2.3. Shahar maydonlarining tipologiyasi
Shaharlarning markaziy maydoni ularning visit kartochkalari bo’lib, shaharning eng asosiy joylari hisoblanadi. Shaharsozlik nuqtai nazaridan qaraganda, bu shaharning o’zagi sanaladi. Ijtimoiy nuqtai nazardan qaraganda, mahalliy aholi singari ko’p sonli odamlar va sayyohlarni o’ziga tortadi. Bu yerda albatta muhim tadbirlar va bayramlar o’tadi. Shahar maydoni shahar muhitini loyihalashda alohida e’tibor qaratiladigan muhim obyekt bo’lishi kerak. Eng muhim fuqarolik va diniy binolar uchun tabiiy joy, ommaviy yig’inlar, tantanalar va tadbirlar o’tkaziladigan joy. Yangi yil arafasida shaharning deyarli har bir markaziy maydonida bayram archasi o’rnatilgan bo’lib, qo’shimcha ramziy ma’no kasb etadi.
Shahar maydoni bir necha davrlarning madaniy merosini o’zida jamlagan ansambldir. Shaharni organism misolida tasavvur etadigan bo’lsak, shahar urbanizatsiya qoidalariga bo’ysunadi. Shaharning markaziy maydonlarini arxitektura va landshaft prizmasidan foydalangan holda kompleks obodonlashtirish shahar aholisi va mehmonlari uchun muhim xususiyatlarni shakllantiradi. Bu shuni anglatadiki, shahar ochiq maydonlarining sifati ularning har qanday qiyofasini yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Deyarli har bir shaharda bir necha maydonlar mavjud. Shahar va uning aholisi qanchalik katta bo’lsa, dam olish markazlari shunchalik ko’p bo’lishi kerak. Ular park, maydon, bulvar yoki bo’lishi mumkin. Ushbu bo’shliqlarning har biri o’z funksiyalari va tasnifiga ega. Maydonlar shakllanishiga qarab bir necha turlarga bo’linadi.
Keng maydon. Maydon ustida ko’tarilgan bino uni ifodalovchi joyga mos o’lchamlarga ega bo’lishi kerak. Bunda, maydon binoga hukmronlik qiladi, uning uzunligi binoning balandligidan ancha katta bo’ladi.
Yadroviy maydon. Bo’shliq markaz atrofida hosil bo’ladi.
Guruhlangan maydon. Fazoviy birliklar kattaroq kompozitsiyalarga birlashtiriladi.
Amorf maydon. Joy cheklanmagan bo’ladi. Binolar maydonni har tomondan o’rab oladi [15].
Maydonlar ularning maqsadlariga qarab bir necha turlarga bo’linadi.
Asosiy maydonlar-jamoat binolariga boriladigan piyoda yo'llar, namoyishlar o'tkazilishi uchun mo'ljallanadi; unda transport harakati bo'lmasligi kerak.
Transport maydonlari-yondashgan ko'chalarga transport oqimlari taqsimlanadi. Ommaviy tashrif markazlarining joylashuvi kerak emas.
Vokzal oldi maydonlari-tashqi transport inshootlariga, avtomobil to'xtash joylariga, yo'lovchi transportlari bekatlariga kirish hamda transport va piyodalar oqimlarini tashkil etish va ajratish uchun.
Zavod oldi maydonlari –kirish joylariga, to'xtash joylari va bekatlarga kelish uchun.
Ko'p funksiyali maydonlar-maydonning shahar tarxida o'rni va uning bajaradigan ishi bosh tarxda aniqlanadi. Maydonni loyihalashda transport va piyodalar harakatini tashkil etish sxemasini tuzish lozim [12,63-64].
Do'stlaringiz bilan baham: |