II. Samarali faoliyat ko‘rsatadigan bozorlarni yaratish, shaffoflikni va ularga kirish uchun teng sharoitlarni ta’minlash
6.
Tovar va moliya bozorlariga yangi ishtirokchilarning ki�ishini soddalashtirish.
Asosiy tovarlar va moliyaviy bozorlarda raqobatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, shu jumladan:
farmatsevtika bozorida;
qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqishda;
bank sektorida;
telekommunikatsiya xizmatlarida (internet, mobil aloqa);
neft mahsulotlarini ishlab chiqarishda;
kimyoviy va mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda.
2020-yil dekabr
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev), Qurilish vazirligi
(B. Zakirov), Markaziy bank
(M. Nurmuratov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(Sh. Sadikov), Energetika vazirligi (A. Sultanov),
“O‘zkimyosanoat” AJ
(J. Mirzamahmudov),
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
7.
Tovar va moliya bozorlarida raqobat shartlarini ta’minlash.
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari kesimida monopoliyaga qarshi talablar va qoidalar ishlab chiqish.
2021-yil yanvar
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov),
tarmoqlarni tartibga soluvchi vazirlik va idoralar
8.
Davlat xaridlari sohasida monopoliyaga qarshi tartibga solishni takomillashtirish.
1. Davlat xaridlari jarayonida kelishilgan harakatlarni oldini olish maqsadida “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga buyurtmachilar vakillarining sonini cheklash va ishtirokchilarning affillanganligiga qo‘yilgan talablarni kiritish.
2. Tender savdolari jarayonida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzilishini aniqlash tartibini tasdiqlash.
2020-yil noyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Moliya vazirligi (T. Ishmetov)
9.
Xo‘jalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalarning xaridlarida raqobatni ta’minlash.
Strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning xarid qilish jarayonlariga monopoliyaga qarshi talablarni kiritish.
2020-yil sentyabr
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov)
10.
Birja savdolari mexanizmini takomillashtirish va birja savdolari uchun tovarlar turlarini kengaytirish.
1. Jarayonni elektronlashtirish orqali yuqori likvidli va monopol turdagi tovarlarning savdoga chiqarilishini monitoring qilish tartibini tasdiqlash.
2. Yuqori talab bo‘lgan davrda birja savdolarida monopoliyaga qarshi choralar ko‘rish va narxlarning manipulatsiyasini oldini olish tartibini tasdiqlash.
2021-yil fevral
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)
11.
Ulgurji va chakana savdo jarayonida raqobatni ta’minlash.
Ulgurji va chakana savdo uchun monopoliyaga qarshi talablarni raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga kiritish.
2021-yil
may
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi (N. Sharipov),
Iqtisodiy taraqqiyot
va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov)