34-umumiy o’rta ta’lim maktabi Matematika fani o’qituvchisi Xomidjonov Ma’rufjon Mahmudjon o’g’lining MANTIQIY SAVOLLAR
JAMLANMASI
To’raqo’rg’on-2020 1. Shunday insonlar borki, ular otni ham, filni ham qiyinchiliksiz ko’tara oladi, joyini o’zgartira oladi. Ular kimlar?
Javob: Shaxmatchilar 2. Bir kuni shofyor o’z mashinasining g’ildiraklaridan birini dami chiqib qolganini ko’rdi, lekin parvo qilmay uydan chiqib ketdi va qiyinchiliksiz yurib kechga tomon qaytib keldi. U buni qanday uddaladi?
Javob: Dami chiqqan g’ildirak zahiradagisi edi. 3. Bu shaxmat donasi sabab o’rta asrlarda arab shohlari bu o’yinni o’ynashni istashmagan.
Javob: Ot, sababi islom dinida hayvon tasviri mumkin emas. 4. Mashhur sehrgar xonaning o’rtasiga qo’l zo’rg’a sig’adigan shisha qo’yib uning ichiga kira olishini aytdi. U buni qanday uddalashi mumkin?