Rasm joylashtirish



Download 5,52 Mb.
bet120/120
Sana12.02.2022
Hajmi5,52 Mb.
#445176
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
2 5404688859902513053

Ishning maqsadi: Ma’lumotlar bazasidan so‘rovlar va hisobotlar yaratishni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Запрос (So‘rov)lar tashkil qilish
MB ga kirish uchun «So‘rov» dan foydalaniladi. Bu jarayon MB darchasining Запрос (So‘rov) bo‘limida yaratish tugmasini bosish bilan boshlanadi va ekranda quyidagi muloqot darchasi paydo bo‘ladi. MB ga kirish uchun Запрос tuzishning bir qator usullari taklif qilinadi:
Конструктор - mustaqil ravishda yangi so‘rovlar tuzish.
Простой запрос (oddiy so‘rov) - mavjud aniq maydonlarni tanlab olish yo‘li bilan so‘rovlar tuzish. Перекрестный запрос (qiyosiy so‘rov) - MB da mavjud bo‘lgan bir nechta jadval va so‘rovlarni chatishmasidan yangi so‘rovlar yaratish.
Повторяющиеся записи (takrorlanuvchi yozuvlar) jadvalda yoki so‘rovlarda takrorlanuvchi yozuvlarni qidirib topish uchun so‘rovlar tuzish.
Записи без подчененных (bog‘lanmagan yozuvlar) joriy jadvalga mos kelmaydigan yozuvlarni qidirib topish uchun so‘rovlar tuzish.
Xullas, Запрос yordamida asosiy MBdan natijaviy (foydalanuvchini qiziqtirgan) jadval tashkil qilish va uni qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Запрос bilan ishlaganda ma’lumotlarni saralash (filtrdan o‘tkazish), jamlash, ajratish, o‘zgartirish mumkin. Ammo bu amal har bajarilganda asosiy MB da hechqanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Запрос yordamida «natijalarni hisoblash», o‘rta arifmetik qiymatini topish, yig‘indi hosil qilish yoki biror maydon ustida matematik amallar bajarish mumkin.
MBda ajratish uchun «So‘rov»
Запрос hosil qilishning turlari ko‘p. Ammo eng ko‘p qo‘llaniladigani Запрос на «выборки» (Tanlashini tashkil qiluvchi so‘rov) Accessda “So‘rov” tashkil qilishning 3 ta usuli mavjud: avtomatik ravishda, qo‘lda va мастер (usta) yordamida.
Запрос tashkil qilish uchun maxsus SQL (Structured Query Language) tili mavjud, ammo bu tilda ishlash ancha murakkab, shuning uchun ham Access da maxsus «Namunaviy so‘rov blanki» tashkil qilingan. Bunda Запрос elementlarini darchalararo tashish orqali amalga oshirish mumkin. MB ga Запрос bilan kirish «Создать» tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi. Uning muloqat darchasi «Новый запрос» deb ataladi. Unda «Конструктор» holatida ish yuritiladi. Shunda MB tuzilmasidan kerakli jadval va uning maydonlari Запрос bo‘yicha tanlanadi. Jadval tanlash «Добавление таблиц» (Jadval qo‘shish) muloqat darchasida sodir bo‘ladi. Bunda MBdagi barcha jadvallar ro‘yhati bor. Ajratilgan jadvallar blankning yuqori qismiga Добавить (Qo‘shish) tugmasini bosish bilan amalga oshiriladi.
Namunaviy Запрос blankasini to‘ldirish
Namunaviy blank 2 ta paneldan iborat. Yuqori qismida Запрос ga asoslanadigan jadvallar ro‘yxati tuzilgan. Quyi qismida esa Запрос tuzilmasi bo‘yicha tuziladigan natijaviy jadval o‘z aksini topgan. Blankning maydon yoziladigan sathida jadvaldan kerakli maydon nomlari ajratib o‘tkaziladi. Jadval nomi kerakli satrga maydonlarni ko‘chirish jarayonida avtomatik tarzda yoziladi.
«Saralash» degan satrda «sichqoncha» tugmasi bosilsa, biror maydondagi ma’lumotlar saralanadi. Запрос blankida Условия отбора (tanlash sharti) satri mavjud bo‘lib, unda natijaviy jadvalni qoniqtiradigan shart mezoni joylashgan bo‘ladi. Запрос Вид tugmasini bosish bilan natijaviy jadval hosil bo‘ladi. Natijaviy jadvaldan chiqish uchun «Вид» tugmasiga yana bir bor bosish lozim.

Parametrlar bo‘yicha «So‘rov» tuzish
Ba’zan foydalanuvchi ma’lumotlar bazasidan muayyan parametrlar bo‘yicha ma’lumotlarga muxtoj bo‘lib qoladi. Ana shunday vaziyatlarda Запрос ni parametrlar bo‘yicha tashkil qilish lozim bo‘lib qoladi. Shunday maqsad qo‘yilganda SQL tilining maxsus buyrug‘i LIKE[...] orqali Запрос ni tashkil qilish mumkin. Kvadrat qavs ichida foydalanuvchi uchun ixtiyoriy matn kiritish mo‘ljallangan. Masalan, LIKE[mamlakat nomini kiriting]. Ushbu buyruqni условие отбора (tanlash sharti) yozilgan satrga joylashtirish lozim. Запрос ishga tushirilgach, muloqot darchasi ochilib foydalanuvchi uchun parametr kiritish imkoni paydo bo‘ladi.
So‘rov da hisoblash jarayoni
Natijaviy jadvalda boshqa maydonlar bo‘yicha hisoblashni tashkil etish natijalari yoziladigan maydon hisob maydoni deyiladi. Bunda maydon nomi o‘rniga hisoblash formulasi va kvadrat qavs yoziladi. Ushbu jarayonni klaviaturaning Shilt+F2 tugmasini bosish bilan ham bajarish mumkin.
Bunda yordamchi область ввода (kiritish xududi) muloqat darchasi ochilib, unda uzun formulalarni ham kiritish imkoniyati ochiladi. Ba’zan hisoblash maydonini saralash maydoni ham qilish mumkin. Hisoblashni tashkil qiladigan Запрос ham namunaviy so‘rov blankida o‘z aksini topadi. Bunda maydon nomi o‘rniga formula yoziladi. Formulaga kvadrat qavs ichida hisoblanadigan maydon nomi ham kiritiladi. Ammo torgina maydonga uzun formulalarni kiritib bo‘lmaydi. U holda Shift+F2 tugmachani bossak, u holda yordamchi muloqot darchasi paydo bo‘ladi va istalgan uzunlikdagi formulalarni kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Natijaviy «So‘rov» tuzish texnologiyasi
«So‘rov» lar nafaqat kerakli ma’lumotni olish va uni ishlash uchun, balki natijaviy hisoblashlar tashkil qilish imkonini ham beradi. Masalan, qandaydir yozuv (qator) lar guruhi bo‘yicha o‘rta arifmetik
qiymatini yoki yig‘indisini topish. Bu holda ham namunaviy so‘rov blanki yordamila ish bajariladi, ammo yozuvlarni biror belgisiga qarab alohida guruhlarga jamlash talab qilinadi va bunda guruhlash degan yordamchi qator paydo bo‘ladi. Ushbu qatomi namunaviy blankka kiritish uchun asboblar panelidagi E ga kursomi keltirib «sichqoncha» chap tugmasini bosamiz:

O‘zgartirishlar «so‘rovi»ni tuzish


Avtomatik ravishda yangi jadval tuzishda yoki hisoblash natijalari asosida jadval hosil qilishda vaqtinchalik natijaviy jadval tuziladi va bu jadvaldan yangisini hosil qilishda yoki o‘zgartirishda foydalaniladi. Bu holatda «So‘rov» ni o‘zgartirishning bir necha usullari mavjud:
jadval tuzish so‘rovi,
jadval tarkibidagi ma’lumotlarni yangilash so‘rovi,
yozuvlarni kiritish so‘rovi,
yozuvlarni yo‘qotish so‘rovi.
Buning uchun Запрос tavsiyanomasidagi Создать buyrug‘i bilan Конструктор tartibida ish yuritiladi.
Nazorat uchun savollar:
MB deb nimaga aytiladi?
MS Access 2010 qanday turdagi kattaliklar bilan ishlaydi?
Oddiy zapros qanday yaratiladi?
MS Access 2010da hisobot obyekti vazifalari nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
R. A. Fayziyev, M.A. Tillashayxova. Microsoft Access ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash. T. 2004 y.
E.G‘aniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat- Madadkor”-2002 y.
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
A.Norov, L.Safarov, B.Shovaliyev. Informatika va informatsion texnologiyalardan laboratoriya ishlari. -Qarshi “Nasaf’ nashriyoti, 2004.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
Amaliy mashg‘ulot №24
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining asosiy tushuncha va atamalari. (2 soat)
Ishning maqsadi: Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Kompyuterlarning o‘zaro turli ma’lumotlar, dasturlar almashish maqsadida birlashtirilishi kompyuter tarmoqlari deyiladi.
Kompyuterlar uchun tarmoqqa ulangan holda foydalanishning ko‘p afzalliklari bor. Kompyuter tarmoqlari asosan 3 ta turga bo‘linadi: Lokal, mintaqaviy, global.
Lokal kompyuter tarmog‘i 500 metrdan 12 kmgacha bo‘lgan masofada bir korxona yoki unga yaqin binolardagi kompyuterlarni bog‘laydi.
Sim sifatida qalin koaksial va ingichka o‘ralgan juftlik deb ataluvchi optik tola simlari ishlatiladi. Optik tolali simlarning asosiy afzalligi, katta kenglikda ishchi chastotalariga egaligi, katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini yuqori tezlikda uzatish mumkinligidir.
Mintaqaviy tarmoqlar uncha katta bo‘lmagan davlatlar, undagi shaharlar yoki viloyatlardagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloqa kanali sifatida telefon tarmoqlaridan foydalaniladi. Tarmoqqa ulangan ob’ektlar orasidagi masofa 10 km dan 1000 km gacha bo‘lishi mumkin.
Global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmog‘ini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beradi. Aloqa tarmog‘i ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stantsiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi.
Internet - ma’lum bo‘lgan global kompyuter tarmoqlarining eng yirigidir, Internet - bu uzatgichlar, telefon tizmalari radio va kosmik yuldosh orqali plyonka yordamida o‘zaro ulangan millionlab kompyuterlardir. Ularning bir qismi katta va salmoqli, xuddi IBM korporativ tarmog‘i kabi, kompyuter tarmoqlariga birlashgan. Boshqalari - universitet, litsey, maktab va xususiy uylarda joylashgan shaxsiy kompyuterlardir.
Internet (International Network - xalqaro kompyuter tarmog‘i)-butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
HTML va boshqa dastur vositalari yordamida tayyorlangan Web sahifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tasvirlash uchun maxsus dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, bunday dasturlar brauzer dasturlar deb ataladi. Brauzer dasturlar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer, Netscape Navigator, Mozilla Firefox, Opera dasturlaridir.
Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi.
Internet qidiruv tizimlari turli mamlakatlarda joylashgan qidiruv serverlaridagi ma’lumotlarni tanlangan sohalar bo‘yicha foydalanuvchilarga taqdim qiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan Internet qidiruv tizimlariga misol qilib intuit.ru, rambler.ru, yandex.ru, dials.ru, google.ru, dic.teic.uz, msu.ru, internet.ru, mail.ru kabilarni keltirish mumkin.
Topshiriqlar:
Brouvzerlar nima?
Qanday internet brouvzerlarini bilasiz va ularning ishlash jihatlari.
Internet Explorer brouvzeridan foydalanish, uning oddiy tugmalari vazifalarini ayting.
Internet provayderi nima?
O‘zbekistondagi internet provayderlari nomi va web sahifa manzillarini ayting.
World Wide Web xizmati (WWW) nima?
Internetga bog‘lanishning qanday usullari bor.
Internet sahifalari (web sayt) deganda nimani tushunasiz?
Internet va intranetning farqini nima?
Internetda ishlatiladigan turli fayllar turi (kengaytmasi) ro‘yxati.
Internet qidiruv tizimlari (katalog-serverlar)?
ICQ - rambler, Agent - mail xizmati haqida ma’lumot bering.
Nazorat uchun savollar:
Tarmoq nima?
Global tarmoq nima?
Internetga bog‘lanishning qanday usullari bor?
Telefon tarmog‘i orqali Internetga ulanish qanday amalga oshiriladi?
Modemning vazifasi nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
E.G‘aniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat- Madadkor”-2002 y.
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
M.Aripov, A.Tillayev. “Kompyuter tarmoqlari” Elektron qo‘llanma (CD) Toshkent.2007.
M.Aripov “Internet va elektron pochta asoslari”. T: 2000 y.
S.Raxmonqulova “Internetda ishlash asoslari”. Toshkent - 2001 y.
www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal
Amaliy mashg‘ulot №25
Mavzu: Kompyuter tarmog‘ining protokollari. (2 soat)
Ishning maqsadi: Kompyuter tarmog‘ining protokollari bilan ishlashni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Internet tarmog‘iga bog‘lanish. Global tarmoq — dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o‘zida birlashtirish imkoniga ega bo‘lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Internet) deb ham yuritiladi.
Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi. Intranet — bu internet texnologiyasi, dastur ta’minoti va bayonnomalari (protokollari) asosida tashkil etilgan, ma’lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo‘lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot mikyosidagi yangi axborot muhitini tashkil etuvchi kompyuter tarmog‘idir.
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma’lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usuli va shartlarini bilishi zarur bo‘ladi. Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo‘lib, uning foydalanuvchisi bunday ma’lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan barcha elektron hujjatlar va ma’lumotlar omborini giperbog‘lanishlar yordamida o‘zaro bog‘lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo‘ladi.
Internetga ulanishning eng keng tarqalgan usullari quyidagilardir:
Modem orqali (kommutatsiya qilinadigan, Dial-up, ADSL).
Ajratilgan tarmoq orqali (optik tolali yoki boshqa).
GPRS orqali (uyali telefonlarga).
Radio to‘lqin orqali.
Sun’iy yo‘ldosh orqali.
Ularning asosiy farqlari:
ishlash printspi;
ma’lumotlarni uzatish tezligi;
ishonchliligi;
qurilmalarni sozlash murakkabligi;
narxi.
Nazorat uchun savollar:
Tarmoq nima?
Tarmoq topologiyasi nima va uning qanday turlari bor?
Telefon tarmog‘i orqali Internetga ulanish qanday amalga oshiriladi?
Modemning vazifasi nima?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
E.G‘aniyev, D.Jomurodov “Zamonaviy kompyuterlardan foydalanish sirlari”. Toshkent-“Ma’rifat- Madadkor”-2002 y.
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
B.Mo‘minov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-bo‘stoni”, 2014 y.
M.Aripov, A.Tillayev. “Kompyuter tarmoqlari” Elektron qo‘llanma (CD) Toshkent.2007.
M.Aripov “Internet va elektron pochta asoslari”. T: 2000 y.
S.Raxmonqulova “Internetda ishlash asoslari”. Toshkent - 2001 y.
www.ziyonet.uz - ZiyoNet axborot ta’lim portal
Amaliy mashg‘ulot №26
Mavzu: Web brauzer dasturlar va ularning imkoniyatlari. (2 soat)
Ishning maqsadi: Web brauzer dasturlar va ularning imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish.
Nazariy ma’lumotlar: Internet (International Network - xalqaro kompyuter tarmog‘i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. Har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dun^dagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi.
Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o‘quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmoqda.
Computer Bild, Microsoft (Internet Explorer yaratuvchilarining), Mozilla Foundation (Firefox yaratuvchilarining), Google (Chromeni taklif qiluvchilarining), Apple (Safari ishlab chiqaruvchilarining), Opera Software (Opera mualliflarining) yuqori martabali xodimlaridan, ularning brauzerlari aynan qanday ma’lumotlarni jo‘natishi, qancha vaqtdan va qaerga jo‘natib turishlari haqida ma’lumot berishlarini so‘rashdi. Albatta, bu so‘rovga hech qaysi bir brauzer mualliflarining javob bergisi yo‘q. Faqatgina Microsoft va Google bu so‘rovlarga javob taqdim qilishdi. Shunisi qizziqki, barcha brauzer mualliflari bir ovozdan olinayotgan ma’lumotlarni suiiste’mol qilmasliklarini takidlab o‘tishgan, lekin buni tekshirishning hech ham ilojisi yo‘q.
- Web-sahifani Internetdan yuklab olish va uni kompyuter ekranida ko‘rsatishdan iborat. Kerakli Web-sahifaning joylashgan serveri URL manzili yordamida aniqlanadi. Bu hujjat manzilini Internetda yozilishining maxsus ko‘rinishidir. Yning yordamida kerakli hujjatni qaysi serverda joylashganidan qat’iy nazar aniqlash imkonini beradi.
Topshiriqlar:
Yo‘lboshchining asosiy vazifasi.
Brauzerlardagi havfsizlik.
Tezkor, qulay va ishonchli - brauzerlarning yangi foydali imkoniyatlari
Google Chrome brauzeri
Web-brauzerda web-saytlarni qidirish va ko‘rib chiqishdan tashqari ularni qayta ishlash, chop etish.
Internet Explorer - Windowsning ajralmas qismi.
Mozilla Firefox brauzeri imkoniyatlari.
Opera - Opera Software ASA kompaniyasi tomonidan yaratilgan web-brauzer va dasturiy paketi.
Nazorat uchun savollar:
O‘zR VM 2007 yil 17 dekabrdagi 259-sonli Qaroriga muvofiq, gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portalini axborot bilan kim ta’minlaydi ?
Brauzer nima?
Opera brauzerlarning kamchiligi nimada ko‘rinadi?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
M.Aripov, A.Tillayev. “Kompyuter tarmoqlari” Elektron qo‘llanma (CD) Toshkent.2007.
M.Aripov “Internet va elektron pochta asoslari”. T: 2000 y.
S.Raxmonqulova “Internetda ishlash asoslari”. Toshkent - 2001 y.
U.Y.Yuldashev, SH.K.Raxmatullayeva “Internet asoslari”. O‘quv qo‘llanma. T: 2002, 28 b.
S.Simonovich, G.Yevseyev, V.Muraxovskiy, Internet. AST PRESS M., 2001.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
Amaliy mashg‘ulot №27 Mavzu: Internetda elektron pochta bilan ishlash. (2 soat)
Ishning maqsadi: Internet xizmatlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish va ulardan foydalanishni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Elektron pochta (e-mail — electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi. U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlarni jo‘natilishini ta’minlaydi. Uning eng asosiy afzalligi, vaqtga bog‘liq emasligida. Elektron xatlar jo‘natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olganga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Elektron xatlar bir vaqtning o‘zida bir necha adreslar boyicha jo‘natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki Internetning asosiy xizmat dasturlari bilan interfeysga ega. Bunday yondoshuvning mohiyati shundaki, xost kompyuterga talab elektron xat ko‘rinishida jo‘natiladi. Xat matni zarur funktsiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to‘plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter buyruq sifatida qabul qiladi va bajaradi.
Elektron pochta bilan ishlash uchun dasturlar yaratilgan, ularni mail umumlashma nomi bilan birlashtirish mumkin.
Internetda yangi shaxsiy elektron pochta (E-mail) adresini qayd (registratsiya) qilish.
Internetda biror server orqali, masalan, www.mail.ruda yangi elektron adres ochish tartibi quyidagicha amalga oshiriladi: Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi, dastur oynasining adreslarni kiritish satriga www.mail.ru ni kiritiladi.
Yangi pochta ochishda barcha amallar to‘g‘ri bajarilsa, foydalanuvchining shaxsiy elektron manzilga ega bo‘lganligi munosabati bilan administratorning maxsus tabriknomasi oynada nomayon bo‘ladi.
Topshiriqlar:
Biriktirilgan kompyuterni ishga tushiring.
Internet brauzerlardan birini yuklang.
Internet tarmog‘iga kiring va rambler.ru, mail.ru, ziyonet.uz, umail.uz larni chaqiring.
EPni registratsiyadan o‘tkazing.
Elektron pochta (EP) ochish ketma ketligini tushuntiring.
Internet tizimida elektron pochta xizmatidan foydalaning.
EPda qaysi papkalar mavjudligini ayting.
EPda kelgan xatlar qaysi papkada saqlanishini aniqlang.
EPda xat yozish, jo‘natish va kelib tushgan xat mazmuni bilan tanishing.
EPda kelgan xatda ilova fayli mavjud yoki mavjudmasligini aniqlang.
EPda kelgan xat egasiga javob yo‘llang.
Elektron pochta parolini o‘zgartirish.
Nazorat uchun savollar:
Internet xizmatlari nima?
“Telekonferensiya”ning qidiruv va ko‘rib chiqish servislarini aytib bering?
E-mail ni xususiyatlari va afzalliklari?
Telnet ning ishlab turish rejimlari?
Foydalanish uchun adabiyotlar:
M.Aripov, A.Tillayev. “Kompyuter tarmoqlari” Elektron qo‘llanma (CD) Toshkent.2007.
M.Aripov “Internet va elektron pochta asoslari”. T: 2000 y.
S.Raxmonqulova “Internetda ishlash asoslari”. Toshkent - 2001 y.
U.Y.Yuldashev, SH.K.Raxmatullayeva “Internet asoslari”. O‘quv qo‘llanma. T: 2002, 28 b.
S.Simonovich, G.Yevseyev, V.Muraxovskiy, Internet. AST PRESS M., 2001.
www.google.ru - axborotlar qidirish tizimi
Amaliy mashg‘ulot №28
Mavzu: HTML tilida web sahifa yaratish imkoniyatlari. (2 soat)
Ishning maqsadi: HTML tilida matn, rang, jadval va rasmlar bilan ishlovchi teglarni o‘rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Internetda ma’lumotlar Web sahifalar ko‘rinishida tasvirlanadi. Web sahifalarni ko‘rish vositalariga “brauzerlar” deyiladi. Web sahifa - Internet uchun maxsus hujjat fayli bo‘lib, u Html (Huper text Marker Language - gipermatnlarni ajratadigan til) asosida yaratiladi.
Web bir sahifadan boshqa sahifaga murojat qilishni ta’minlaydi. Webni katta kutubxona ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Web tugunlarini kitobga o‘xshatsak, «Web sahifalari» esa bu kitoblarning sahifalariga mos keladi. Sahifalarda yangiliklar, rasmlar, kinofilmlar, ovoz yozuvlari va h.k. bo‘lishi mumkin. Har bir foydalanuvchisi Webga ulanib, dunyo bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Hozirgi kunda Web texnologiyalari dasturiy vositalarining juda katta sinfi yaratildi. Ular Web sahifa va saytlarini avtomatik ravishda yaratishning eng kuchli dasturiy vositalar bo‘lib, ular sirasiga - Microsoft FrontPage va Microsoft Flash dasturlar paketlarini misol qilish mumkin..
Microsoft FrontPage dasturi Web sahifani yaratish va uni ko‘rsatish uchun muharrirlik vositasidir. Bu Web sahifani yaratish muharririni o‘rganish Html tilini o‘rganishga qaraganda ancha oson bo‘lib, uni o‘rganish ko‘p vaqt talab qilmaydi. Flash texnologiya vebdzaynerlar orasida keng tarqala boshladi. Buning asosiy sabablaridan biri Flash texnologiya Web -saytlariga ovoz va grafika elementlaridan foydalanib, ularning dinamik ko‘rinish olishiga imkon yaratishidir.
Micromedia Flash tizimida Web sahifalar uchun animatsion modellarni yaratish imkoniyati juda katta. Unda animatsiyalarni bir necha formatlarda saqlash imkoniyati bor. Rasmlarni, ovozlarni va vektorli grafikani Flash tizimi .WSF kengaytmali faylda saqlaydi. FLA formatida saqlanadigan animatsiya fayllari faqatgina Micromedia Flash muhitida ishlaydi. Bu formatning foydali tomoni shundaki, uni xohlagan paytda qayta tahrirlash mumkin. Micromedia Flash tizimi animatsiyalarni Html formatida saqlash imkoniyatiga ham egadir.
Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarda Internet uchun Web sahifalarini tayyorlashning bir qancha usullari mavjud bo‘lib, ulardan eng oddiysi Html tili yordamida tayyorlashdir. Html tili oddiy dasturlash tiliga yaqin bo‘lib, Web sahifalarni tayyorlash protsessida ishlatiladi va u gipermatnli ma’lumotlarni Web sahifalarida ifodalaydi. Html hujjat fayllari Htm yoki Html kengaytmasiga egadir.
Gipermatn - bu matn bo‘lib maxsus kodlashtirilgan, boshqa hujjat fayllari kabi qo‘shimcha boshqaruvchi elementlar: -formatlash; -tasvirlash; -multimedia qo‘yish; -gipermurojaat (giperssilka) kabi elementlarni o‘z ichiga oladi. Gipermurojaat matn yoki rasm bo‘lib, unda boshqa joyga murojaat mavjud.
Web sahifalarni yaratishda Html operatorlaridan foydalaniladi. Bu operatorlar Html “tega”lari deb yuritiladi.
Tera - bu simvol (belgi) lardan tashkil qilingan bo‘lib, ular barchasi “<” belgisi bilan boshlanib, “>” belgisi bilan tugaydi. Har bir tega o‘zining maxsus vazifasiga ega bo‘lib, u ochuvchi va yopuvchi tega bo‘ladi. Yopuvchi tega “/” qiyshiq chiziq bilan boshlanadi .. . Web sahifalarini tuzishda ishlatiladigan Html tilining ba’zi tegalarini ko‘rib chiqamiz.
izoh “ ” bilan tugaydi. Masalan:
Izoh o‘z ichiga istalgan belgini olishi mumkin.
. . - hujjatining boshi va oxirini aniqlaydi.

.. -matnni qo‘lyozma shrift bilan tasvirlaydi.
.. -matnni ostki qismi chizilgan holda tasvirlaydi.
-boshqa sahifaga murojaat etish.
-rasmlarni joylashtirish.
  • ..
  • -ro‘yhatdagi har bir element boshlanishini aniqlaydi.
      ..
    -to‘liq tartiblangan ro‘yhatni aniqlaydi.

    ..
    -abzatsning boshlanishini aniqlaydi.


    .. -kichik o‘lchamdagi matnni ko‘rsatadi.
    -jadval satrida alohida yacheykani ramkaga oladi.
    -jadval sarlavha yacheykasi uchun ishlatiladi.
    .. -sarlavhani tashkil etadi.
    .. -jadvalda satrning boshi va oxiri.
      ..
    -to‘la tartiblangan ro‘yhatni aniqlaydi.
    .. -dastur o‘zgaruvchilari nomlarini belgilaydi.
    Html hujjati strukturasi. Rasm va multimedia obyektlari
    Html hujjati asosan hujjat matnlari va tega “razmetka”laridan tashkil topadi. Html hujjati - oddiy matn bo‘lib, uni istalgan matn muharririda, masalan oddiy “Bloknot” da tashkil qilish mumkin.
    Htmlda hujjat tegasi bilan boshlanib tega bilan tugaydi. Uning har bir bo‘lagi tega bilan boshlanib tega bilan tugaydi va hujjat ma’lumotlarini butunlay o‘z ichiga oladi. Bu hujjat bo‘lagi o‘z navbatida ichiga va tegalarini oladi. Bu tega ichida hujjatlarning sarlavhasi keltiriladi. Hujjat matnlari esa hujjatning asosiy qismi (tanasi)da joylashadi. Hujjat asosiy qismi va
    Matnning ekranda ko‘rmishi
    Web sahifada rasmlar



    -jadvalni aniqlaydi.
    .. ..

    Download 5,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish