MAVZU: RASTRLI TASVIRLARGA EFFEKT VA FILTLARNI QO`LLASH,
RASMLARNI KONVERTASIYA QILISH
REJA:
1.
Rastrli tasvirlarga effect va filtrlarni qo`llash
2.
Rasmlarni konvertasiya qilish
Hozirgi kunda yurtimizda axborot texnologiyalariga bo`lgan talab yoshlar va aholi o`rtasida
kompyuter savodxonligini oshirishni birlamchi vazifa qilib qo`ydi.
Bunga dalil sifatida,
davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma`naviyatini yuksaltirish, ularning bo`sh vaqtini
mazmunli tashkil etish bo`yicha ilgari surilgan beshta tashabbusning biri sifatida, ya`ni uchinchi
tashabbus — aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali
foydalanishni tashkil etishga qaratilganligini keltirish mumkin. Kompyuter savodxonligini
oshirish mobaynida grafik muharrirlarni bilish va ularni o`z o`rnida qo`llana olish o`qish
jarayoni va kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi.
Shu sababdan,
mazkur maqola grafik muharrirlarning biri bo`lgan Corel Draw dasturini o`rganish va uning
ahamiyatiga bag`ishlanadi.
Corel Draw — bu illyustratsiyalarni vektor grafikasi printsipiga asoslangan holda yaratuvchi va
tahrirlovchi dastur hisoblanadi. Corel Draw dasturining imkoniyatlari
unda turli hil grafik
kompozitsiyalarni yaratishga yordam beradi. Ayniqsa dinamik interaktiv instrumentlar, turli hil
effektlar va grafik ma`lumotlarni HTML va PDF formatlarida tayyorlash imkoniyatlari
yaratilgan. Bundan tashqari Corel Draw grafik muharririda ranglar palitralarida turli hil ranglarni
tanlash mumkin. Shuningdek turli formatlar bilan ishlashda yordam beruvchi turli instrumentlar,
import va eksport uchun zarur bo`lgan ko`plagan filtrlar, tasvirni nashr qiluvchi vositalar ijodkor
uchun eng yuqori ijodiy muhit yaratib beradi [1].
Mazkur maqolada ta`lim dargohlarida bu dasturni o`rganish va o`rgatish usullari haqida bayon
qilinadi. Albatta, dars jarayonida o`qituvchi bu dasturdan foydalanish tamoyillari va asosiy
buyruqlar haqida o`quvchiga ma`lumotlar beradi, bu esa so`ngra ularga mazkur dastur bilan
ishlash ko`nikmalarini mustaqil takomillashtirish va yangi bilimlarni tez o`zlashtirishga
imkoniyat yaratadi.
Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida, talabalar tasvirlarni yaratish
va qayta ishlashning
keng imkoniyatlariga ega bo`lgan grafik muharrirlar bilan ilk marotaba tanishadi. Corel Draw
dasturi yordamida turli grafik ko`rinishlarni loyihalash, fotomatn, tasvirlar ustida ishlash, ayniqsa
badiiy ko`rinishdagi kompozitsiyalarni tahrir qilish bilan bog`liq amallarni bajarish mumkin. Bu
grafik paket har xil shriftlarning katta jamdagi to`plamiga ega bo`lib, umumiy matndagi biror
yozuvni belgilash uchun maxsus effektlarni ularga qo`llash mumkin [2]. Dasturning oxirgi
versiyasi rastrli tasvirlarni qayta ishlash bo`yicha birqancha imkoniyatlarga ega bo`lib, bu paket
ichida shuningdel rastrli tasvirni vektorli tasvirga aylantirish dasturi ham kiritilgan. Corel Draw
dasturining afzalliklarining biri — bu qulay va tushunarli interfeysi bo`lib, bu esa o`z navbatida
o`rganish jarayonini oson va ravon tushunishga imkon beradi.
Corel Draw paketi dizaynerlar, veb-sayt yaratuvchilari orasida keng tarqalgan bo`lib, reklamalar
yaratishda, poligrafiyada qo`llaniladi. Ish beruvchi uchun rassom-dizaynerlarni tanlab olishning
eng asosiy kriteriyalarining biri kompyuter grafikasi dasturlarida ishlash uchun yetarli bilimga
ega bo`lishi hisoblanadi. Bu yerda kelib chiquvchi raqobatga faqat o`z ishida mazkur
dasturlarning imkoniyatlaridan erkin foydalana oladigan oliy ta`lim muassasasi bitiruvchisigina
bardosh bera oladi. Shu sababdan, raqobatga bardosh berish uchun va o`z ishida tashabbuskor
bo`lish uchun bitiruvchi (dizayner, poligrafist va h. z.) vektorli grafika paketlarining biridan
foydalanishni bilishi zarur.
Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talaba laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishi zarur
bo`ladi, bunda u metodik qo`llanmadan foydalanadi. Buning natijasida talaba dasturning asosiy
asboblari, palitralarning joylashishi bilan ketma-ket tanishadi, faol asbobning xossalarini
o`zgartirish va sozlashni, matnlar bilan ishlashni o`rganadi.
Harqanday ijodiy masalani yechish uchun talabaning ma`ruza va laboratoriya mashg`ulotlarida
keltrilgan izohlar va tadbiqlar orqali egallagan bilimi bo`lishi zarur. O`qituvchi tushuntiradigan
va so`zlab beradigan harqanday axborotni qabul qilishda o`rganuvchi yangi tushunchalarni
eshitadi, ko`radi, o`qiydi, kuzatadi, ularni avval o`rganilgan material bilan taqqoslaydi va olingan
axborotni o`zlashtiradi.
Corel Draw dasturini o`rganish jarayonida talabaga uslubiy ko`rsatmalarni qo`llanib,
laboratoriya mashg`ulotlarni bajarish talab qilinadi, bu orqali dasturning asosiy asbob-uskunalari,
palitralarning joylashishi
bilan qadamba-qadam tanishadi, faol uskunaning xossalarini
o`zgartirish va sozlash, matn bilan ishlashni o`rganadi. So`ng, yaratilgan obyektlarga
mukammalroq effektlarni qo`llashga o`tadi: interaktiv bo`yash, soya, musaffolik o`rnatish va h.
z. Dasturni o`rganishning zaruriy bosqichi xususiy foydalanuvchi shablonlarni yaratish va ularni
standart kutubxonalarga joylashtirish hisoblanadi.
Corel Draw dasturining interfeysini ilk marta ko`rgan paytda foydalanuvchi sarosimaga tushib
qolishi mumkin, shu sababdan, o`rganishni asoslardan boshlagan maqul. Bolalikdagi kabi —
avval doira, oval, to`g`riburchaklarni chizib olish va ularni bo`yash, so`ng yanada mukammal
obrazlarga o`tmoq, yaratilgan obyektlarga mumkin bo`lgan barcha effektlarni qo`llash mumkin.
Obyektlar guruhi bilan ishlash va uni tahrirlash va o`zgartirishni o`rganadi.
Ta`lim jarayonida asosiysi — bu amaliyotdir. Laboratoriya ishlarini bajargandan so`ng
talaba
shunga o`xshash topshiriqni bajara oladi, lekin o`quvchining o`zini o`zi tarbiyalash, o`zini o`zi
yuksaltirsh, yakka holda va guruh bilan ishlay olish, unumli fikrlash qobiliyatini rivojlantirish,
ijodiy masalalarni yecha olish qobiliyatini shakllantirish uchun talaba o`zining ta`lim
yo`nalishiga mos holda alohida ijodiy masalani qabul qiladi.
O`zining ijodiy loyihasini amalga oshirishda tadqiqot usuli amalga oshadi. U zarur bilimlarni
mustaqil qidirishga o`rgatadi, o`quv materialini o`zlashtirishni yanada asosli va mustahkam
qiladi, mantiqiy, ilmiy, ijodiy fikr yuritishga o`rgatadi, bilishga qiziqish
va ijodiy faoliyatni
shakllantiradi. Shuningdek, talabada o`ylash qobiliyati ortadi, yangi rejalarni ishga oshirish
uchun birqancha mukammal obyektli tuzilmalarni qo`llash qobiliyati ortadi, ulardan kelib
chiqadigan ijodiy yechimlarning doirasi kengayadi.
Har bir obyekt yoki obraz dastlab g`oya ko`rinishida hosil bo`ladi, bundan keyin u qog`ozda
eskiz yoki xomqolip ko`rinishida tasvirlanadi, undan so`ng
esa bu obraz reklama, nashriyot,
dizaynerlik mahsulotlarida kelgusida foydalanish uchun kompyuterli tasavvurga berilishi zarur
[3]. Shuning uchun, obrazni ishonchli taqdim etish uchun mazkur dasturiy paketning
imkoniyatlarini to`liq bilishi kerak.
O`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun talaba avval egallagan bilimlari (ma`ruzalarni
eshitish va laboratoriya ishlarini bajarish orqali egallangan bilimlar) dan foydalanadi. Faqat
yetarlicha miqdordagi bilimlarga asoslangan holda o`quvchida ham dasturni bilishga qiziqish,
ham o`z ijodiy g`oyalarini yuzaga chiqarishga qiziqish shakllanishi mumkin.
Ijodiy masalalarni yechish uchun quyidagi tadqiqot bosqichlaridan o`tish talab qilinadi:
Hayoliy obrazni yaratish (bunda talaba ijtimoiy va tabiiy fanlarni qo`llashni o`rganadi, obyektni
yoki inson faoliyatining ba`zi yo`nalishini tadqiqot qilishga yordam beradi);
Bu obrazni amalga oshirish uchun dasturning funksiyalarini o`rganish (o`z
imkoniyatlarini va
dasturning uskunalarini bilishni tahlil qilish, yangi funksiyalarni o`rganish ro`y beradi,
dasturning qo`shimcha imkoniyatlari tadqiqot qilinadi);
Loyihani mustaqil bajarish (shaxsning yuksalishiga yordam beradi, natijaga javobgarlik, g`oyani
qamrab olishda tartiblilik va aniqlilik, ishga ijodiy yondashuvga yordam beradi).
Har xil ta`lim usullarini qo`llash natijasida dasturni o`rganish samaradorligi oshadi, talabada
bilish va tadqiqiy kompotensiyalar shakllanadi, u tahlil qilish, egallagan bilimlarni tuzilmalarga
ajratish, o`z ijodiy loyihasini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qidirishni o`rganadi.
Corel Draw vektorli grafika dasturini o`rganish jarayonida talaba faqat grafik muharrir bilan
ishlash ko`nikmalariga ega bo`lib qolmay, balki u ijodiy tomondan, kasbiy tomondan,
shaxsiy
tomondan ham yuksaladi. Buning natijasida harqanday yangi vaziyatlarga moslasha oladigan har
tomonlama yetuk shaxs shakllanadi.