bahodirona, mardona otalarcha kabi.
6.
-lay (-layin) qo'shimchasi sifatiarga qo'shilib ravish yasaydi:
butunlay,
butunJayin, tiriklay, tiriklayin. Bu qo'shimchalarravish yasovchi -ligicha
qo'shimchasi bilan sinonimdir: tirikligicha,butunligicha.
7.
-i (-in) qo'shimchasi ot, fe'l, ravish negizlarga qo'shilib ravishyasaydi: qishin,
yozin, yashirin, kechir kabi.
8.
-day (-dek) qo'shimchasi asosan ot negizlarga qo'shilib,harakat yoki holatdagi
o'xshashlikni anglatuvchi ravishlar yasaydi:tog'day, muzday, qushday,
paxtaday, gulday kabi.
Sintaktik usul bilan qo'shma va juft ravishlar yasaydi. Ikki so'zning o'zaro birikuvidan
tashkil topgan ravishlar qo'shma ravishlar deyiladi. Qo'shma
ravishlar quyidagicha
hosil bo'ladi:
1. O'rin-payt, miqdor ma'nosini bildiruvchi so'zlardan oldin -alia qo'shimchasini
keltirish bilan
: allavaqt, allamahal, allapaytkabi.
Shu paytgacha to'qayda allaqancha yerni shudgor qilib qo'yishdi. (S.A.)
2.
Payt va miqdor bildiruvchi so'zlardan oldin bir yoki ozso'zlarini keltirish
bilan: bir payt, bir zum, bir mahal, bir talay,oz muncha, birmuncha kabi.
AH Qushchi kaltagina cho'qqisoqolini tutamlab, bir zum tuynukka tikilib
qoldi.(O. Yo.)
3.
O'rin va payt ma'nosini bildiruvchi so'zlardan oldin
har, hech,bir so'zlarini
keltirish bilan: har joy, har mahal, har lahza, hechqachon? hech vaqt, bir
tomon kabi. Bu xotin go'yo necha yildanberi
har kun shu ravishda buni kutib
umr o'tkazgan. (Ch.)Qabulxonaning bir tomoniga qator stullar terilgan.
(O'.U.)Ayollar hech qachon o'zlarini pastga urishmaydi. (S.A.)
4.
Ko'rsatish ohnoshlariga yer, yoq so'zlarini qo'shish bilan:
shu yer, bu yer, u
yer, shu yoq, bu yoq, o'sha yer kabi:
-Buyoqqa kel bola. (S.A.)
Nizom allaqachon ota-onasini bu yerdan ko'chirib ketgan va saroyga yaqin joydan
shinam uy, joy olib bergan.(P.Q.) Zerikkan bo'lsangiz, ertaga boshqa nomerga
ko'chiraman. U yer - yaxshi. (Ch.)
Juft ravishlar ikki so'zning o'zaro teng bog'lanishidan hosil bo'ladi. Juft ravishlar
so'zlarning juft kelishi hamda takrorlanishi asosida quyidagicha hosil bo'ladi:
1.
Ikki so'zning o'zaro ma'nodoshlik asosida bog'lanishidan:asta -sekin, ochiq-
sochiq.
2.
Qarama-qarshi ma'noli so'zlarning o'zaro birikuvidan: oldin-keyin, qishin-
yozin, kecha-kunduz, ostin-ustin .
3. Ikki so'zning takrorlanishida birinchi so'zda -maqo'shimchasining qo'shilishdan:
tarafma-taraf, birma-bir, yak-kama-yakka, qo'Ima- qo'l.
4. Ikki so'zning takrorlanishida birinchi so'zda ba'zan keyingiso'zga -dan
qo'shimchasini qo'shilishi bilan : yildan -yilga,qanchadan -qancha, bir- biridan, o'z-
o'zidan kabi.