Rasm joylashtirish


- mavzu. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo



Download 5,52 Mb.
bet107/120
Sana12.02.2022
Hajmi5,52 Mb.
#445176
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120
Bog'liq
2 5404688859902513053

8- mavzu. Elektron tijorat tizimlar va elektron raqamli imzo.


Reja:
Hujjat tushunchasi.
An’anaviy va elektron hujjat almashish.
Elektron raqamli imzo.
ERI ro‘yxatga olish markazi.
E-xat.
Tayanch so‘z va iboralar: hujjat, an’anaviy va elektron hujjat almashish, elektron raqamli imzo, ERI ro‘yxatga olish, e-xat.
Hujjat tushunchasi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida zamonaviy elektron axborot almashuvga o‘tish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. 2006 yilda elektron raqamli imzoni qo‘llash bo‘yicha milliy infratuzilma yaratildi va ayni vaqtda faol rivojlanmoqda, davlat xokimiyati idoralarini kompyuter texnikasi bilan jihozlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, lokal hisoblash va korporativ kompyuter tarmoqlari jadal ravishda joriy etilmoqda.
Davlat hamda aholi va xo‘jalik subyektlari o‘rtasida axborot o‘zaro aloqasini yaratish va oshirishga qaratilgan davlat axborot resurslari va tizimlari, shuningdek, davlat organlarining bazaviy interaktiv xizmatlari reyestrlari shakllantirilgan.
O‘zbekistonda elektron hujjatlarga huquqiy mavqyeni beruvchi me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi, shubhasiz elektron hujjat aylanishi tizimi bozorini rivojlantirishga ko‘maklashadi, natijada davlat xokimiyatining turli idoralari o‘rtasidagi hujjat aylanishini avtomatlashtirish imkoni paydo bo‘ladi. Elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etish o‘zaro axborot almashuvi darajasi va sifatini oshirishga, izlash samaradorligining o‘sishiga, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va ulardan foydalanishga ko‘maklashadi.
Davlat xizmatchilarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid bilimlari va ko‘nikmalarini oshirish va rivojlantirish yuzasidan tayyorlash va qayta tayyorlash masalalariga alohida e’tibor beriladi.
Shu bilan birga joylardagi davlat boshqaruvi organlariga axborot texnologiyalarini joriy etish, davlat xizmatchilari bilimini oshirish, ularning zamonaviy axborot tizimlaridan, jumladan, Internet tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, mamlakatda samarali elektron hukumatni yaratish maqsadida interaktiv davlat xizmatlari sifatini rivojlantirish va oshirish masalalari dolzarbligicha qolmoqda.
Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‘lib, zamon va makonda uzatish hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‘ljallangan moddiy obyektdir.
Hujjat turlari. Hujjat turlari - hujjatlarni o‘z shakliga ko‘ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:
Matnli hujjatlar. Qog‘ozga yozuv mashinasi, qo‘l yoki axborot kommunikasiya vositalari yordamida tushirilgan qandaydir ma’no beruvchi so‘zlar ketma-ketligidir.
Tovushli hujjatlar. Ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.
Tasvirli hujjatlar. Fotosurat, rang tasvir mahsuli.
Elektron hujjat.Elektron hujjat O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga (ma’lumotlarga) ega bo‘lgan axborot elektron hujjatdir.
Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
An’anaviy va elektron hujjat almashish.
Odatda hujjatlarni an’anaviy tarzda almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o‘ynaydi. Chunki pochta xizmatining asosiy vazifasi jo‘natmalarni o‘z manzillariga yetkazib berishdan iboratdir. Ushbu holatda hujjatlar konvertga solinadi va aloqa bo‘limiga topshiriladi. Shundan so‘ng pochta xizmati xodimlari tomonidan hujjat kerakli manzilga jo‘natiladi va yetkaziladi.
Elektron hujjatlarni almashish tizimi esa an’anaviy hujjat almashish tizimidan biroz farq qilinadi. Bunda hujjat elektron ko‘rinishda kompyuter, telekommunikasiya va Internet tarmog‘i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni almashish jarayonida maxsus ixtisoslashtirilgan tizimlardan (E- hujjat) yoki elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjat almashish tizimlarida hujjatlarni uzatish juda tezkor amalga oshiradi.
Imzo va uning ahamiyati. Imzo - hujjatning haqiqiyligini va yuborgan jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi aniqlanadi.
Muhr va uning ahamiyati. Muhr - hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga ega bo‘lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi.
Elektron raqamli imzo.
Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi.
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikasiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o‘tkaziladi.
Elektron hujjatning rekvizitlari. Elektron hujjatning rekvizitlari quyidagilardan iborat: elektron raqamli imzo; jo‘natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki jo‘natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi; jo‘natuvchining pochta va elektron manzili; hujjat yaratilgan sana. Qonun hujjatlari asosida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvida boshqa rekvizitlar ham belgilanishi mumkin.
Elektron kalitlar va sertifikatlar. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - bu faqat hujjat muallifiga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni hosil qilish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti bu elektron hujjatning kim tomonidan yuborilganligini aniqlash va uni haqiqiyligini tasdiklashda qo‘llanilishi mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi. Elektron sertifikatlar - bu sertifikasiya tizimi qoidalariga binoan belgilangan talablarga ko‘ra elektron raqamli imzo vositalarining muvofiqligini tasdiqlash uchun hamda elektron raqamli imzo kalitining sertifikati elektron raqamli imzoning ochiq kalitining elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga ruyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat.
Elektron hujjat almashish tizimlari. Elektron hujjat almashish tizimlari O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi 2004 yil 29 apreldagi 611-II son Qaroriga binoan quyidagicha ta’riflanadi va faoliyat yuritadi.
Elektron hujjat almashish tizimlari - elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar (shu jumladan shartnomalar) tuzish, hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni almashishda foydalanish mumkin. Turli kompaniyalarning avtomatlashtirilgan tizimlari orasida standartlashtirilgan shakldagi ish hujjatlarining (buyurtmalar, hisob raqamlari va sh.k.) ma’lum shakldagi elektron almashinuvi elektron hujjat almashinuvi tizimini belgilaydi.
Kalit va elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo - elektron hujjatga biriktirilgan va mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda xosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
ERI ro‘yxatga olish markazi.
Ro‘yxatga olish markazi maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va ushbu qonunda nazarda tutilgan vazifalarni bajarayotgan yuridik shaxsdir.
Ro‘yxatga olish markazi:
elektron raqamli imzolarning yopiq va ochiq kalitlarini yaratadi;
elektron raqamli imzo yopiq kaliti muhofaza qilinishini taminlaydi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining reestrini yuritadi, uning o‘z vaqtida yangilanishini hamda undan yuridik va jismoniy shaxslarning erkin foydalana olish imkoniyatini taminlaydi;
yuridik va jismoniy shaxslarga elektron raqamli imzolar kalitlarining sertifikatlarini elektron hujjatlar shaklida va qog‘oz hujjatlar shaklida beradi;
elektron raqamli imzolar kalitlari sertifikatlarining amal qilishini to‘xtatib turadi va qayta tiklaydi, shuningdek ularni bekor qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatiga binoan elektron hujjatlardagi elektron raqamli imzonnng haqiqiyligini tasdiqlaydi;
elektron raqamli imzoli qog‘ozdagi elektron hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini tasdiqlaydi;
E - XAT.
Davlat va boshqaruv organlari orasida elektron axborot almashishda eng ko‘p qo‘llaniladigan tizim bu elektron xat almashish tizimi hisoblanadi.
Himoyalangan yagona korporativ elektron pochta tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
Uzatilayotgan, qabul qilinayotgan va serverda saqlanayotgan elektron xatlarni buzg‘unchi va begona shaxslar o‘qib olmaydigan holga keltirish;
Elektron xatlarni buzg‘unchi va begona shaxslar tomonidan o‘zgartirib bo‘lmaydigan holga keltirish;
Tizimning davlat standartlari talablariga javob berishi;
Elektron xatlarni elektron raqamli imzo orqali jo‘natish.
Bu talablarga respublikamizning yetakchi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan E-XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimi javob beradi.
E-XAT himoyalangan elektron xat almashish tizimining asosiy vazifasi elektron xatlarning butunligini, maxfiyligini va ishonchliligini, umuman aytganda foydalanuvchilar o‘rtasidagi elektron xat hamda ovoz ma’lumotlarini uzatishdagi himoyasini ta’minlab berish maqsadida ishlab chiqilgan.
Tizim foydalanish va boshqarish uchun sodda va qulay qilib yaratilgan. Tizimda ishlash uchun xodimlardan maxsus bilimlar talab etilmaydi. Tizim har qanday subyekt uchun katta sarf xarajatlarsiz, hamda qimmat vositalarsiz o‘zining himoyalangan korporativ yoki umumiy xat almashish tizimini operativ tashkil etish imkonini beradi. e-XAT axborotni kriptografik (yunon tilidan olingan bo‘lib, kriptos - sirli degan ma’noni anglatadi) himoya qilishning barcha usullaridan, ya’ni axborotni shifrlash/deshifrlash, elektron raqamli imzo qo‘yish va uni tekshirish, maxfiy kalitlarni almashish kabi usullarini qo‘llangan holda ishlab chiqilgan.
e-XAT uchta dasturiy ta’minot asosida ishlaydi:
e-XAT serveri - foydalanuvchilarning xatlarini qabul qilish, saqlash va jo‘natish;
Elektron raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazi;
e-XAT tizimining foydalanuvchi uchun dasturi.
Yangi texnologiyalar kun sayin rivojlanib, axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan o‘sib borayotgan hozirgi davrda ta’lim sohasida axborot resurslarini tashkil etish va ta’limda foydalanishga mamlakatimizda ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida «Elektron ta’lim» milliy tizimini yaratish» investisiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 16 apreldagi PQ-1740-son qarori ta’lim sohasida axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish, jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishga zamin yaratadi.
Ushbu Qarorning natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida «Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi» tashkil etildi.
Ta’lim tizimiga elektron ta’limni joriy etish birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining axborotlashuviga, axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqishga bog‘liq. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni axborotlashtirish, shu jumladan elektron ta’limni joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Elektron ta’limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin olgan.
Elektron tijorat tushunchasi ostida tovar buyurtmasini qabul qilish, to‘lovni amalga oshirish, tovar (xizmat bajarilishi) yetkazib berilishidagi boshqaruvda qatnashuvni o‘z ichiga oluvchi operasiyalarning (amallar) yopiq siklli texnologiyasi tushuniladi. Ushbu amallar (operasiyalar) axborot texnologiyalari va elektron vositalar yordamida o‘tkazilib, egalik etish yoki ishlatish huquqini bir yuridik (jismoniy) shaxsdan ikkinchisiga o‘tishi ta’minlanadi.
Keltirilgan ta’rif elektron tijoratning "ideal" tushunchasini yoki boshqa so‘zlar bilan elektron tijorat tizimlarini tashkil etishda intilishi lozim bo‘lgan maqsadni o‘zida aks ettiradi. Haqiqatda bugungi kunda faqat keng rivojlangan elektron tijorat tizimlarigina barcha tijorat kelishuvlar to‘liq yopiq amallarni (operasiyalar) elektron yo‘l bilan o‘tishini ta’minlaydi. Keyinchalik esa biz shunga amin bo‘lamizki, elektron tijorat sinfiga kiruvchi deb qabul qilingan tizimlarning asosiy qismi operasiyalar (amallar) bajarilishining elektron va odatiy usullari, masalan tovar va xizmatlar to‘lovini o‘z ichiga oladi. Yuqorida keltirilgan ta’rifda "savdo" va "Internet" so‘zlari yo‘q bo‘lishiga sabab shuki, elektron tijoratda savdo xususiy holat va Internet elektron tijoratni kiritish bo‘yicha axborot texnologiyalari vositalaridan biri hisoblanadi. Elektron tijoratda Internet imkoniyatlari 90- yillardan faol ishlatila boshladi. Elektron tijoratning o‘zi esa bundan uzunroq tarixga ega.
Elektron tijorat tushunchasining paydo bo‘lishi 1948 yilda G‘arbiy Berlinni kerakli material- texnik xomashyo bilan ta’minlash uchun G‘arbiy mamlakatlar tomonidan bunyod etilgan avia ko‘prikni tashkillashgirish ishlarida qo‘llanilgan amaliyot bilan bog‘lanadi. Ushbu ko‘prik deyarli 11 oy faoliyat ko‘rsatib, shahar ehtiyojlari to‘g‘risida juda tez va aniq ma’lumotlar uzatilishini talab qilgan.
Agar Berlin avia ko‘prigini elektron tijoratning paydo bo‘lish nuqtasi yoki alohida epizodi hisobida ko‘rsak, 30 yillik AT&T korporasiyasi loyihasining ish faoliyati boshlanishini elektron tijorat tizimi faoliyatining boshlanishi, deya hisoblash mumkin. Loyihaning asosiy g‘oyasi AT&T korporasiyasi telefon chaqiruvlarini operator orqali qayta ishlovning narxini kamaytirish uchun chaqirilgan abonentlar shaharlararo so‘zlashuv uchun hisobini avtomatik usuli kashf etilganligida va patentlanganligida tashkil topdi va bu o‘z navbatida, 800 talik raqamlar xizmatining tashkil topilishiga asos bo‘ldi. AQShda, misol uchun, har yili bu xizmat orqali 100 mlrd. dollarlik shartnoma tuziladi.
2006 yil hisob-kitoblariga ko‘ra, AQShda elektron tijorat hajmi 100 milliard dollardan oshib ketgan. Yevropada esa bu ko‘rsatkich 130 milliard dollarga yetganligi taxmin qilinmoqda.
Rossiya va MDH davlatlarida On-line biznesning tovar aylanish hajmi hali unchalik katta emas. Ekspertlarning baholashicha, 2006 yil so‘ngida u 1,55 milliard dollarga tenglashgan bo‘lsa- da, o‘sish sur’ati yiliga 30-50 foizni tashkil etmoqda.
Internet tarmog‘i paydo bo‘lguncha bir necha yillar davomida elektron tijorat turli xil ma’lumotlarni uzatish elektron tizimlarida asoslangan. EDI (Electronic Data Interchange - ma’lumotlar elektron almashinuvi), EFT (Electronic Funds Transfer-fondlarning elektron almashinuvi), e-Mail (Electronic Mail - elektron pochta) elektron tijorat tizimlarining butun bir qatorida yuqoridagi ma’lumotlarni almashish tashkiliy usullaridan hozirda ham foydalaniladi. Internet elektron tijoratning butun dunyoda tarqalishi uchun eng istiqbolli vosita bo‘lishiga qaramasdan, elektron tijorat rivojlanishining axborot texnologiyalari nuqtai nazaridan bu vosita optimallik o‘rnini egallab olmaydi.
Elektron tijorat o‘z-o‘zidan tovar va xizmatlarni realizasiyalash va yetkazib berish shartnomalarini tuzishda 2 ta: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog‘liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta’minot, bino loyihalari va b.) ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va x.z. buyurtmasi)ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, subpudratchilar, banklar va b.) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni yetkazib berishni axborot va telekommunikasion qo‘llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi. Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba’zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko‘rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi.
Elektron hukumat (ing. e-Government) - bu fuqarolar, biznes, davlat hokimiyati va boshqa tarmoqlari hamda davlat amaldorlariga axborot taqdim etish, avvaldan shakllangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘lib, bunda davlat va fuqaro o‘rtasidagi shaxsiy aloqa minimallashtirilib, axborot texnologiyalaridan maksimal darajada faydalaniladi.
Bu tizim davlat tuzilmalarini boshqarishni, davlat va tadbirkorlar o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash orqali biznes jarayonlarini samarali rivojlantirishni ta’minlabgina qolmay, fuqarolarga davlat xizmatlarini Internet orqali hammabop interaktiv shaklda taqdim etish imkonini ham yaratadi.
Ta’kidlash joizki, 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida Prezidentimiz Islom Karimov respublikamizda "Elektron hukumat" tizimini shakllantirish konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhim vazifalardan biri ekanini alohida ta’kidlagan edi. Shu munosabat bilan alohida ishchi guruhi tuzilib, mazkur sohada yetakchi bo‘lgan Koreya Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasi o‘rganildi. Zamon talablariga javob beradigan xorijiy tajribalar asosida "Elektron hukumat" tizimini shakllantirish bo‘yicha konsepsiya va kompleks dastur, shuningdek, 2013-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasida milliy axborot-kommunikasiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.
2013 yil 16 sentyabrda Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborot- lashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi qoshida "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to‘g‘- risida"gi qaror qabul qilindi. Loyihaning amalga oshirilishini normativ-metodik ta’minlashni tashkillashtirish, davlat organlari tomonidan aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini tizimli qayta tashkillashtirish, "Elektron hukumat" tizimini samarali joriy etish uchun amaldagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, davlat organlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini samarali joriy etilishini baholash reyting tizimini yuritish vazifalari "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish asosiy vazifa hisoblanadi.
Hukumat qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘mita tomonidan ushbu markazlarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, moddiy-texnik bazasini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Axborotlashtirish sohasidagi islohotlar izchil olib borilayotgani natijasida respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalari va telekommunikasiya tizimlarini rivojlantirish hamda ularni hayotga keng joriy qilinishiga erishilmokda.
Ayni paytda respublikamizda AKTni rivojlantirish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bir vaqtning o‘zida AKTni davlat boshqaruviga kiritish boshlandi. Davlat tashkilotlarini real vaqt - onlayn tizimiga ulash davlat sektori va fuqarolar o‘rtasidagi yagona elektron vosita bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi zamonaviy axborot asriga kirishga jiddiy maqsadlar qo‘yayotganligini ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, AKT tizimlarining davlat boshqaruviga keng joriy etilishi u yoki bu formulyar, guvohnoma, ma’lumotnoma va hokazolar uchun kishilarning shaxsan davlat muassasalariga kelishlari zaruriyatini ancha qisqartiradi, kelajakda bundan butunlay xolos qiladi. Ko‘plab mamlakatlar tajribasi joriy etishning dastlabki bosqichidayoq kutilgan maqsadga - so‘rovlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshirish va kutish vaqtini kamaytirish hisobiga fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanishini yengillashtirishga erishiladi.
Nazorat uchun savollar:
Elektron hujjat deganda nimani tushunasiz?
Elektron hujjat aylanish tizimning vazifasi va tavsifi
Elektron raqamli imzo qachon qabul qilingan?
Kalit va elektron raqamli imzo deganda nimani tushunasiz?
Elektron hujjatning rekvizitlari nimadan iborat?
Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida qanday foydalaniladi?
ERI ro‘yxatga olish markazining vazifasi nimadan iborat?



Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish