Faylni nushalash. Fayl yoki fayllar guruhini nushalash uchun (fayllar guruhi [Insert] tugmasi orqali oldindan ajratilgan bo'lishi lozim) F5(Copy) tugmasini bosiladi. Ekranning o'rta qismida fayl yoki fayllar ko'rsatilgan manzilga nushalashni tasdiqlash haqidagi so'rov oynasi paydo bo'ladi:
Qo'shimcha ma’lumot kiritilmasa, [OK] bosiladi va obyekt boshqa darchada joylashgan catalogga nushalanadi. Agar matnli faylni printerda chop qilish kerak bo'lib qolsa, buning uchun F5(Copy) bosiladi va kompyuterning manzil so'roviga chop etuvchi qurilmasining nomi- “prn” kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |