251
o’rnatib qo’yilgan. Lekin umumiy filtrlarning samarali ekanlgiga
qaramasdan, ular
oldindan ma’lum bo’lgan viruslarnigina filtrlaydi,
yangi viruslar esa elektron
pochta qutisiga bemalol kirib, joylashaveradi. Bu esa o’z navbatida xavfsizlikni
ta’minlash uchun qo’shimcha chora-tadbirlar ko’rishni taqozo qiladi. O’z pochta
qutingizni xavfli dasturlardan saqlashning eng yaxshi usuli - bajariladigan fayllar
biriktirilgan elektron ma’lumotlarni qabul qilmaslikdir. Agar shunday filtr
o’rnatilsa, bajariladigan fayllar biriktirilgan barcha elektron pochta ma’lumotlari
pochta serverida avtomatik ravishda yo’qotiladi. Bu tadbirning juda xam radikal
ekanligiga qaramasdan, u juda xam samarador va foydalanuvchiga unchalik
noqulaylik tugdirmaydi. Chunki, birinchidan, elektron pochta orqali ko’pincha
dasturlar emas, balki xujjatlar va tasvirlar junatiladi. Ikkinchidan, agar pochta
orqali dastur olinishi kerak bo’lsa, bu xaqda jo’natuvchi bilan aloxida kelishib
olish mumkin (
masalan, unga dasturni arxivlangan ko’rinishda jo’natishni
so’rashingiz mumkin
). Bunda ikki karra yutasiz - virusdan ximoyalanisiz xamda
faylingiz tezroq uzatiladi. Yana bir usul serverdan dastlab ma’lumotlarning
sarlavxalarini olib ko’rib chiqish va keyin keraksizlarini yuqotgan xolda faqatgina
keraklilarini kompyuterga yuklash. Bu ishni amalga
oshirish uchun xam maxsus
dasturlar mavjud. Agar siz ma’lumotlarni faqatgina bajariladigan fayllar
ko’rinishida olishga majbur bulsangiz, u xolda xavfli dasturlarni o’z
kompyuteringizda aslo ishga tushirmaslik choralarini ko’rishingiz lozim. Agarda
elektron ma’lumot sizga tanish bo’lmagan insondan sizga jo’natilgan bo’lsa,
sichqoncha bilan ikki marta turtgan xolda ma’lumotni ochib ko’rish mumkin emas!
Matnni tez ko’rib chiqish rejimida ko’rmoq tavsiya etiladi, buning uchun
ma’lumotga sichqoncha bilan bir marta turtiladi va uning nomiga qarab, nimaligi
aniqlanadi xamda shubxali ma’lumotlar darxol yo’qotiladi.
Siz jo’natilgan fayllarni (
u do’stlaringizdan, xamkasblardan yoki taniqli
firmalar nomidan bo’lsa xam
) darxol ochib o’tirmang.
Chunki ular tarmoq
chuvalchanglari tomonidan avtomatik ravishda junatilgan bo’lishlari xam mumkin.
Elektron
pochta
ma’lumotlarini
ko’rib
chiqayotganda
fayllarning
252
kengaytirgichlariga xam e’tibor bering. Quyidagi kengaytirgichli fayllar juda xavfli
bulishlari mumkin:
-ade adp bas bat
-chm cmd com cpl
-crt eml exe hlp
-hta inf ins isp
- jse lnk mdb mde
-msc msi msp mst
-pcd pif reg scr
-sct shs url vbs
-vbe wsf wsh wsc
Ko’pchilik xollarda viruslar oddiy grafik, audio
va videofayllar tarkibiga
joylashib oladilar. Shuning uchun faylning xaqiqiy kengaytmasini bilish uchun
tizimda fayl kengaytirgichlarini ko’rsatish rejimini o’rnatish tavsiya etiladi. Fayllar
biriktirilgan elektron ma’lumotlarni olishda ayniqsa extiyot buling va shubxali
ma’lumotlarni darxol o’chirib tashlang. Pochta dasturida ma’lumotlarni to’la
uchirish uchun quyidagi amallarni bajaring:
Kirish
papkasidan ma’lumotni o'chiring;
O’chirish
papkasidan ma’lumotlarni yo'qoting;
Fayl/Papka/Barcha papkalar siqishtirilsin
optsiyasini tanlab, papkalar uchun
«
Siqishtirilsin
» operatsiyasini bajaring.
Ming afsuski, ba’zi xolatlarda (
shoshib yoki yanglishib
) elektron fayllar ochilib
ketishi mumkin. Bundan ximoyalanish uchun esa quyidagi chora-tadbirlar ko’rish
tavsiya etiladi:
Eng avvalo antivirus dasturlarning eng so’nggi versiyalarini
kompyuteringizga o’rnatib qo’ying;
Kompyuteringizga shaxsiy tarmoqlararo ekran (
firewall
) o’rnatib qo’ying;
Xavfli dasturlar bajarishi mumkin bo’lgan amallarni tekshirish va oldini
olishga imkon beradigan va antivirus dasturlar tarkibiga kiruvchi qorovul-
dasturlarni kompyuteringizga o’rnating. Ular operatsion tizim ishga
253
tushirilganida avtomotik ravishda ishga tushadilar va bilintirmagan xolda o’z
ishlarini boshlaydilar;
Kompyuteringizning internetga ulanish seansida kompyuteringizda nimalar ro’y
berayotganiga aloxida e’tibor qarating. Agarda siz internetda xech qanday ish olib
bormayotganingizga qaramay, ma’lumot uzatish indikatorining ma’lumot
uzatilayotganini ko’rsatishi viruslar ishga tushganini anglatadi. Bunda siz darxol
aloqani to’xtatib, kompyuteringizni antivirus dastur yordamida tekshirib chiqing.
Tashki modemning chiroqchasi o’chib-yonishi
yoki masalalar panelidagi
kompyuterlarning ulanganini ko’rsatuvchi belgichaning ko’rinib turishi tarmoq
bilan aktiv ish olib borilayotganini ko’rsatadi.
2. Muloqot vositalari, telekonferentsiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va yangilik
guruxlari orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari.
Internetda viruslar eng ko’p miqdorda uchraydigan joy - turli xildagi
yangilik guruxlari, ijtimoiy tarmoqlar va telekonferentsiyalar mavjud bo’lgan
internet resurslarihisoblanadi. Boshqacha suzlar bilan aytganda, yangiliklar fayllar
olishning eng ishonchsiz usuli bo’lib, himoya ma’nosida
ularndan juda extiyot
bo’lmoq lozim. Shuning uchun xam yangiliklardan faqatgina kerakli ma’lumotlarni
olish va bilish uchungina foydalaning. Ulardan tekin dasturlar olish uchun
foydalanish achinarli natijalarga olib kelishi mumkin. Yangiliklar guruxlarida
ishlaganda o’zaro aloqa vositasi xuddi elektron pochta singari bo’lgani uchun
yuqoridagi tavsiyalarga og’ishmay rioya qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo bunday
avtomat dasturlarni osonlik bilan aldab ketish mumkin. Masalan, unga quyidagicha
qilibqandaydir ajralib turgan kism kiriting:
Do'stlaringiz bilan baham: