasining  hayot  sharoitini  yaxshilanishi  ifodalangan  dem ografik  va 
xo‘jalik  k o ‘tarilishi».
5. 
In d u striy a   a ra fa si  ja m iy a ti.  Industriya  arafasi  jam iyatining 
shakllanish  episentrida  G 'arbiy  Yevropa  m am lakatlari  -   Italiya,  Angli­
ya,  Niderlandiya,  Fransiya,  G erm aniya  turar  edi.  Ayna  shu  yerda  yan­
gi  g ‘oyalar va  ijtim oiy-siyosiy  harakatlar paydo  bo‘ldi.  Burjua  iqtisodiy 
m unosabatlari qaror topdi. Mutlaq m onarxiya tuzum idagi davlatlar paydo 
bo‘ldi.  Ular asosan  feodal  kelishm ovchiliklarga chek q o ‘ydi.  Katta siyo­
siy  barqarorlik va dastlbki kapital ja m g ‘arish natijasida shakllangan mul- 
kchilikning him oyasini ta ’minladilar.
I.M .Dyakonovning  fikricha,  taxm inan  shu  vaqtda  X itoyda  kuchli 
m utlaq  davlat  shakllanadi.  U  shaharlarning  jadal  rivojlanishi,  hududiy 
m ehnat taqsim oti (bu yirik m anufakturalam ing paydo bo ‘lishiga olib kel­
di), rivojlangan savdo va pul m uom alasi (XII  asrdan qogo‘z pullar chiqa- 
rila  boshlandi)ga  tayangan  edi.  Bu  davm ing  cho‘qqisiga  Min  sulolasi 
(1368-1644-yillar)  davrida  erishildi.  Lekin  X itoyda  radikal  burjuaziya 
qatlami  vujudga kelm adi.  M anjur istilosi (1644-1674-yillar),  keyin g ‘arb 
m ustam lakachilarining bosqinlari m am lakatni orqaga uloqtirdi.
0 ‘rta asrlar tartib-qoidalaridan  0 ‘rta Osiyo,Turkiya,  Eron,  M ongoli- 
ya,  Hindiston va janubiy-shaqriy Osiyo chiqa olmadi. Yangi tarixiy  davr- 
ga ba’zi  kechikishlar bilan  Rossiya va Yaponiya o ‘ta boshladi.
Bizning  fikrimizcha,  0 ‘rta  Osiyo  bu  davrda  m o‘g ‘ullar  zulm idan 
ozod  bo ‘lib,  davlatning m arkazlashuvi  uchun  qulay  shart-sharoit yuzaga 
keldi. Feodal tarqoqlik zulm iga chek q o ‘yishga tom on harakat boshlandi. 
Feodal zulm ga chek qo ‘yish, dem okratik adolatli jam iyat qurish g ‘oyala- 
rini am alga oshirish tom on harakat boshlandi.  Erkin dem okratik davlatlar 
qurish,  o ‘z-o ‘zini  boshqarish  tamoyilini  am alga  oshirishni  XIV  asm ing 
40-80-yillarida  M ovarounnahr  va  Xurosondagi  sarbadorlar  harakatida 
ko‘rish  mumkin.  Feodal  urushlar  va  feodal  tarqoqlikni  tugatish,  davlat­
ning  m arkazlashuvi  tom on  qat’iy  y o ‘l  tutildi  (A m ir  Temur  hukm ronligi
134


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
davri  1370-1405-yillar  va  uning  ba’zi  vorislari  davri  Shohrux,  Abusaid 
Mirzo).
Nima uchun 0 ‘rta Osiyo feodalizm   doirasidan chiqa oim adi?
K atta  yer-m ulk,  m oddiy  boylikka  ega  bolgan  oqsuyak-zodagonlar 
o‘zlarini  nasl-nasablarini  hukm dordan  kam  ko‘rmay,  ko‘pincha  hukm- 
dorning  farm onlarini  bajarishdan  bo ‘yin  tovlab  doim o  mustaqil  boMis- 
hga  intildilar.  K o‘p  hollarda  oliy  hokim iyatga  davo  qilib  isyon,  fitnalar 
uyushtirar  edilar.  Urush  paytida  o ‘z  qabilalaridan  to‘plangan  ko ‘ngilli 
ijismlarga boshchilik  qilganlar.
O 'lkam izda  o ‘rta  asrlarda  m am lakat  kelajagi  uchun  qayg‘uradigan 
bilimli,  uzoqni  ko ‘ra  oladigan,  katta  yer  egalari,  mahalliy  urug‘-qabi- 
la  boshliqlarining  o'zboshim chaliklari,  buzg‘unchiliklariga  qarshi  tura 
oladigan,  qatiyatli  hukm dorlar  ham  bor  edi.  Am ir  Temur,  Abdullaxon 
Shayboniy  va  boshqalar  feodal  tarqoqlikni  tugatib,  o ‘zaro  nizo-ixtilof- 
lami  tugatishga  harakat  qildilar.  U lar  feodallarning  o'zboshim chaligiga 
chek  q o ‘ydilar,  m arkazlashtirish  siyosatini  am alga  oshirdilar,  savdo-hu- 
narmandchilik,  dehqonchilikni  rivojlantirdilar.  Lekin  odil  hukm dom i 
haqiqiy  tayanchi  boMadigan  savdogar-hunarm and,  ozod  dehqonlar  ijti­
moiy tabaqalari  shakllanm agan  edi.
Yerga  xususiy  mulkchilikning  y o ‘qligi,  oddiy jam oachi  dehqonning 
yerga egalik huquqining qonun  bilan  kafolatlanmagani,  turli  cheklanm a- 
цап  toMovlar va m ehnat m ajburiyatlari  dehqon x o ‘jaligining rivojlanishi- 
цн  to'siq  bo‘ldi.
Iqtisodiyotning  asosi  sug‘orm a  dehqonchilik  bo‘lib,  u  ju d a  katta 
mehnat  talab  qilar  edi.  Asosiy  ishlab  chiqaruvchi  boMgan  dehqon  asrlar 
davomida  o‘z  mehnati  bilan  butun  aholining  barcha  qatlam larini  boqdi. 
I Vliqonlar sun'iy su g'orish  inshootlarini  qurish, ta ’m irlash va  ishchi  ho- 
lalida  saqlashga  ham jav o b g ar  edilar.  Dehqonchilik  agrotexnikasi,  tex- 
mkii-lexnologiyasi  ibtidoiy  holatda saqlanib  qolaverdi.  K o‘pincha  hosil- 
шпц  miqdori  tabiatning  saxiyligiga  qaram   edi.  Q urg‘oqchilik  va  boshqa 
labial ofatlari  dehqon uchun  eng dahshatli  hodisa edi.
Katta yer egalari -  zodagon oqsuyaklar (x o ‘jalar), xon va uning amal- 
ilorlari  sug'oriladigan yerlam ing eng unum dor qism iga egalik qilib, kam- 
1)ац*а1  dehqonlarning  m ehnatidan  foydalandilar.  U lar ko ‘pincha soliq  va 
niajhuriyatlardan  ozod  qiladigan  huquqni  (iqto,  tanho,  tarxon  yorligM) 
nlniinlar.  Katta  yer-m ulkka  ko‘ngillilarga  bosh  boMdilar.  K atta  viloyat, 
luinanlarga  egalik  qilgan  qabila  boshliqlari  xon  hokim iyatiga  da'vo  qil-
135


R. RAJABOV
dilar  va  b a’zida  uni  bosib  ham  oldilar.  H ukm ron  tabaqa,  u rug‘-qabila 
yolboshchilarining hokim iyat uchun o ‘zaro urushlari  mamlakatni  siyosiy 
tarqoqligi  va tanazzuliga olib keldi.
Shahar  aholisini  tashkil  qilgan  savdogar-hunarm andlar mustaqil  ijti­
moiy  qatlam  sifatida  shakllana  olmadi.  Savdogar-hunarm andlar  huquq- 
lari  qonun  bilan  him oya  qilinm adi.  Hunarm andchilik  bir qadar  rivojlan­
gan  boMsada  kustar  holatda  qolaverdi.  Texnika-texnologiya  o ‘zgarmadi. 
H unarm andlar  faqat buyurtm a asosida m ahsulot  ishlab  chiqardilar.  Aho­
lining  iste’mol  qobilyati  cheklanganligi  sababli  zaruriy  iste’mol  molla- 
ri,  uy-ro‘zg ‘or  buyum lari  ibtidoiy  texnologiya  asosida  ishlab  chiqarildi. 
Yevropaga  o ‘xshab  hunarmadchilik  ustaxonalari  m anufaktura  ishlab 
chiqarishiga  o‘ta  olmadilar.  Hunarmand  zo‘rg‘a  tirikchiligini  o‘tkazib, 
uning turm ush tarzi  asrlar davom ida o ‘zgarm ay  qolaverdi.
Savdogarlar qatlam  sifatida shakllangan boMsalarda,  o ‘z m anfaatlari- 
ni  him oya qila oladigan  darajadagi  ijtimoiy  qatlam  b o i a  olmadilar,  ular- 
ning  huquqlari  ham  qonun  yoMi  bilan  kafolatlanmadi.  Bu  qatlam  savdo- 
ayirboshlash  bilan  shug‘ullanib,  m am lakat  m iqyosida  va  tashqi  savdoni 
tashkil  etdilar.  Lekin  ular  o ‘zlarining  yevropalik  ham kasblaridan  farq 
qilar edilar.  U lar yevropa savdogarlari  kabi  ozlarini  manfaatlarini  him o­
ya qiladigan  tashkilotlarini  (  gildiya,  ittifoq,  kom paniya) tuza  olmadilar. 
Ichki  savdo  aholining  iste'mol  qobiliyati  cheklangani  uchun  rivojlanm a- 
di,  tashqi  savdo  bir  qadar  rivojlangan  boMsada  o ‘zaro  feodal  urushlari 
sababli  yaxshi  rivojlanm adi.  U lam i  xon  hokim iyati  him oya  qilsada  ular 
am aldorlar  suistem oli,  mahalliy  hokimlar,  qaroqchi-o‘g ‘rilardan  himo- 
yalari  z a if boMib,  ularning  hayoti  va  m ol-m ulki  doim o  x a v f ostida  edi. 
Savdogar  o ‘z  hayotini  xavf-xatarga  qo‘yib  safarga  chiqar  edi.  Savdogar 
m ing  m ashaqqat  bilan  yiqqan  ja m g ‘armasini  na  o ‘z  savdosini  kengay- 
tirishga  yoki  ishlab-chiqarishga  q o ‘ya  olmas  edi.  Shu  sababli  savdogar 
o‘z ja m g ‘armasini  oltin  tanga  qilib  ko ‘zachaga  soiib,  o ‘zi  bilgan joyga 
devorga suvab yoki yerga k o ‘m ib qo ‘yishga m ajbur bolgan.
Shaharlar Yevropa shaharlariga o ‘xshab o ‘z-o ‘zini boshqarish -  kom- 
m una-huquqiga  ega  b o ‘lmadi.  U  hokim  yoki  hukm dom ing  qarorgohi 
bo ‘lib, doim o dushm an tom onidan talon -taroj  bo‘lish xavfi ostida yasha- 
di.  M ahalliy  urug‘-zodagonlari  hokim lam ing  o ‘zaro  urushlar  natijasida 
shaharlar  doim iy  ravishda  dushman  tom onidan  bosib  olinib,  talon-taroj 
qilindi.  Shahar aholisi  uchun mahalliy feodallaning urushlari  haqiqiy ofat 
boMgan.  Shaham i  bosib  olgan dushm an shahar,  aholisini talab, o ‘zini  qi-
136


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
lichdan  o‘tkazar  edi.  Ana  shu  sabablar natijasida jam iyat  asrlar  davom i- 
da hukm  surib  kelinayotgan  urug‘-qabilachilik m unosabatlari  qobig‘idan 
chiqa  oMmadi.  O qibatda  o ‘lka  chuqur  siyosiy-iqtisodiy  tushkunlikning 
uzoq  davom  etgan  va  siyosiy  m ustaqillikni  y o ‘qotish  fojiasi  bilan  tuga- 
gan,  m illat boshiga son  sanoqsiz kulfatlar keltirgan  bosqichga kirdi.
Bu fojianing bosh  sabablari:
-   Ishlab  chiqarish  kuchlarining  z a if rivojlanishi  bozor  m unosabatla- 
rining shakllanishiga  shart-sharoit yaratm adi.  Hududlar,  viloyatlar o ‘rta- 
sida m ehnat taqsim oti  yuz bermadi.  Haqiqiy  ichki  bozor shakllanm adi.
-   Dastlabki  kapital  ja m g ‘arish  jarayoni  yuz  bermadi.  Uning  asosiy 
omillari  savdogarlar,  boy  hunarmand  shaharliklar ijtimoiy to ‘la qonli  iq­
tisodiy  huquqqa ega b o ‘lgan  qatlam  bo‘lib shakllanm adi va o ‘z m anfaat- 
larini  qonun  bilan him oya qila olmadilar.  Ishlab chiqarish  munosabatlari, 
ibtidoiy  texnika-texnologiyaga asoslangan  b o iib ,  m ahsulotlar sifati  past 
v a aholining iste’mol  ehtiyoji  cheklangan  edi.
-   Ishlab  chiqarish  ibtidoiy jam o a  xo'jaligi,  feodal  yer  egaligi  bilan 
aralash natural holatda qolaverdi. M a’naviy  hayotda dinning to ‘la hukm- 
ronligi,  m utaassiblikning  kuchayishi  ilm  fanni  rivojlanishiga  to ‘sqinlik 
qildi.
Natijada,  XVII  asrdan  boshlab  sharq,  g ‘arb,  shimol  va janubdan  kuchli 
q o ‘shni  davlatlar ( Rossiya, Xitoy, Eron ) chuqur siyosiy-iqtisodiy tanaz- 
zulga  tushib  borayotgan  boy  o ‘lkaning  bepoyon  hududlarini  bosib  ola 
boshladilar.  H atto  ko'chm anchi  afg‘on  qabilalari  o ‘z  davlatlarini  tuzib,
XIX  asm ing  50-yillarida  o ‘rta  asrlar  tartib  qoidalari  botqog‘ida  qolgan 
z a if  B uxoro  am irligining  katta hududini  hech  qanday  qiyinchiliksiz  bo­
sib  oldilar.  0 ‘rta  Osiyo  hududlarini  bosib  olinishi  oqibatida  o ‘lk atash q i 
dunyodan  ajralib  qoldi,  xalqaro  savdo  yoMlari,  dengiz  y o ‘llaridan  mah- 
rum boMdi.  Ilmiy texnika progressi, sanoat to ‘ntarishlaridan xabarsiz qol­
di  va tobora  ichdan yem irila boshladi.
Bu davr tarixiy  meros xazinasini nim a bilan  boyitdi?
Bu davrda  dunyoning turli  hududlarida m adaniyatlar ulkan yutuqlar- 
ga erishdi,  betakror san 'at asarlari yaratildi.
1. 
0 ‘rta  O siyoda  Sharq  Renessansining  so‘nggi  davri  boshlandi. 
M e’morchilik  san'ati,  xattotlik,  adabiyot,  tarix,  musiqa,  astronom iya  so­
hasida nodir asarlar yaratildi.  Lekin  bu so ‘nggi yuksalish edi. Bundan  ke­
yin  feodal  ziddiyatlarning  kuchayishi,  diniy  m utaassiblik  O 'rta   Osiyoni 
bir necha asrlarga chulg‘ab olib, zulm at asrlari  boshlanadi.
137


R. RAJABOV
2.  Dunyo  tarixining  eng  shonli  lahzalaridan  biri  italyan  Renessan- 
si  (XIV -   XVI  asrlar)da  yorqin jo   b o ‘lgan  m a’naviy  hayotning  parvozi 
boMdi.
U  o ‘z tarixiy  ahamiyati  bo 'y ich a er.  avv.  IV-V asrlarda Qadimgi Yu- 
nonistondagi  birinchi  intellektual  inqilobga teng  edi.  B oshqacha aytgan- 
da,  Qadimgi Yunon  m erosini  qayta tiklashda taxm inan XIX  asr o ‘rtalari- 
gacha davom  etgan  insonparvarlik ruhi  Renessansi  boshlandi.
X ronologik  jihatdan  italyan  Renessansi  protorenessans  (XIII-XIV 
asrlar),  ilk  (adabiyotda  -   XIV  asrdan,  tasviriy  san’at  va  m e’morchilik- 
da -   XV  asr),  yuqori  (XV  asr  oxiri  XVI  asr  I  choragi)  v a  so'nggi  (XVI 
asr)  boshqichlariga boMinadi.  G 'arbiy Yevropaning boshqa m amlakatlari 
(Fransiya, N iderlandiya, Germ aniya, A ngliya, Ispaniya)da Renessans bir, 
bir yarim  asr kechroq  boshlandi.
Insonparvarlik  birinchi  o‘rinda  qat’iy  belgilangan  diniy  aqidalam ing 
cheklashlaridan ozod boMgan, borliq quvonchi hissiyoti bilishlariga beril- 
gan  erkin  ijodiy  shaxs,  insonni  ilgari  suradi.  Bu  bilishning turli  sohalari- 
da zamonaviy  fanning asosini  qo ‘ygan  Buyuk  ilmiy  inqilobda o ‘z  aksini 
topdi.  Bu  ilmiy  inqilobning cho‘qqilari  astronom iya, qator nazariy va in- 
jenerlik fanlari,  falsafa va tibbiyotdagi  buyuk kashfiyotlar edi.
J.Bernal  bu yorib o ‘tishni  intellektual  inqilob,  olim larning uyushm a- 
larini  (Florensiyada  Aflotun  akadem iyasi,  A ngliyada  qirollik  jam iyati, 
Fransiyada  qirollik  fanlar  akadem iyasi)  tuzilishi  bilan  fanlarning  shakl- 
lanishini tugallanishi deb baholaydi.
A dabiyot  (Dante,  Petrarka,  Bokachcho,  Erazm,  Pable,  Servantes), 
teatr  san’ati  (Italyan  kom ediyasi  Del  Arte,  Lope  de  Vega,  Shekspir  dra- 
maturgiyalari),  tasviriy  san’at,  haykaltaroshlik,  m e’m orchilik  (Leonardo 
da Vinchi, Rafael, Jordano va Titsian, M ikelanjelo, Dyurer, Rem brant)da 
ham ajoyib yutuqlarga erishdilar.
3.  Antik  davrdagi  am aldan  ajralgan  ilmiy  tafakkurdan  farq  qilgan 
holda,  uyg‘onish  davridagi  ilmiy  to ‘ntarish,  ilm iy-texnika  inqilobi  bilan 
bogMangan  edi.  A m aliyot  yutuqlari  bilan  sug‘orilib,  uning  ehtiyojlarini 
qondirdi.  Turli  xil  sanoat  m ah subm arining  arzonlashuvi,  m ehnat  taqsi- 
m otiga  asoslangan  um um dorligini  ko ‘p  m arta  oshirgan  ishlab  chiqarish 
korxonasi -  bu m anufaktura edi.
O lq  otuvchi  qurollam i  ishlab  chiqarish  ancha  o ‘sdi  (to ‘p,  mushket). 
Bu  o ‘z  navbatida  aralash  sohalam ing  rivojlanishiga  turtki  berdi.  Dengiz
138


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
flotining  rivojlanishi  okeanlarga  suzish  imkonini  yaratdi.  K em alam ing 
yangi turi yelkanli karavellalar paydo b o ‘ldi. Faqat dehqonchilikda qaram 
dehqon va yerga biriktirilgan dehqonlam ing m ehnati ustuvor bo‘lgani uc­
hun  sezilarli progress  b o ‘lmadi.  Lekin bu sohada ham  qator takom illash- 
tirishlar keng tarqaldi.
4. 
Industriya arafasi sivilizatsiyasining iqtisodiy munosabatlari  amal- 
da m aterikning butun aholisini  qamrab olgan bozor chegaralarining m us- 
tahkamlanishi  va  kengayishi,  kapitalizm ning  asta-sekin  savdo,  sanoat, 
dengiz  transporti,  qism an  qishloq  xo 'jalig i  (Angliyadagi  g ‘ov  tutish ja- 
rayoni)da  qism an  shakllanishi  bilan  tavsiflanadi.  Dastlab  Italiya,  keyin 
Amsterdam,  Parij,  Londonda savdo,  veksel  aylanishi  bank va birja faoli- 
yatining m ukam m al m exanizmi,  bozor infratuzilishi  shakllandi.
Iqtisodiy  hokim iyat  asta-sekin  katta yer  egalari,  aslzodalar  va  cher- 
kovdan  savdo  -   m oliya  sanoat  kapitaliga  o ‘tdi.  K apitalistik  m unosabat­
lar qishloq x o ‘jaligiga kirib bordi.  Shahar va qishloqda yollanm a m ehnat 
keng tarqala boshladi.
Dastlabki kapital ja m g ‘arishning barcha qo ‘pol shakllari to ‘la, chuqur 
va  obrazli  qilib  K.M arks  tom onidan  «Kapital»  asarining  I  jildining  24 
bobida  tasvirlangan.  Bu  vaqt  kapitalistik  iqtisodiyotning  butun  dunyo 
bo‘ylab  zafarli  yurishi  davri  edi.  Aynan  shu  davrda  ko‘p  sonli  lokal  va 
hududiy  bozorlar xalqaro savdo bilan mahkam bo g‘langan yagona milliy 
bozorlarga birlashdi.
Bu davr iqtisodiy progressining boshida G ‘arbiy Yevropa bordi. Yev­
ropada  kapitalistik  jam iyat,  uning  birinchi  fazasi  «m anufaktura  kapita- 
li/.mi»  da  tarixiy  burilish  yuz  berdi.  Yevropa  tarixidagi  bu  tub  burilish 
Inhzalaridan biri, uning oqimlaridan biri o ‘z umrini o ‘tab bo‘lgan eski feo- 
ilal  tartib-qoidalaridan yangi  ijtimoiy  tuzum   kapitalizm iga tom on keskin 
burildi. Yangi davr burjuaziya ishlab ehiqarish m unosabatlarining birinchi 
shaklini  alohida  taraqqiyoti  bilan  tavsiflanadi.  «M anufaktura  kapitaliz- 
nii»  dastlab  ijtim oiy-iqtisodiy  m unosabatlarda  ilg‘or bo ‘lgan  m am lakat­
lar -  A ngliya va N iderlandiyada ko ‘zga k o ‘rindi.  Shu  bilan  birga,  yangi 
lu/.umga  yaqinlashib  kelayotgan  qit’aning  boshqa  qator  m am lakatlarida 
xo'jalik  ukladida yaqqol  ifodalangan  qulayliklar  o ‘zini  bildirm oqda edi. 
Yevropani  qam rab  olgan  x o ‘jalik   tushkunligi  belgilari  paydo  b o ‘lgan 
paytda,  Elba daryosidan  sharq tom onda XVII  asm ing II  yarm ida krepos- 
noylik  huquqining shakllari o ‘m ashdi.
139


R.  RAJABOV
5.  Industriya  arafasi  sivilizatsiyasida  ijtim oiy-siyosiy  sohalar  turli 
an’analar bilan tavsiflanadi.
Eng  katta yutuq  barqaror  mutlaq  m onarxiyalar  m avjud  bo‘lgan  dav- 
latlam ing  vujuvga  kelishi  edi.  Bu  zam onaviylik  huquqiga  tayanib  ish 
ko‘radigan  feodal  xo‘jayinlar beboshligi,  o ‘zaro  nizolariga  chek  qo‘ydi. 
Ishlab chiqarish va savdo  uchun qulay  sharoit yaratdi.
Insonparvarlik  g ‘oyalarining  o ‘tishi  siyosiy  tenglik  uchun  feodal  toi- 
fachiligini  tugatish,  syuzerenlam ing  (o ‘z  vassallariga  ega  b o ‘lgan,  feo- 
dal-senor (qirol, gersog, graf) cheksiz hukm ronligi va o ‘zboshim chaligini 
tugatish  uchun kurashni kuchaytirdi. N iderland va ingliz burjuaziya inqi- 
loblari natijasida «uchinchi toifa» (boy shaharlik savdogar-hunarm and va 
tadbirkorlar)ning siyosiy ta ’siri  kuchaydi, lekin davlat darajasidahokim i- 
yat avvalgidek,  m onarx (qirol),  oqsuyak  feodallar va cherkovning yuqo­
ri  tabaqasi  qoMida  edi.  Faqat A ngliyada  parlam entning  kuchayishi  bilan 
an’anaviy  feodal hukm ronligi  darz ketdi.  Venetsiyada an’anaviy  respub- 
lika tuzum i saqlanib qolindi.
Shu  bilan  bir  vaqtda  ijtimoiy  ziddiyatlam ing  keskinlashgan  davri, 
xalq g ‘alayonlari,  qonli  fuqarolik va diniy  urushlar vaqti  edi.  Qirollar va 
feodallar  to ‘xtovsiz  urushlar  olib  bordilar  (A ngliya  va  Fransiya  o ‘rtasi- 
da  yuz  yillik  urush,  U m um yevropa  30  yillik  urushi  1618-1648-yillar). 
U rushlar katta m iqdordagi m ablag‘lam i talab qilar edi.  Bu  shahar aholisi 
va dehqonlar uchun soliq va m ajburiyatlar yukini k o ‘paytirar edi.  Bu xalq 
qo‘zg ‘alonlariga  olib  keldi.  Ulardan  Fransiyadagi  Jakeriya  q o ‘zg ‘oloni, 
Germ aniyadagi dehqonlar urushini aytish mumkin.
6
. D engiz sayohatlari va buyuk geografik kashfiyotlar jahon m ustam- 
lakachilik im periyalarining shakllanishiga olib keldi.
XV 
asrda  industriya  davridan  boshlab  hozirgi  kungacha  Yevropa­
ning butun  dunyoga tazyiqi  davom   etib  kelm oqda.  Yevropa  keyinchalik 
shimoliy  A m erika  o ‘z  taraqqiyotini  barqaror  rivojlanishi  uchun  boshqa 
qit'alarni  xom ashyo,  yoqilg‘i  zaxiralarini  zo ‘ravonlik  bilan  o ‘zlashti- 
rib  kelmoqda.  X ristofor  Kolumb  tom onidan  k ash f  qilingan  Am erikani 
o ‘zlashtirish  natijasida  Ispaniya  dunyodagi  eng  katta  m ustam lakachilik 
im periyasiga  aylandi.  Ispaniya,  Portugaliya,  Britaniya,  Fransiya,  Gol- 
landiya  o ‘rtasida  m ustam lakalam i  bosib  olish,  takror  taqsim lash  uchun 
to ‘xtovsiz  urushlar olib  borildi.  Qadim gi m adaniyatlar katta-kichik xalq- 
lar m ustam lakachilam ing zo ‘ravonligiga uchrab yo‘q b o ‘lib ketdi.
140


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Avstaraliya kashf qilingandan so‘ng, ingliz sayyohi Jeyms Kuk yangi 
qit'ani Britaniyatojining mulki deb e’lon qildi. Avstraliyada tub joy aho- 
li  aborigentlar  50  ming yildan  beri  yashar  edi.  Qit'ani  o‘zlashtirishning 
birinchi  100 yilligida 20  ming aborigentlar qirib tashlandi,  ularning soni 
80% ga kamaydi. Avstarliyaga jinoyatchi, Katorga mahbuslari Angliyadan 
ko‘chirib keltirildi.  Inson  huquqlarini  himoyachisi bo‘lgan yevropaliklar 
Amerikada qul  savdosini  vo'lga qo‘yib, katta foyda ko‘rdilar. AQSH ja- 
nubiy shtatlarining 8 mln aholisidan 4 mini qullar edi. Janubiy va Shimo­
liy Amerika xalqlarining taqdirlari turlicha bo‘ldi. Ispanlar va portugallar 
bosib  olgan  dengizorti  mulklarida  mavjud  boMgan  qadimgi  jamiyatlar 
yo‘q  qilindi.  0 ‘rta  asrlarga  zo‘ravonlik  bilan  sakrash  amalga  oshirildi. 
Feodal,  qisman  quldorlik  munosabatlari  hududlarda  hukmron  edi.  XIX 
asr boshlarida Simon Bolivar rahbarligidagi va boshqa milliy yo‘lboshchi- 
lar boshchiligida olib borilgan  ozodlik urushlari  natijasida aralash milliy 
davlatlar shakllandi.
XVII asr boshlarida Shimoliy Amerikada Britaniya koloniyalari tash­
kil topa boshladi. Janubiy paxtachilik shtatlarida feodal  va quldorlik mu­
nosabatlari  bilan birlashib ketgan burjua munosabatlari yetakchilik qildi. 
Janubiy  shtatlardagi  8  mln  aholidan  4  mini  qullar  bo‘ lib,  ular  shafqat- 
siz  ekspluatatsiya  qilindi.  Yevropa Amerikada  qulchilikdan  katta  foyda 
ko‘rdi.  1791-yilda Gaitida qullar qo‘zg‘aloni  g'alaba qildi.  100  mingdan 
ortiq  qul  ozodlik,  mustaqillik  uchun  kurashdi.  4  ming  quldor  plantator 
yo‘q qilindi. Gaiti  1801 -yilda lotin Amerikasidagi bimchi mustaqil davlat 
edi. XIX asrda industrial davlatlar xomashyo uchun Afrikaga yopirildilar. 
1877-yilda  sayyoh  Stenli  Afrikaga  savdo  yoMini  ochdi.  Kongo  daryosi 
havzasini  tekshirdi.  Angliya,  Germaniya,  Fransiya,  Portugaliya  va  Bel- 
giya qora qit'ani  bo‘ysundirishga kirishdi.  Kichkina Belgiya  o‘zidan  70 
marta katta bo‘lgan Kongoni bosib oldi. Belgiya qiroli o ‘z bosqinchiligini 
niqoblash  uchun  «Afrika xalqaro  assosiatsiyasi»ni  tuzdi.  Kauchuk plan- 
tatsiyalarida  millionlab  afrikaliklar  shafqatsiz  ishlatildi.  Kongoning  10 
mln  aholisi  qirib  tashlandi.  Bu  aholining yarmisi  edi.  Belgiya yuz yilga 
yaqin Kongoni mustamlaka qildi. Kongo  1960-yildamustaqillikkaerishdi.
XVIII  asrda  tashkil  topgan  AQSH  industrial  kapitalistik jamiyatga 
xos  bo'lgan  siyosiy  munosabatlami  o ‘matish  uchun jadal  harakat  qildi 
(eng iig£or konsepsiya  1787-1791-yillarda Huquqlar to‘g ‘risida Bill).  Sa­
muel Adams Amerika mustaqillik deklaratsiyasini yozdi. Tenglik, erkinlik,
141


R.  RAJABOV
inson  huquqlarini  e ’lon  qilgan  bu  tarixiy  hujjat  hozirgi  dem okratiyaga 
asos  soldi.  Aynan  A Q SH da  liberal  dem okratiyaning tuzum i  tu g ‘ildi.  Bu 
keyingi  200 yil davom ida Yevropa va butun  dunyo uchun  nam una bo‘ldi.
Lekin  bu  shafqatsiz  davr jahon  progressida  olg‘a  tashlangan  ulkan 
qadam  edi.  Aynan  o ‘sha  davrdan  bizning  davrim izgacha  cho‘zilib  kel­
gan  ko'pgina  iplar  bizgacha  yetib  keldi  va  XX  asrda  hal  qilinishi  zarur 
bo‘lgan yoki  yechilgan m uam m olar o ‘sha davrda tu g ‘ildi.
0 ‘sha davrda ilk kapital ja m g ‘arish tarixi Yevropaning tarixiy taraqqi- 
yotini  bir necha yuz yilga belgilab  bergan  kapitalistik eraning  boshlanishi 
boshqa mam lakatlar,  q it’alam ing hayotiga ko‘p  hollarda fojiali  ta ’sir qil­
gan jarayonlar, bizning davrimizdagi sifatjihatdan yangi o ‘zgarishlar, bu­
yuk  burilishlarga olib keldi.  U yg‘onish  davri  va reform atsiya zamonaviy 
bilim  asoslarini yaratdi.
6

In d u s tria l  sivilizatsiyaning  g u llab -y a sh n a sh i  v a  so‘nishi.  In­
dustriya  arafasidagi  sivilizatsiyaning tushkunligi  va  so ‘nishi,  keyingi  si- 
vilizatsiyaga o ‘tish  davri  XVII  asrning oxiri  XVIII  asm i  to ‘la o ‘z  ichiga 
oladi. B u v aq td a aholi o ‘sish sur'ati o ‘sdi. A ngliya aholisi  1700-yilda 5,08 
million  kishidan  1790-yil  8,2 million kishiga ko'paydi. 0 ‘sib borayotgan 
aholi ham da qirol saroyi v a zodagonlarning hasham atli hayoti ehtiyojlari- 
ni m anufaktura ishlab chiqarishning tor bazasi va m ustam laka savdosidan 
kelgan  foyda bilan  qondirish  imkoniyatlari  m untazam  qisqarib bordi.
Hindiston,  Indoneziya  orollari,  Afrika,  A m erika  bilan  talonchilik 
savdosidagi  ulkan  foydalar,  talab  olingan  qim matbaho  metallar,  zira- 
vorlar  oqimi  tugay  boshladi.  Yevropa  halokatli  hosiisizliklam i  boshdan 
kechirdi.  Ishlab chiqarishning texnologik usulida to ‘ntarish takrorlanm as 
boMdi.  U  XVIII  asm ing so ‘nggi  choragi  XIX  asr boshlarida sanoat  inqi­
lobi  k o ‘rinishida yuz berdi.
Industrial  sivilizatsiyaning  xronologik  chegaralari  va  fazalarini  tav- 
siflaymiz.  Eng  avvalo,  kapitalizm  va  postindustrializm  jam iyatining  ta­
rixiy  chegaralarini  ajratish kerak b o ‘ladi.
Jahon progressining episentrlarida kapitalizm ning shakllanishi  indus­
trial  sivilizatsiya  arafasiga  tegishli.  Industrial jam iyatga  kelganda  esa  u 
gullab-yashnash,  barqarorlik  va  kapitalizm ning  so‘nishi  fazalarini  qam ­
rab  oladi.  0 ‘zining tashkiliy  aks etishi  tarzida m ashina va  fabrika tizim i­
ni  o ‘ziga  mos  m oddiy  bazani  shakllantirdi.  Industrializm ning  mohiyati 
ishlab  chiqarishning  m ashinalashgan  ko‘rinishidan  iborat.  Bu  iqtisodiy, 
ijtimoiy,  siyosiy  m unosabatlarda o‘z izini  qoldirdi.
142


Jahon sivilizatsiyalar! tarix i
Mashina  buyuk  tenglashtiruvchi  leveller:  mashinalashgan  ishlab 
chiqarish  ishchilarning  ma’lumoti,  huquqlari,  siyosiy  tengligini  teng- 
lashtirgan  an’ana bo‘ldi.  Industrial jamiyatning o‘zini  shakllanish  fazasi
XVIII  asming  so‘nggi  choragidan  XIX  asming  boshlarigacha  boMgan 
davrni  qamrab oladi.
Angliya industrial jamiyatning birinchi  episentri  boMdi.  Keyinchalik 
esa episentr Yevropaning qit’a qismi va Shimoliy Amerikaga ko‘chdi. In­
dustrial jamiyatning jadal tarqalish  fazasi  XIX  asr o‘rtalarigacha davom 
etdi.  Shundan  so‘ng,  industrial jamiyatning  barqaror taraqqiyoti  to‘g ‘ri- 
sida aytish mumkin.
Industrial jamiyat  yuksalish  va  yetuklik  fazasini  I jahon  urushining 
boshigacha o ‘z boshidan kechirdi  deb tasavvur qilish  mumkin.  Shundan 
so‘ng, uning so‘nish fazasi boshlandi. XX asming so‘nggi choragida pos­
tindustrial  sivilizatsiyaga o‘tish davriga kirish boshlandi.
Shu  bilan  birga,  bu  borada  boshqa  yondashuvlar  ham  mavjud. 
I.M.Dyakonov  kapitalistik  fazaning  tarixiy  taraqqiyotiga  qisqa  mud- 
dat-100  yildan  sal  ko‘proq  vaqtni  ajratdi.  XIX  asr  o ‘rtalari  (1832-yilda 
Angliyadagi  parlament  islohotlaridan  keyin  Fransiya va  Germaniyadagi 
inqiloblar)gacha G ‘arbiy Yevropaning yetakchi mamlakatlarida burjuazi- 
yaning siyosiy hukmronligini o‘matilishidan  1952-yil AQSH va  1953-yil 
SSSR  da  birinchi  vodorod  bombalarining  sinovlarigacha  boMgan  davr, 
lekin industrial sivilizatsiyaning boshlanish va tugallanish fazalari bu do- 
iradan chiqib ketdi.
Industrial  jamiyatga  o‘tish  davri  XV11I  asming  so‘nggi  choragi­
da  sanoat  to‘ntarishi  va  buyuk  fransuz  inqilobidan  boshlandi.  Industri­
al  kapitalistik jamiyatning  so‘nggi  uzoq  boMmagan  parvozi  XX  asming 
50-60-yillarida  kuzatiladi.  Uning  nihoyasi  deb  1973-yilni  hisoblash 
mumkin. Sobiq sovet tarixshunoslarida insoniyat tarixidagi yangi eraning 
boshlanishi  1917-yilda Rossiyadagi  Oktyabr inqilobidan boshlanadi  deb 
qabul qilinadi.
Lekin XX asming so‘nggi o‘n yilligidagi voqealar Oktyabr to‘ntarishi 
faqat industrial jamiyatning so‘nish davridagi  o‘z tushkunligidan chiqish 
yoMlaridan  biri  sifatida  sotsialistik  g'oyalam i  amalga  oshirish  yoMiga 
o‘tish bilan tushkunlikdan  qutulish  uchun  boMgan  yirik to‘ntarishlardan 
biri  ekanligini  ko‘rsatdi.  Lekin insoniyat juda qimmatga tushgan tajriba- 
dan  ba’zi  bir  foydalami  o‘zlashtirib,  bu  yoMdan  bormadi.  U  kapitalizm
143


R. RAJABOV
va  sotsializm ning  buyuk  qaram a-qarshiligidan  uchinchi  postindustrial 
jam iyatning  shakllanish  y o iin i  tanladi.  Shuning  uchun  zam on  tarixini 
ajralgan  vaqti  deb  X X   asm ing  so‘nggi  choragida  industrial  jam iyatdan 
postindustrial  sivilizatsiyaga o ‘tish deb hisoblash mumkin.
Tarixiy  progress  qonuniyatlari  nuqtai  nazaridan industrial  sivilizatsi­
yaning quyidagi o ‘ziga xos xususiyatlarini  belgilash  mumkin:
1.  M illiy  va dunyo  m iqyosida jam iyatning ikki  xillikda o ‘sishi  siklik 
dinam ikaning qonuniyatlarini  yanada aniq ko ‘rinishi  uchun sharoit yarat­
di.  0 ‘n  yillikda  bir  m arta  davriylikda  rivojlangan  m am lakatlar  (barcha 
dunyo x o ‘jaligi va uning chegaralari kengashi b o ‘yicha)da iqtisodiy tush- 
kunliklar yuz beradi.
Yarim  asrlik  (Kondratyev)  sikllam ing  chiziqlari  aniqlana  boshlandi. 
Bu texnologik ukladlar texnika avlodlarining yangilanish ritmi ham da ij­
timoiy  hayotning boshqa sohalarini  to ‘lqinsimon  spiral  ko‘rinishdagi  di- 
nam ikasining an’analari, XIX -XX asr boshlarida tushkunliklar ritm i aniq 
paydo  b o ‘la  boshladi.  I  va  II  jahon  urushlari  sikllarning  m aromli  yuris- 
hini  buzdi.  Urushdan  keyingi  yuksalish  boshqariladigan  bozor  iqtisodi- 
yotiga tushkunliklardan  qochish  m um kinligi  um idlarini  tu g ‘dirdi.  Lekin 
1973-1974-yillardagi  chuqur jahon  tushkunligi  navbatdagi  Kondratyev 
siklining  tushkunlik  fazasi  bilan  mos  kelib,  bu  xom   xayollam i  tarqatib 
yubordi.  Shu vaqtdan  boshlab  o ‘rta muddatli jahon  iqtisodiy tushkunlik- 
lari  havas  qiladigan  m untazam lik  (1980-1982,  1991-1993-yillar)da  tak- 
rorlana boshladi.
2
.  0 ‘sib  boradigan  m exanizatsiya,  avtom atizatsiya  va  ishlab  chiqa­
rishning  konsentratsiyasi,  m ashinalar  tizim ining  tarqalishi  bir  texnolo­
gik  xalqaga  m ahkam   bog‘langan  nafaqat  alohida  korxona,  balki  qator 
m am lakatlar  hajmi  (xalqaro  m onopoliyalar)da,  vaqt  o ‘tishi  bilan  global 
hajm lar  (transmilliy  korporatsiyalar)da jam iyatning  o ‘zaro  bir-biri  bilan 
bog‘langan  katta,  o ‘rta  va  kichik  tizim larning  m ajm uasiga  aylantirdi. 
Eski  avtonom iyani  y o ‘qotib,  yangi  ritm da  ishlaydigan  yuksalishlar  va 
turg‘unliklar, tushkunliklar va yangilanish  fazalarini  boshidan kechiradi- 
gan sinxronlashgan to ‘plam ga aylandi.
Industrial jam iyat texnologiyalarga ustuvor o ‘rin beradi. Texnik prog­
ress  m ahsulotning raqobatbardoshligi  va iqtisodiy  o ‘sish asosida yotadi. 
Fan  yutuqlari,  eng  avvalo,  insoniyat  yutug‘i  m um kin  bo‘lgan  sohalarga 
asoslanadi.
144


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
3.  Inson  industrial  tizim da  mashinalaming  ijodchisi  boMadi,  ular- 
ni  quradi  va  ishlatadi.  Uning  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  yaratilgan, 
mashinalashgan ishlab chiqarish endilikda insonni o ‘ziga yanada ko‘proq 
bo‘ysundiradi.  Unga hayot ritmini taqab  qo‘yadi.  Texnika avlodlarining 
almashinuvi  ishsizlik xavfini tug‘diradi.
Mashinalashgan ishlab chiqarishning gumanizm davri tugadi. Bu ma- 
daniyatda o‘z ifodasini topdi. Mashinalashgan, standartlashgan milliy har 
xillikdan mahrum qilingan gumanizm davri merosi bilan aloqasini uzgan 
ommaviy  madaniyat paydo  b o id i,  qaysiki,  u industrlashgan aksil mada- 
niyatga  aylana  boshladi.  Ayniqsa,  bu  XX  asrda  industrial  sivilizatsiya- 
ning so‘nish fazasida yaqqol ko‘rindi.
0
‘tish davrida ma’naviy muhitning tushkunligi yarim asrga cho‘zildi. 
Tarixga ketayotgan  industrial  va mingyillik sikllar so‘nishda badbashara 
shakllami qabul qila boshladi.
4.  Industrial  davr  iqtisodiyotida  qarama-qarshi  an’analar  kuzatiladi. 
Ishlab  chiqarish  kuchlarining  qudratli  va  uzoq  yuksalishi  rivojlangan 
mamlakatlarda aholining keng qatlamlari turmush darajasining o ‘sishida 
uning  yutuqlari,  so‘zsiz  fanning  yirik  texnologiyalari  qo‘llandi.  Buning 
natijasida industriyaning o‘sib borayotgan qudrati va mehnat unumdorli- 
gi o ‘n martalab o‘sdi. Ko‘pchilik oilalar uchun televizor, maishiy texnika, 
avtomobillaming  tez-tez  almashtiriladigan  rusumlari,  turistik  sayohatlar 
odatdagi hoi bo‘lib qoldi. Lekin bunday taassurot qoldiradigan progress- 
ga juda o‘gir to'lovlar evaziga erishildi.
Milliy  va  global  takror  ishlab  chiqarishning  buzilgan tuzulmasining 
istiqboli  yo‘qligi  yanada  yaqqol  ko‘rina  boshladi.  Rivojlangan  ozgina 
mamlakatlaming gullab- yashnashi va farovonligi rivojlanayotgan raam- 
lakatlaming mehnat va tabiiy resurslarini shafqatsiz ekspluatasiya qilish- 
ga asoslangan. Erkin raqobat davridan faqat xotiralar qoldi.
Iqtisodiyotni aksiyalash orqali monopoliyalar hukmronligi boshlandi. 
Ular keyin kuchli davlat apparati bilan birlashib ketdilar. XX asrning ik- 
kinchi yarmida transmilliy korporatsiyalaming jadal yuksalishi kuzatildi. 
Ular  dunyo  iqtisodiyotining  yetakchi  sohalarida jahon  iqtisodiyotining 
qudratli  integratorlariga  aylandilar.  Tashqaridan  qaraganda,  kapital  de- 
mokratiyaga  yaqinroq  bo‘ldi.  Aholining  aksiya  va  obligatsiyalarga  ega 
bo ig an ,  o‘sib borayotgan qatlamlari  mulkdorlar deb e’lon qilindi.  Lekin 
bu  yolg‘on  demokratiya pardasi  orqasida tor  elita  qatlamining  iqtisodiy 
va siyosiy qudrati yashirindi.
145


R.  RAJABOV
5. 
Industrial davm ing siyosiy, davlat huquqiy tizim ida qaram a-qarshi 
an’analar  mavjud  edi.  Iqtisodiy  kuch-qudratning  konsentratsiyasi  siyo­
siy hokim iyatning dem okratiya pardasi bilan yashiringan diktaturaga olib 
kelm asligi  m um kin  emas  edi.  Bu  umumiy  a n ’anaga  aylandi  va totalitar 
tuzum lam ing o ‘m atilishida o ‘z ifodasini topdi.  Totalitar tuzum lar chuqur 
tushkunlik  va to ‘s-to‘polon  sharoitlarida,  (1917-yilda R ossiyada bolshe- 
viklar zo ‘ravonlik bilan hokim iyatni egalladilar) b a’zida hokim iyatga de- 
mokratik y o ‘l bilan keldilar (misol uchun,  1933-yil G erm aniyada fashizm 
diktaturasining saylovlar natijasida hokim iyatga kelishi).
Mafkuraviy  ta ’sir qilishning  qudratli  industrial  vositalari  bunday  tu- 
zum  uchun  asos  yaratdi.  Kishilarning  siyosiy  qarashlarini  y o ‘naltirdi  va 
ana shu asosida om m aviy  siyosiy  partiyalarni  shakllantirdi.
A gar  ilgari  siyosiy  hukm ronlik  uchun  kurash  hokim iyatga  m a’lum 
bir  sin f qatlam   yoki  ustuvor  dinning  m onopoliyasida  o‘z  ifodasini  top- 
sa,  endi  industrial jam iyatda  u yoki  bu  siyosiy  partiyalam ing  saylovdagi 
g‘alabasining  natijasi  asosida  hukm ron  elitani  shakllantirish  imkoniyati 
paydo b o ‘ldi.
Bu  davrda  bir  (SSSR),  ikki  (AQSH,  Buyuk  Britaniya)  va  k o ‘p  par- 
tiyali  tizim lar  (Fransiya,  Germ aniya,  Italiya)  shakllandi.  Saylov  asosida 
hokim iyatga  kelgan  partiyalar  davlat  boshqaruvida  asosiy  lavozimlarni 
egalladilar.
Bu jarayon totalitar davlatlar (SSSR, Germ aniya,  Ispaniya, Portugali- 
ya)da o ‘z  ifodasini topdi.  H ukm ron partiya siyosiy  hayotning m arkazida 
asosiy qism bo‘ldi. Siyosiy partiyalam ing rahbarlari, nufuzli siyosatchilar 
va davlat boshqaruvi elitasining bir-biriga qo‘shilib ketish holati yuz ber­
di. Totalitar davlatlarda jam iyatda bir m afkuraning m onopol hukm ronligi 
o‘m atildi ( SSSR,  Germ aniya,  Xitoy).
Industrial jam iyatda  barcha  fuqarolar  va  ijtimoiy  qatlam lam ing  qo- 
nun  oldida  tengligini  tan  olishga  asoslangan  huquqiy  m unosabatlam i 
boshqarishda qonun  ustuvorligining huquqiy tartibi  qaror topdi.  Industri­
al sivilizatsiyaning davom iyligida siyosiy hayotning barcha m uassasalari 
harakatida bir necha fazalar aniq ko‘rinadi. Q ator burjua dem okratik inqi- 
loblar  (Niderland,  Fransuz,  Shim oliy  A m erika  va  boshqalar)  natijasida 
buijua  dem okratiyasining  tarqalish  va  qaror  topish  davri;  XIX  asm ing 
ikkinchi yarm ida rivojlangan m am lakatlar (Buyuk Britaniya, Germ aniya, 
AQSH va boshqalar)da demokratiyaning tantanasi; XX asm ing 20-yillarida
146


jah o n  sivilizatsiyalar! tarixi
vii  yuz  yillikning  deyarli  oxirigacha  totalitar  davlatlarda  so‘nish  v a  o ‘z 
i|aram a-qarshiliklariga o ‘tish  kabilar.
Tayanch  ib o ra la r:  m anufaktura  davri,  ilmiy  texnika  inqilobi,  uch 
I’aza,  o ‘tish  davri,  musulmon  modeli,  dunyo  dinlari, jahon  im periyalari, 
sanoat  inqilobi,  industriya  arafasi,  Renessans,  m ustam laka  im periyasi, 
Kondratyev sikli, totalitar,  siyosiy  partiya,  elita,  fashizm,  qonun  ustivor- 
ligi.

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish