2. M. Porter bo’yicha raqobat konstepstiyasi
Porter tomonidan 1982 yili kiritilgan kengaytirilgan raqobat konstepsiyasining mazmuni shuki, firmaning asosiy bozordagi raqobatli afzallikdan foydalana olish qobiliyati faqatgina o’zi duch kelayotgan bevosita raqobatga emas, balki shu bozordagi potenstial raqiblar, o’rinbosar tovarlar, mijozlar va etkazib beruvchilar kabi kuchlarning ta’siriga ham bog’liqdir. Potenstial raqiblar va o’rinbosar tovarlar firma uchun bevosita xavf uyg’osta, mijozlar va etkazib beruvchilar esa o’zlarining talablari bilan bilvosita tahdid solib turadi (rasmga qarang). Mana shu kuchlarning o’zaro ta’sirii oxir oqibatda tovar bozorining rentabelligini belgilaydi. Tabiiyki, raqobat muhitini tashkil qiluvchi asosiy kuchlar turli bozorlarda turlicha bo’lishi mumkin (1.1-rasm).
3. Global strategiya yordamida raqobatli afzallikka erishish.
Hozirgi kunda raqobat kurashida ustunlik bunday raqobatda emas, balki baholardan tashqari raqobatdadir. Chunki, hozirgi kunda iste’molchilar ko’pincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda (tovarning) foydalifazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar ma’qul kelsa, tovar uchun ko’proq pul to’lashga ham tayyor bo’ladilar.
Marketing izlanishlari shuni ko’rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda xaridor tovar harid qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi ko’rinishiga, dizayniga ahamiyat beradilar. Shundan keyin tovarning texnik ko’rsatkichlariga e’tibor beradilar. Shunday ko’rsatkichlar ichida narx-navo 6-7 o’rinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori bo’lgan davlatlariga xos xususiyatdir. Vaholanki, O’zbekiston kabi mamlakatlarda baho hozircha xaridor uchun muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Buni albatta hisobga olish zarur.
4. Raqobatdagi yutukka milliy shart-sharoitlarni ta’siri.
Globallashuv jahon bozorlari va mintaqaviy iqtisodiyotlarning tizimli integrastiyasi bilan tavsiflanadi, buning natijasida iqtisodiy o’sish kuzatiladi, zamonaviy texnologiyalar va boshqaruv mexanizmlarining joriy etilishi jadallashadi.
Zamonaviy globallashuv jarayoni avvalgi integrastiya jarayonlaridan ma’lum qadar farq qiladi. Eng avvaalo, bu juda ko’p mamlakatlarning savdo, moliya, invbestistiya va axborotlar uchun o’z chegaralarini ochishida ko’rinadi.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyotining o’ziga xos xususiyati - integrastiya, buning ustiga umumiy, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, mehnat integrastiyasi.
So’nggi yillarda integrastiya yangi mamlakat va mintaqalarni qamrab oldi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanmoqda:
• ishlab chiqarish kuchlarining baynalmilallashuvi;
• xalqaro mehnat taqsimotining baynalmilallashuvi;
• moddiylashgan tovarlar bo’yicha an’anaviy xalqaro savdo xususiyatining sifat o’zgarishi va ko’lamining kengayishi;
• turli mamlakatlarda iqtisodiy faoliyatning chatishib ketishi va o’zaro bog’liqligini ta’minlovchi moliyaviy va ishlab chiqarish resurslarining xalqaro miqyosda ko’chib yurishi;
• xizmat ko’rsatish sohasining rivojlanishi;
• ilmiy-texnik bilimlar bilan xalqaro almashinuv;
• ishchi kuchining xalqaro migrastiyasi;
• zamon talablaridagi global muammolar (tabiatni muhofaza qilish, Dunyo okeani, kosmosni o’zlashtirish, rivojlanayotgan mamlakatlarning och aholisiga yordam ko’rsatish va boshqalar)ni hal etishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlik
Do'stlaringiz bilan baham: |