33
tanlagan.Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan
taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan
ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi.
Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan
o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4
mlrd dollar tejashga imkon
bergan bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat
sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi.Blokcheyntexnologiyasitobora
ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar
ovozini
hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obru-e’tibor, sug‘urta,
reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar bunga misol bo’lishi mumkin.
Foydalaniladigan texnologiyalar vaalgoritmlar mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan,
quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy
xusuyatlarini sanab o‘tamiz:
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar
tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda
saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib
qo‘yadi;
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi;
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni
xakerlar hujumlariga yoki
g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyn
texnologiyasining
sanab
o‘tilgan
xususiyatlari
kriptovalyutalarning asosiy xususiyati–ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. qalbakilashtirish imkonsizligi;
2. o‘g‘irlash imkonsizligi.
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi;
4. ochiq dasturiykod mavjudligi;
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari);
6. transchegaraviylik mavjudligi.
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish
34
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi.
Bitkoin (
yoki boshqa har qanday kriptovalyuta
) qiymati maxsus birjalarda
(
kriptobirjayoki virtual valyutalar birjasida
)bozor talab va taklifi asosida
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi.Ta’kidlash joizki,
valyutalar,
obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa shu kabimoliyaviy
vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va
to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq, agar klassik valyuta qiymati
asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy
va siyosiy
tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat foydalanuvchilar
kutadgan natijalar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: