Rasmiy uslub FING-1803-k
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti
Kechki ta`lim
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili yo‘nalishi
Ingliz tili filologiyasi fakulteti
O‘zbek tilining nutq uslublari. Rasmiy uslub
Rasmiy uslub diplomatik yozishmalarda, iqtisodiy, davlat idoralaridagi, sudlarda, savdoga doir, yuridik munosabatlar ifodasi bo‘lgan hujjatlarda ishlatiladi, ya'ni bu stil ish yuritish hujjatlarida qo‘llaniladi. Bunga ariza, tushuntirish xati, e’lon, tarjimayi hol, ishonch qog‘ozi, tilxat, hisobot, buyruq va farmonlar, farmoyishlar, rasmiy xatlar, tijorat yozishmalari kabilar kiradi.
Bu uslubda adabiy me’yorga qat’iy rioya qilinadi, shevaga xos so‘zlar, jargonlar, har xil stilistik bo‘yoqqa ega bo‘lgan so'zlar ishlatilmaydi. Gaplarda ta'sirchanlik bo‘lmaydi. Rasmiy uslubda yoziladigan ayrim hujjatlar shtampga o‘xshash maxsus tartib va shakl bilan yoziladi. Masalan, rasmiy xatlar, ariza, tushuntirish xati, bildiigi, ma’lumotnomalar, qarorlarni ko‘rsatish mumkin. Agar pul, buyum miqdori ko'rsatilishi lozim bo‘lsa, oldin raqam bilan, so‘ng qavs ichida harflar bilan yoziladi.
Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari
Asli rasmiy uslubda bo ‘yoqdor so'zlar ishlatilmaydi. Lekin diplomatik yozishmalarda bo'yoqdor so‘zlar bo‘lishi taqozo qilinadi. Unda maqtov ifodalari: hurmatli janob,janobi oliylari, Sizga bo'lgan hurmatimga ishonch bildirgaysiz, bosh ustiga, boshimiz ko‘kka yetdi, eng samimiy tabrik, ezgu tilaklar ila, Sizga chuqur hurmat bilan, minnatdorlik izhor etaman kabilar faol ishlatiladi. Yuridik hujjatlardan Konstitutsiyada ham har bir so‘z va jumla fikr-mulohazaning aniq, to‘g‘ri ifodalanishiga xizmat qilishi lozim. Unda kasb-korga, yuridik, diplomatik, ma'muriy va boshqa hujjatlarga oid terminlar mavjud: akt, guvohnoma, qaror, elchi, shartnoma, bayonot, deklaratsiya, vizit, kodeks, qonun, modda, poshlina, protest (shikoyat), kassatsiya kabilar.
Rasmiy uslubning grammatik
xususiyatlari
Hujjatlarda ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llaniladi. Hatto fe’l ishlatilganda, uning otga yaqin shakli — harakat nomidan foydalaniladi. Masalan, qabul qilishingizni so‘rayman, qarorning bajarilishi, stipendiya tayinlash, talabalar safiga tiklash kabilar. Fe'llar majhul nisbatda va buyruq-istak mayli shaklida qo'llaniladi: qaror qilindi, ko‘rib chiqildi, eshitildi, bajarilsin, tayinlansin, amalga oshirilsin kabilar.
Ba’zi bir yuridik hujjatlarda shaxslar o‘z nomi bilan atalmasdan ularning muhim belgilari ifodalangan birikmalar ishlatilishi mumkin: uyni ijaraga oluvchi, o‘g‘il qilib oluvchi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari, yuqori martabali mehmon kabilar.
Hujjatlarda shartli qisqartirishlar, turg'un birikmalar ko‘p ishlatiladi. Masalan: harbiy hujjatlarda Oliy Bosh Qo'mondon, Mudofaa vazirligi, Bosh shtab, Qurolli kuchlar, Harbiy gospital kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Tayanch ifodalar
Akt —biror ishni, yuridik faktni tasdiqlovchi rasmiy hujjat. Bayonot — diplomatik munosabatlar, muzokaralar, xalqaro ahvol va shu kabilar haqida manfaatdor tomonlar, umum axboroti uchun og‘zaki yoki yozma ravishda e'lon qilingan rasmiy bildirish, shu haqdagi hujjat. Deklaratsiya — biror muhim siyosiy masala yuzasidan rasmiy suratda e’lon qilingan bayonnoma, hukumat yoki partiya tantanali suratda e ’lon qilgan asosiy qonun-qoidalar. Diplomatik —diplomatiyaga, davlatning chet mamlakatlari bilan bo‘ladigan munosabatlariga va diplomatlarga oid. Vizit — rasrniy suratda biror elda, biror shaxs huzurida qisqa fursatda bo'lish, tashrif buyurish, tashrif. Kassatsiya - sud hukmidan norozi bo‘lib, ishni qayta ko‘rish to ‘g‘risida yuqori sud tashkilotlariga shikoyat qilish yoki ariza. Kodeks - huquqning biror sohasiga oid tartibga solingan qonunlar to ‘plami. Nota —bir davlatning ikkinchi bir davlatga yuboradigan rasmiy xati. Inversiya - gapda so‘zlar tartibining o'zgarishi. Nutqiy shtamp — qoliplashgan yoki qolipga tushgan jumlalar. Poshlina — boj, soliq.
E`tiboringiz uchun rahmat!!! To`xtayeva Madina zokirjon qizi
Do'stlaringiz bilan baham: |