GRIZAYL Natyurmort - Natyurmort (frans. nature morte — jonsiz tabiat) — tasviriy sanʼat janri. Insonning atrofini oʻrab turgan real maishiy muxitda joylashgan va kompozitsiya jihatidan yaxlit guruhni tashkil qilgan narsalar tasvirlanadi; shuningdek, shu janrda yaratilgan rassomlik asari ham N. deb ataladi. Asosan, dastgoxli rassomlik (rangtasvir va grafika)la, qisman haykaltaroshlik (asosan, relyef)sa ishlanadi. N.da "jonsiz buyumlar" (Mas, uy-roʻzgʻor buyumlari, qurol-aslahalar va boshqalar)dan tashqari, tabiatdan ajratib olingan va buyum, narsalarga aylantirilgan jonli tabiat narsalari (stoldagi baliq vazadagi gul va boshqalar) ham tasvirlanadi. Asosiy mavzuni toʻldirish uchun baʼzan N.ga odamlar, hayvonlar, kushlarni ham kiritish mumkin. Maishiy asosidan ajratib olingan mayda narsalarning muhimligi boshqa janrlarga nisbatan N.da namoyon boʻladi
Natyurmort Rang - Moddalar chiqargan yoki qaytargan nurlanish spektriga mos ravishda yorugʻlikning muayyan koʻrish tuygʻusini hosil qilish xossasi. Nurlanishning yorugʻlik energiyasi atrofidagi buyumlardan qaytib, koʻz qorachigʻi orqali koʻzning sezgir hujayraviy qabul qiluvchi pardasiga tushib, unga faol taʼsir qiladi. Modda qaysi Rangdagi nurni yutsa, oʻsha Rangdagi nurni oʻzidan chiqaradi. Rangning spektri moddani tashkil etuvchi atom va molekulalar xususiyatlariga qarab oʻzgarishi mumkin. Spektrni tashkil etuvchi nurlar energiyasining zichligi bir-biriga yaqin boʻlganda oq Rang hosil boʻladi. Yorituvchanlik yoki yoritilganlikning kamayishi natijasida moddalarning rangi noaniqlashadi
Perspektiva - Perspektiva (lot. perspicio — aniq koʻraman) — 1) mavjud borliqni inson idrok etganidek biror tekis yuza (qogʻoz, taxta, devor va boshqalar) da fazoviy holati va ularning boʻlaklarini kuzatish nuqtasidan uzokdashuvini tasvirlash tizimi.
Refleks - Refleks (lot. refl exus — orqaga qaytgan, shuʼla) (tasviriy sanʼatda) — rangtasvir (baʼzan grafika)da biror narsadan qaytgan rang va nur shulasi; narsalarga uni oʻrab turgan obʼyektlar (qoʻshni narsalar, osmon va h.k.)dan qaytayotgan nurning aksi tushishidan hosil boʻladi. "R." terminini ham naturaning oʻziga; ham uning tasviriga birday qoʻllash mumkin. R.ning aniq va nozik ifodalash bilan hajmni, ranglar boyligini va tasvirlanayotgan naturaning tuslarini ularning oʻzaro murakkab munosabatlarida yaratishga erishiladi.
E’tiboringiz uchun rahmat ! Thank you !
Do'stlaringiz bilan baham: |