Endi esa rasmiy suhbat qanday tuzilishini ko‘rib chiqamiz: suhbatning boshlanishi (suhbatdoshlar bilan aloqa o’rnatish, yaxshi muhit yaratish);O’z nuqtai nazari va uning asoslarini bayon qlish;suhbatdoshning nuqtai nazarini aniqlash; muammolarni birgalikda tahlil qilish; qaror qabul qilish.
Bugungi kunda HMQO xodimining muloqot madaniyati bilan bog‘liq quyidagi ustuvor vazifalari mavjud: muomala madaniyatiga rioya etish HMQO xodimlarining kasbiy faoliyatini va xizmatdagi xulq-atvorini baholashning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi; HMQOga yoki aniq bir xodimga murojaat qilgan har qanday shaxs zudlik bilan qabul qilinishi va e’tibor bilan tinglanishi shart; HMQOning barcha darajadagi rahbarlari o‘z xodimlarini qo‘pollik va loqaydlikka nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi, o‘zaro va fuqarolar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish holatlariga qat’iy munosabat bildirishi hamda xulq-atvor va muomala madaniyati bilan o‘zlari namuna ko‘rsatishi zarur.
Noverbal vositalarning quyidagi turlari mavjud: 1. Vizual vositalar: kinesika – qo‘l, bosh, oyoq, tana harakatlari, qadam tashlash; yuz ifodasi, ko‘z ifodasi; qomat, boshni tutish; qarash yo‘nalishi, vizual aloqalar; teri reaksiyalari – qizarish, oqarish, terlash; proksemika (muomalani tashkil etish zamoni va makoni) – suhbatdosh bilan oraliq masofa, oraliq burchagi, shaxsiy maydon
Akustik vositalar: paralingvistik (ovoz sifati, diapazoni, tonalligi) – balandligi, tembri, maromi, tovush balandligi; ekstralingvistik – nutq pauzalari, kulgi, yig‘i, xo‘rsinish, yo‘talish, qarsak.
Bahs (arabcha so‘zdan kelib chiqqan muhokama, tadqiqot, mubohaza) 1. Biror narsa, holat yoki masalani yoqlash maqsadida o‘tadigan munozara, tortishuv. 2. Ilmiy yoki diniy adabiyotda biror masala, muammoga bag‘ishlangan qism, bo‘lim. Bizningcha, bahs so‘zi ostida har qanday fikrlar to‘qnashuvi, qandaydir masala bo‘yicha qarashlarning xilma-xilligi, har bir tomon o‘zining haqligini isbotlashda kelib chiqadigan kurash tushuniladi. Bahs haqiqatni izlash uchun, qandaydir fikrlar, g‘oyalarni tekshirib ko‘rish uchun, ularni asoslash uchun vosita bo‘lib xizmat qiladi. To‘g‘ri yechimni topish uchun polemistlar muayyan muammoga nisbatan turli qarashlarni o‘zaro taqqoslashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |