Rasm joylashtirish



Download 5,52 Mb.
bet116/120
Sana12.02.2022
Hajmi5,52 Mb.
#445176
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120
Bog'liq
2 5404688859902513053

Amaliy mashg‘ulot №4
Mavzu: Qurilmalarni sistema blokiga ulash. Sistema bloki va ona platalar komponentlarini o‘rganish. (2 soat)

Ishning maqsadi: Qurilmalarni sistema blokiga ulash. Sistema bloki va ona platalar komponentlarini o'rganish.
Nazariy ma’lumotlar: Kompyuter bir nechta qurilma va platalardan tashkil topadi. Qurilmalarning har birini nimaga ishlatilishidan xabardor bo‘lsangiz, o‘zingiz bemalol kompyuter yig‘ib olishingiz mumkin. Kompyuterni yig‘ish, operatsion tizimni va ishlash uchun kerakli dasturlarni yuklash 1 soatdan 3 soatgacha vaqt olishi mumkin.

Kerakli asbob va qurilmalar: “Plyus”li “otvyortka”, Kompyuter korpusi (Case), “Blok pitaniya”, Ona plata (Mother board), Protsessor (CPU), Video karta (ona plataga biriktirilgan ham bo‘lishi mumkin - tasvirni monitorga yetkazib berish uchun ishlatiladi.), Tezkor xotira - Operativ xotira (RAM), Qattiq disk (HDD), Tarmoq kartasi , Klaviatura,
Sichqoncha, Monitor, Pilot, Operatsion tizim (Windows, Linux...) va kerakli dasturlar (MS Office, Open office...).
Kompyuter yig'ish qo'llanmasi:

Kompyuterni yig'ishga iloji boricha kengroq joy toping. Sababi qurilmalarni bir-birini ustiga qo‘ymaslik lozim, hamda ularni yerga tushib ketish xavfidan xoli bo‘ladi. Bo‘sh joy va otvertkani tayyorlang.
Yig‘ish jarayonini korpusdan boshlaymiz.
Uni yon qopqog‘ini oching. Shunda, korpusni ichidagi bo‘sh joy ochiladi.
Korpusga kerakli qurilmalarni joylash uchun uni yonlamachasiga joylashtiring.
Ona platani qutisini oching. Kompyuterni barcha qurilmalari ona plataga ulanadi. Ona platani korpusni ichiga shunday joylashtiringki, uning bir uchidagi “razyom”lar korpusni orqa tarafidagi katta ochiq joyga to‘g‘ri kelsin. Korpusdagi bu ochiq joy aynan ona platani razyomlari korpusdan tashqi tomonga chiqib turishi uchun mo‘ljallangan.
Korpusning mayda shuruplaridan foydalanib, ona platani korpusga mahkamlang. Ona platani korpusga to‘g‘ri joylashtirgan holatda, uni mahkamlash uchun mo‘ljallangan teshikchalari korpusni teshikchalariga to‘g‘ri keladi.
Ona platadagi protsessor soketini himoya qopqog‘ini olib tashlang. Soketdagi “richag”ni ko‘taring va mahkamlash “plastinasi”ni oching. Protsessorni qutisidan ehtiyotkorlik bilan oling, bunda protsessorni faqat yonlaridan ushlang, undagi kontaktlarga qo‘l tekkizmang! Protsesorni ona platadagi soketga to‘g‘ri vertikal tarzda joylashtiring.




Protsessor burchaklaridan birida chizilgan sariq chiziqchaga va soketdagi chiziqchalarga e’tibor bering. Bu chiziqchalar protsessorni soketga qay tarafdan joylashtirish kerakligini ko'rsatadi.
Protsessorni yon taraflarida chuqurchalar soketda esa bo'rtib chiqqan do‘ngliklar mavjud. Bu o‘sha boya aytib o‘tgan protsessorni “kalit”i hisoblanadi. Protsessorni soketga joylashtiring. Mahkamlash “plastinasi”ni yoping va “richag”ni joyiga tushiring.
Endi esa, protsessorni ustiga kuler (ventilyator)ni mahkamlab joylashtirish kerak. Protsessor soketini atrofidagi 4 ta teshiklarga e'tibor bering. Kulerda ham 4ta “oyoq” borligini ko‘rasiz. Kulerni protsessorni ustiga shunday joylashtiringki, uning oyoqlari ona platadagi shu teshikchalarga kirsin. Keyin ularni ketma-ket sekin bosib chiqiladi. Har bir oyoqchani bosib kirgazilganda ovoz eshitasiz. Kulerni yaxshilab joylashganligiga, e’tibor bering. Uni bir ikki qimirlatib ko‘ring. Kuler protsessorni ustida mahkam turishi va ularni orasida hech qanday “zazor” bo‘lmasligi kerak. Endi esa kulerdan chiqqan simni ona platadagi CPU-FAN dab nomlangan “razyom”ga ulanadi.

Endi ona plataga tezkor xotira (RAM)ni joylashtiramiz. Tezkor xotirani ham faqat yonlaridan extiyotkorlik bilan ushlash lozim. Ona platada xotira uchun 2,3,4 yoki undan ham ko‘p “gnezdo” bo‘lishi mumkin. Xotirani eng birinchi “gnezdo” (protsessorga eng yaqini) ga ulaymiz.


Endi kompyuter korpusiga “blok pitaniya'ni joylashtiramiz.

Korpusni orqa tomonidan unga “blok pitaniya”ni shuruplar yordamida mahkamlaymiz.


Endi “blok pitaniya”dan chiqgan, ona plata va protsessorga tok beruvchi simlarni (24 va 4 “pin”lik), ona platadan ulaymiz.
Korpusga qattiq diskni joylashtiramiz va shuruplar bilan korpusga maxkamlaymiz.

Qatitq diskga ikkita sim ulaymiz. Biri “blok pitaniya”dan chiqqan tok beruvchi sim, ikkinchisi (ko‘p hollarda ko‘k yoki qizil rangli) ona plataning SATA-portiga ulanadigan, ma’lumot almashinuvi uchun ishlatiladigan sim.
Korpusni oldi qismidan qopqog‘ini ochib, uni o‘rniga DVD Rom qurilmasini o‘rnatamiz.
Korpusni ichki qismidan DVD Rom ni ona plataga ulaymiz. Korpusning oldingi paneliga tegishli bo‘lgan mayda simchalarni, ona platadagi o‘z maxsus “razyom”lariga ulaymiz.
HDD-LED - Korpusni oldi tomonidagi qizil chiroqcha.
PWR-LED - Korpusni oldi tomonidagi yashil, ko‘k yoki qizil rangli chiroqcha.
PWR-SW - Kompyuterni o‘chirish/yoqish tugmasi (olovrang-oq rangli simchalar)
RESET-SW - Kompyuterni “perezagruzka” qilish tugmasi (qora-oq rangli simchalar)
SPEAKER - Dinamik (sariq oq rangli simchalar)
Video-kartani ona platadagi o‘z slotiga (video-kartani turiga qarab, PCI-E yoki AGP) joylashtiramiz. Shunda video-karta ona plataga to'g'ri kirgazilsa, u mahkamlanib qoladi va tovush eshitiladi.

Xuddi shunga o‘xshab, taroq kartasini ona platani PCI portiga o‘rnatamiz. Albatta, avval korpusni orqa tarafidagi temirchani olib tashlanadi.


Endi korpusga periferiya qurilmalarini ulaymiz. Qurilmalarni korpusni orqa qismidagi
"gnczdolarga ulanadi.

Klaviaturani binafsha rang, sichqonchani esa yashil rangli portga ulaymiz. Klaviatura va sichqonchalarni USB-portiga ulanadigan turlari ham mavjud.


Endi monitorni ulaymiz. Uni katta ko‘k rangli “shteker”ini, korpusni orqa tarafidagi ko‘k rangli VGA portiga ulanadi. Shnumi ikkinchi uchi monitorga ulanadi.

Yashil rangli kichik portga naushnik yoki kolonkalar ulanadi. Qizil rangligisiga esa mikrofon. Tarmoq kartasini ham o‘z portiga ulanadi.


Endi “blok pitaniya”ni pilotga, pilotni esa “rozetka”ga ulaymiz.
Kompyuterga kerakli Operatsion Tizimni va qolgan dasturlarni o‘rnatish mumkin.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
S.S.G‘ulomov va boshqalar “Axborot tizimlari va texnologiyalari”. Oliy o‘quv yurti talabalari uchun darslik. - T: “Sharq”, 2000 y. 529 b.
A.Abduqodirov, A.Xaitov, R.Shodiyev “Axborot texnologiyalari”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y.
A.Axmedov, N.Toyloqov “Informatika”. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik. - T: “O‘zbekiston”, 2001 y. 272 b.



Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish