Faylni qayta nomlash. Faylni qayta nomlash uchun ko'rsatkichni nomi o'zgarishi kerak bo'lgan fayl ustiga qo'yib, F6(Rename) tugmasi bosish lozim. Kompyuter so'roviga faylning yangi nomi beriladi.
Fayl yoki fayllar guruhini o'chirish. Buning uchun fayl yoki fayllvr guruhi ajratilib, ([Insert] tugmasi yordamida), F8(Delete) tugmachasi bosiladi.
Fayllar guruhini tashkil etilgan sanasi, hajmi, alifbo bo'yicha nomi bilan saralash.
Diskdagi fayllar guruhini: nomi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F3]; kengaytmasi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F4]; yaratilgan vaqti bo'yicha tartiblash uchun [Ctri]+[F5]; hajmi bo'yicha tartiblash uchun [Ctrl]+[F6]; aralash tartibdagi holi (saralanmagan) uchun [Ctrl]+[F7] tugmachalar birgalikda bosiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |