VI. Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktika) vositalarini joriy etish
29.
Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish.
1. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.
2020-yil sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
2. Monopol korxonalarda va davlat organlarida monopoliyaga qarshi komplayensni joriy etish.
2020 — 2024-yillarda
30.
Raqobatni himoya qilishda qonun hujjatlari buzilishlariga oldindan yo‘l qo‘ymaslik (profilaktika) mexanizmini joriy etish.
1. Davlat organlarida va xo‘jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi komplayensni — raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash, huquqbuzarlik xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ichki tartib-qoidalar tizimini joriy qilish va uni monitoring qilish metodologiyasini ishlab chiqish
2020-yil sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S. Bekenov)
2. Kamida 9 ta korxonalarda tajriba sifatida monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish.
2020-yil
dekabr
VII. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik, avvalo “kartel” kelishuvlari tuzganlik va til biriktirishlar amalga oshirganlik uchun huquqiy ta’sir choralarini kuchaytirish hamda halol raqobatni rag‘batlantirish
31.
“Kartel” kelishuvlariga qarshi kurashish usullarining samaradorligini oshirish.
“Kartel” kelishuvlari va til biriktirish bo‘yicha raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar miqdorini o‘zgartirish bo‘yicha “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish.
2020-yil
oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
32.
“Kartel” kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlashning tahliliy vositalarini takomillashtirish.
Ijtimoiy muhim va monopol turdagi tovar va xizmatlarning narxlari darajasini kuzatish tartibini ishlab chiqish.
2020-yil
sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
33.
Jamiyatda til biriktirish va “kartel” kelishuvlarning har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
1. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni keng jalb qilgan holda “kartel”larga qarshi ijtimoiy kompaniyani ishlab chiqish.
2. “Kartel” kelishuvlarini aniqlash maqsadida “yengillashtirish” dasturi samaradorligini oshirish chora-tadbirlarini tasdiqlash.
2020-yil dekabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xodjayev)
34.
Nohalol raqobatni oldini olish, aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish.
1. Ushbu sohada faoliyat yuritayotgan yuristlar, patent ishonchli vakillari va ekspertlaridan iborat monopoliyaga qarshi kurashish organi huzurida mahsulot o‘xshashligini baholash bo‘yicha ekspert komissiyasini shakllantirish.
2020-yil oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Intellektual mulk agentligi
(T. Abdusattorov)
2. Intellektual mulk huquqlarini buzuvchi nohalol tadbirkorlik subyektlari reyestrini joriy etish.
2020-yil
sentyabr
35.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi yuzasidan sudyalarning malakasini oshirish tizimini yaratish.
Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi bilan hamkorlikda sudyalar uchun raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha maxsus kurslarni tashkil qilish.
2021-yil
Sudyalar Oliy kengashi
(U. Mingbayev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)