Raskolnikovning fojiali xatosini tushuntiring



Download 240,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana13.02.2022
Hajmi240,27 Kb.
#446590
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kazuslar DTIY dan-конвертирован



KAZUSLAR: 
1. Fyodor Dostoyevskiy “Jinoyat va jazo” romani bosh qahramoni Rodion 
Romanovich Raskolnikov sodir etgan jinoyatga huquqiy baho bering. 
Raskolnikovning fojiali xatosini tushuntiring
Essey 
Asarda universitetning sobiq talabasi bo’lgan Rodion Romanovich 
Raskolnikov tomonidan sodir qilingan jinoyat va uning og’ir uqubatlari yuksak 
tasvirlab berilgan. Bunda yozuvchi: “ kambag’allik ayb emas, biroq yo’qchilik -
illat. Kambag’allikda inson tug’ma oliyjanob fazilatlarni saqlab qoladi.
Yo’qchilikda esa ularni hech kim va hech qachon saqlab qola olmaydi”, - degan 
mulohazani ilgari suradi. Rodion Romanovich Raskolnikov esa ushbu fikrlardan 
xulosa chiqara olmaydi. Natijada, tezda boyib ketish , yo’qchilikdan qutulish va 
yuqori tabaqaga tezroq erishish maqsadida jinoyat sodir qiladi. Uning ushbu
jinoyatni sodir qilishiga yana bir sabablardan biri, uning singlisiga uylanish 
istagidagi boy davogar Pyotr Petrovich Lujin edi. Bu shaxsning asosiy maqsadi o’z 
yo’lida bu ayolni, ya’ni Raskolnikovning singlisini bo’ysundirishga harakat qiladi. 
Buni sezgan Raskolnikov jinoyat sodir etishgacha boradi va ya’na ko’plab 
sabablarni keltirish mumkin. Masalan: shaharda talaba sifatida o’qib yurib pul topa 
olmay qolishi natijasida o’qishdan quvilishi, tanballigi, bilimli bo’lishiga 
qaramasdan o’zining jinoyatiga bo’lgan munosabatining xatoligi, huquqiy 
ongining pastligi hamda ushbu davrdagi muhitning ma’lum darajadagi ta’siri ham 
Raskolnikovning jinoyat sodir qilishiga sharoit yaratib bergan va sabab bo’lgan. 
Asar Rodion Romanovich Raskolnikovning jinoyat sodir qilishga motivning 
tug’ilishi bilan boshlanadi. Shu bilan qahramon Alena Ivanovnani o’ldirishi, undagi
odamlar tomonidan garovga qo’yilgan pullarni olish usullarini qidira boshlaydi. 


Atrofdagi har bir aytilayotgan so’z unga berilayotgan ishora deb biladi va o’zi
hisoblab yurgan vaqt, soat, joy, usul bilan kampirni shafqatsizlarcha o’ldirishi va
qimmatbaho narsalarni olishi bilan birgalikda kampirning Lizaveta Ivanovna ismli
singlisini ham o’ldiradi. Natijada, mas’ul hodimlar tomonidan jinoyatchi shaxsni 
aniqlash choralarining ko’rilishi, Raskolnikovga yaqin bo’lgan insonlarning ham 
bu jinoyatning iziga tushishidan tashqari Raskolnikovning ongida kechayotgan 
qo’zg’alon unga tinchlik bermaydi va og’ir ahvolga solib qo’yadi. Uning jinoyat 
sodir qilishiga qattiq tayyorgarlik ko’rishi, dalillarni yo’q qilishga urinishiga
qaramasdan uning jinoyati fosh bo’ladi. Voqeaning fojiali jihati, qahramon o’z 
qilmishini oqlaydi, u o’zini Napoleon Bonapart sifatida tassavvur qilib, “jamiyatga 
keraksiz bo’lgan odamlarni yo’q qilish kerak” nazariyasiga keladi. Uning bu 
qilmishi ikki insonning umriga zomin bo’lishiga , odamlardan ajralib qolishiga, 
yaqin insonlari, onasi va singlisidan voz kechishiga olib keladi. Jinoyat jazosiz 
qolmaydi deganlaridek, uning jinoyati fosh bo’lib Sibrga surgun qilinadi. Bu 
jinoyatni fosh qilishda Porfiriy Petrovichning hissasi juda katta. U Raskolnikovga 
sodir etilgan jinoyatga bo'lgan munosabatini o'zgartirishiga yordam beradi va unga 
quyidagicha fikrni aytadi: "Vijdon azobi sakkiz yillik jazodan ko'ra dahshatliroq". 
Shunday qilib, Porfiriy Petrovichning yordami bilan Raskolnikov yangi hayot uchun 
imkoniyatga ega bo'ladi. Faqatgina o'z sezgisiga tayangan tergovchi jinoyatchi 
nazariyasini butunlay yo'q qilib tashlaydi. Porfiriy obrazining o'ziga xos xususiyati 
shundan iborat ediki, ajoyib tergovchining qiyofasiga mos kelmaydigan kulguli 
ko'rinishining borligidadir. Kasbiy fazilatlar Porfiriyni odamlar umidsizlikka solib 
qo'ygan qotillik ishini fosh qila oladigan darajadagi tergovchi bo'lib yetishishiga 
yordam beradi. Shubhali odamni qo'lga olish uchun u o'zini sodda yoki ahmoq qilib 
ko'rsatar, bu niqoblari unga ish vaqtida va odamlarni manipulyatsiya qilishda 
yordam berardi. Qahramon ko'proq xazil qilishni va o'zi haqida aql bovar 
qilmaydigan mish-mishlarni tarqatishni yaxshi ko'radi. U odamlarni mohirona 


aldashga muvaffaq bo'ladi va ular unga to'liq ishonishadi. U o'zini tergov jarayonida 
Raskolnikovni qotillik paytida go'yoki ko'rganday tutadi va o'zining xatti-
harakatlari, reaksiyasi orqali jinoyatchining psixologiyasini, ruhiyatini, rejalarini 
buzib yuboradi. Yuqorida sanab o'tilgan kasbiy jihatdan ayyorlik, inson 
psixologiyasiga ta'sir o'tkazish qobiliyatlariga ega bo'lishi bilan bir qatorda 
haqiqatdan ham halol va mehribon inson. Tergov jarayonida bo'ladimi yoki 
hayotdami, u uchun birinchi navbatda insonni tushunish va qiyin vaqtlarda unga 
yordam berish afzaldir. Bu aynan Raskolnikov ishida sodir bo'lgan. Qonun va tartib 
qo'riqchisining hamda jinoyatchi o'rtasida "kim yutadi" degan o'ziga xos psixologik 
o'yin bo'lib o'tadi. Aqlli tergovchi o'zini ahmoq qilib ko'rsatgani uchun qotilning 
hushyorligini bostiradi. Porfiriyning yana bir ayyorona jihati shundaki, u tergov 
paytida Raskolnikovdan shubhalanayotganini to'g'ridan-to'g'ri bildirmaydi, unga 
hujum qilmaydi va yigitni o'zining so'zlari bilan ushlashga harakat qiladi. Ikkinchi 
tergov paytida Porfiriynining o'zini juda mag'rur tutishi va qat'iyatli tutishi 
Raskolnikovga yoqmaydi va g'azabini keltirib chiqaradi va unga qiynoqqa solishga 
yo'l qo'ymasligini aytadi. Bu holat orqali Raskolnikov Porfiriyning yonida o'ziga o'zi 
xiyonat qilib qo'yadi. Tergovchining jinoyatchiga qarshi dalillari yo'qligiga qaramay 
uning jinoyatini bilishini aytadi va Raskolnikov qilgan jinoyatini tan olmagan 
taqdirda uni hisbga olishini aytadi va bu orqali yigitning yuragida qo'rquv va hayajon 
paydo qiladi. Bu uning psixologik jihatdan naqadar kuchli inson ekanligidan darak 
beradi va jinoyat fosh etilib tergov jarayonlari tugaydi.
Ushbu asardan jinoyatni O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi moddasi 
bilan kvalifikatsiya qiladigan bo’lsak, Jinoyat Kodeksi 27-modda 2-qism “J” bandi 
va 169 2-qism “2’ bandi bilan qo’shib kvalifikatsiya qilinadi. Bunda jinoyat 
ob’ekti-shaxsning hayoti va mol-mulki. Jinoyat ob’ektiv tomoni -jinoyatni


kechqurun 19:00 larda, Alena Ivanovnaning xonadonida shavqatsizlarcha o’ldirib 
sodir qiladi. Jinoyat sub’ektiv tomondan to’g’ri qasd. 
Ushbu asardagi vaziyatning yuzaga kelishidagi fojiali xato Raskolnikovning
shaxsiy sifatlari bilan yaqqol bog’liq bo’lib, bunda Raskolnikovning mehnatga 
bo’lgan salbiy xulq atvori, dunyo qarashining torligi, to’g’ri mulohaza qila 
olmaganligi sabab bo’ldi deb o’ylayman. 
Asarda jinoyatchi shaxs psixologiyasi mukammal yoritilgan. hu bilan birgalikda 
asar insonni yashashga o’rgatadi va xatolaridan saboq chiqarishga undaydi. 
Shuningdek kitobxon asarni o’qishi davomida qahramonning jazo olishini chin 
dildan kutadi.
Mantiqiy savol: 


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi. O‘zbekiston 
Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va 
madhiyasiga ega. Mazkur moddaga akademik yozuv talablari asosida izoh yozing, 
moddadagi tushunchalarga ta’rif bering, normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini 
ko‘rsating. 
Javob: 
1.
Davlat ramzlari deb nimaga aytiladi 
?
2.
Bayroq haqida ma’lumot bering 
?
3.
Gerb haqida ma’lumot bering ?
4.
Madhiya haqida ma’lumot bering
?
5.
Konstitutsiyadagi ushbu normaning ijtimoiy hayotdagi, millat kelajagidagi
ahamiyati nimadan iborat
?
Biz ushbu mantiqiy savolga quyidagicha javob berishdan boshlaymiz. Davlat 
ramzlari deb nega aytilishi haqida men sizlarga ma’lumot berib o’tsam. Davlat 
ramzlari — muayyan bir davlatning milliy suverenitetini ifodalaydigan, tarixan 
tarkib topgan alohida, eng muhim belgilari. Ular bevosita xalq, millat hayoti, 
anʼanalari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bogʻliqdir. Davlat ramzi 
mustaqil davlatning muhim tashqi belgilarini oʻzida mujassamlantiradi. Davlat 
ramzida xalqning azaliy orzusi, ezgu niyatlari, bugungi hayot mazmuni aks etadi. 
Davlat ramzi konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilab qoʻyiladi. Davlat 
bayrogʻi, davlat gerbi, davlat madhiyasi, davlat ranglari, davlat boshligʻining 
shtandarti (bayrogʻi), davlat muxri, davlat shiori asosiy davlat ramzi hisoblanadi. 
"Oʻzbekiston Respublikasi" nomi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, oʻzbek 


tili, Oʻzbekistonning oʻz bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, poytaxti (Toshkent shaxri), 
Oʻzbekistonning davlat mukofotlari va unvonlari, milliy valyutasi(soʻm), umumxalq 
bayramlari mustaqil oʻzbek davlatining yorqin timsollaridir
1

Davlat ramzlaridan bo’lgan bayroq haqida ma’lumot berib o’tadigan bo’lsak.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-
noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari 
o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan. 
Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud 
bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-
madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtiradi. 
1. Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot 
ramzi. Timsollar tilida bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat 
va sadoqatni bildiradi. Binobarin, Amir Temur davlati bayrog‘ining rangi ham 
moviy rangda edi. 
2. Bayroqdagi oq rang – muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u kun charog‘onligi va 
koinot yoritqichlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Oq rang – poklik, beg‘uborlik, 
soflikni, orzu va hayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsoli. 
3. Yashil rang – tabiatning yangilanish ramzi. U ko‘pgina xalqlarda navqironlik, 
umid va shodumonlik timsoli hisoblanadi. 
4. Qizil chiziqlar – vujudimizda jo‘shib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlarini 
anglatadi. 
5. Navqiron yarim oy tasviri bizning tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq. Ayni paytda 
u qo‘lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzi ham. 
1
https://uz.wikipedia.org/wiki/Davlat_ramzlari 


6. Yulduzlar barcha uchun ruhoniy, ilohiy tismol sanalgan. O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat bayrog‘idagi 12 yulduz tasviri ham tarixiy an’analarimiz, 
qadimgi yilnomamizga bevosita aloqador. Bizning o‘n ikki yulduzga bo‘lgan 
e’tiborimiz O‘zbekiston sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida nujum ilmi 
taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. 
Davlat bayrog‘imizdagi 12 yulduz tasvirini o‘zbek xalqi madaniyatining 
qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzi sifatida 
tushunish lozim. 
Davlat ramzimiz bo’lgan Gerbga keladigan bo’lsak. 
Gerb
termini «erbo» 
so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa 
nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Gerb – bu tamg`a, emblema, meros bo`lib qolgan,
bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgisi,
tamg`asi, nishoni – timsolidir.
1992 yil 2 iyulda O`zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 
tasdiqlangan gerb davlatimizning siyosiy, milliy xo`jalik, jug`rofiy, etnik va boshqa 
o`ziga xos xususiyatlarini hamda boy tarixiy an'analarini mujassamlashtirgan. 
Shuningdek gerbimizda O`zbekistonning ijtimoiy va davlat tuzilishi, tamoyillari 
o`ziga xos tarzda ifoda etilgan. O`zbekiston Respublikasi Davlat gerbining 
rangli ko`rinishida: Humo kushi va daryolar – kumush rangda; quyosh, boshoqlar, 
paxta chanoqlari va «O`zbekiston» yozuvi – oltin rangda, g`o`za shoxlari va barglari, 
tog`lar va vodiy-yashil rangda; chanoqlardagi paxta – oq; rangda; lenta – 
O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil 


rangda; sakkizburchak – oltin zarxal bilan hoshiyalangan xolda xavo rangda; 
yarimoy va yulduzlar-oltin rangda tasvirlangan.
O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbini behurmat qilinganda O`zbekiston 
Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda jazolanadi.
O’zbekiston Respublikasi Madhiyasi – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, 
u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida 
qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, 
harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat 
madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u 
davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi 
bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli 
shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan 
kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining 
shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 
10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 
to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi 
O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan 
taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
Shunday qilib, yurtboshimiz haqli ravishda ta'kidlaganideq «Davlatimiz ramzlari 
– bayroq, tamg`a, madhiya O`zbekiston xalqlarining shon-sharafi, g`ururi, tarixiy 


xotirasi va intilishlarini o`zida mujassamlashtirdi. Mana shu ramzlarni e'zozlash – 
o`zining qadr-qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan 
mustahkamlash demakdir».
Demak, O`zbekiston Respublikasining davlat ramzlari faqat o`zbek 
davlatigagina taalluqli bo`lib, mohiyati chuqur ma'noga ega shartli belgilar badiiy 
ifoda sifatida ma'lum bir ko`rinishlarda aks etadiki, bunday ko`rinish ohanglar, 
so`zlar, tabiat tasviri, ranglar, astrologik jismlar va boshqa turli shakllarda bo`lib, 
xalqimizning 
o`tmishi, 
istiqboli, 
g`ururi 
va 
faxrini 
o`zida 
mujassamlashtiradi. Shundan biz sanab o`tgan milliy davlat ramzlari olamshumul v
oqea, ular mustaqil O`zbekiston davlatining yorqin timsollari bo`lib, bu timsollar b
ugun, erta va buyuk kelajagimiz uchun munosib xizmat qilajak. Yurtboshimiz ta'ki
dlaganidek,“shu ramzlarni e'zozlash– o`zining qadr 
qimmatini, o`z mamlakatiga va shaxsan o`ziga bo`lgan ishonchni mustahkamlash
demakdir”
2

Konstitutsiyadagi ushbu normaning ijtimoiy hayotdagi, millat kelajagidagi
ahamiyati nimadan iboratligi haqida ma’lumot beradigan bo’lsak. 
O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan 
tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. Bu 
ramzlar har bir millat va elatning tadrijiy rivojlanishi uchun asos bo’lib hizmat 
qiladi. Ya’ni kelajak avlod uchun bu ramzlarning mavjudligi, har bir demokratik 
davlat rivoji va davlatning ustunini musathkam ushlab turishga hizmat qiladi. 
Ko’plab davlatlarda davlat ramzlari mustaqillikka erishish bilanoq vujudga keladi 
va shu mustaqillik ortidan o’z prinsipini qurishni boshlaydi.
2
http:elib.buxdu.uz index.php pages referatlar mustaqil ish kurs ishi item 11680 
O’
zbekiston Rrespublikasi davlat 
ramzlari bayroq madhiya va gerb 


Mantiqiy savol: 
2. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1925-moddasi. Litsenziyalash 
to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi 
qonunchilikni buzish Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni 
berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan 
litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof 
ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 
sodir etilgan bo‘lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash 
miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz 
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari 
bilan jazolanadi. Mazkur moddaga akademik yozuv talablari asosida izoh yozing, 
moddadagi tushunchalarga ta’rif bering, normaning ijtimoiy hayotdagi ahamiyatini 
ko‘rsating. 
Javob: 
1.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1925-moddasi nima haqida
?
2.
Litsenziya o’zi nima 
? Litsenziya nima maqsadda olinadi?
3.
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan 
tartibi qanday
?
4.
Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari 
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish oqibatida nimalar yuz berishi qonunda keltirib 
o’tilgan
?
5.
Jinoyat Kodeksidagi ushbu normaning ijtimoiy hayotdagi, millat kelajagidagi
ahamiyati nimadan iborat
?

Biz avvalo ushbu mantiqiy savolga birin ketin javob berib, misollar bilan 


yortiib boramiz.

Litsenziya so’ziga



Download 240,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish