V. Tabiiy monopoliya sohalarining raqobat bozori holatiga o‘tishdagi to‘siqlarni bartaraf etish
23.
Tabiiy monopoliyalar sifatida tasniflash mezonlarini qayta ko‘rib chiqish va ushbu sohalarni tubdan qisqartirish.
1. “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlarni birlashtirish.
2020-yil
oktyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
2. Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati va ishlashi, shu jumladan o‘zaro bog‘liq bozorlarda raqobat sharoitlarini yaratish imkoniyatidan kelib chiqib, tahlillar o‘tkazish.
2021-yil fevral
24.
Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining shaffofligini va ularning infratuzilmalaridan kamsitishlarsiz foydalanishni ta’minlash.
1. Tabiiy monopoliyalar subyektlarining namunaviy va boshqa shartnomalarini xatlovdan o‘tkazish.
2. Tabiiy monopoliyalar infratuzilmasiga ulanish (qo‘shilish) asossiz rad etilganligi uchun javobgarlik mexanizmlarini kuchaytirish.
2020-yil noyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
25.
Elektr energetika sohasida raqobatni rivojlantirish.
1. Elektr energiyasining ulgurji bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish bo‘yicha Dastur tasdiqlash.
2. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash funksiyalarini xususiy sektorga berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlash.
2021-yil aprel
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
26.
Gaz ta’minoti bozorida raqobatni rivojlantirish.
Xususiy sektorning raqobat asosida gaz ta’minoti bozoriga kirishini ta’minlash dasturini tasdiqlash.
2021-yil sentyabr
Energetika vazirligi (A. Sultanov),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
27.
Temir yo‘llari transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.
Temir yo‘llari transporti orqali tashishlar bozorida quyidagilarni ko‘zda tutuvchi raqobatni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish:
temir yo‘llari infratuzilmasini saqlash va tashishlarni amalga oshirish funksiyalarini ajratish orqali temir yo‘llarida tashishlar xususiy bozorini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish imkoniyatini o‘rganish;
harakatlanuvchi tarkib operatorlari faoliyatini tartibga solish asoslari va ularning tashuvchilar bilan o‘zaro munosabatlari to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish;
kombinatsiyalashgan tashishlarga tarifni hisoblash metodikasini ishlab chiqish (yo‘nalish bo‘ylab har xil turdagi lokomotivlar yoki turli tashuvchilarning lokomotivlaridan foydalanish);
umumiy foydalanishda bo‘lmagan yo‘llarning umumiy foydalaniladigan yo‘llarga texnologik ulanishi uchun teng sharoitlarni ta’minlash;
vagonlar ayri�oshlash “birja”sini tashkillashtirish, tashishlar logistikasini yanada samarali yaratish.
2021-yil
mart
Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
28.
Havo transporti sohasida raqobatni rivojlantirish.
1. Respublikaning barcha hududlarida “ochiq osmon” rejimini joriy etish dasturini tasdiqlash.
2020-yil dekabr
Transport vazirligi (E. Ganiyev),
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
2. Havo transportida tashishlar bozorida turli xizmatlarni ko‘rsatish uchun xususiy sektor subyektlari kirishini ta’minlash dasturlarini tasdiqlash.
2020-yil
dekabr
3. Milliy arzon tashuvchilarni — “loukostyerlarni” yaratish dasturini tasdiqlash.