Raqamli vattmetrlar



Download 1,44 Mb.
bet6/21
Sana21.04.2022
Hajmi1,44 Mb.
#571361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ТЕЛЕКОММУНИКАЦИЯ ТИЗИМЛАРИДА страницы

6.12-rasm.
k
Agar T2 ning sinxronlash signalining kelishidan oldin, dan ortiq miqdordagi manfiy qutbli xalaqit impulsli

AU'

elgan bo'lsa, multivibratorning vaqtidan oldin ishlab ketishi sodir bo'ladi. Xalaqit tasodifiy xarakterda bo'lganligi uchun relaksatsiya momentining boshlanishi tsikldan tsiklga fluktuatsiyalanadi va, demak, sinxronlash turg'un bo'lmaydi. Bu misol multivibratorning xususiy tebranishlari davrini to'g'ri tanlash qanchalik muhimligini ko'rsatib turibdi.

Txus
ni tanlashdan tashqari, sinxronlash impulslari kuchlanishini ham to'g'ri tanlash zarur. 6.13-a rasmdan ko'rinib turibdiki, sinxroimpuls kuchlanishining ikki marta kamayishi sinxronlashning kamayishiga olib keladi. Sinxroimpulslar kuchlanishining ortiqcha orttirilishiga ham yo'l qo'yib bo'lmaydi, chunki multivibrator to'g'ri yo'lning istalgan momentida ishlab ketishi mumkin. Amaliyotda yaxshi natijani asta-sekin yaqinlashish metodi bilan hosil qilinadi. Dastlab, sinxronlash kuchlanishining minimal qiymatida yoyish davrini taqriban signal davriga teng qilib tanlanadi. Ostsillogramma harakati sekinlashganida sinxronlash signalini oshiriladi. Sinxroimpulslar kuchlanishini va Txus
davrini navbatma-navbat tanlab, ostsillogramma tasvinnmg to'la qo'zg'almas bo'lishiga erishiladi.
Um

Ж
Halaqit
Sinxronlash
impulsi
л
Halaqit

Sinxronlash
impulsi
и
1
,
/
Relaks atsiy aning
b о shlanish vaqti
s'

Relaks atsiyaning b о shlanish vaqti
6.13-rasm

.




S
6.14-rasm.
huni qayd etish kerakki, sinxronlash jarayonini
Txus ning turli qiymatlarida (agar, albatta Txus davr Tsinxr ga yaqin bo'lganida) o'rnatish mumkin, ya'ni Txus qiymatlarning shunday diapazoni mavjudki, uning chegaralarida sinxronlashni o'rnatish mumkin, bu diapazon qamrash diapazoni deb ataladi. Agar sinxronlash o'rnatilgan bo'lsa, multivibratorning Txus davrini sinxronlash jarayonining buzilishiga olib kelmaydigan va saqlab qolish diapazoni deb ataladigan biror diapazonda o'zgartirish mumkin.
Odatda, saqlab qolish diapazoni qamrash diapazonidan katta bo'ladi. Sinxronlashga erishilganidan so'ng, multivibratorning Txus
davri o'rnatiladigan dastasi o'rta vaziyatda turganiga ishonch hosil qilish foydalidir. Bunda kelayotgan signalning chastotasi ortish tomoniga ham, kamayish tomoniga ham og'ganida sinxronlash ta'minlanadi. Shunday qilib, sinxronlash rejimida turgan multivibrator tadqiq qilinayotgan signalga moslanadi.
Multivibrator tebranishlari davri signal davriga teng qilib olinadigan mazkur sinxronlash rejimi ENT ekranida signalning bor-yo'g'i bitta davri ostsillogrammasini
hosil qilish imkonini beradi. Amaliyotda n ta davrni kuzatish zarurati uchrab turadi. Bu holda multivibrator chastotani bo'lish rejimida ishlaydi. 6.14-rasmda ENT ekranida signalning to'rtta davrini akslantirishda multivibratorning ishlashi ko'rsatilgan. 6.14-rasmdan ko'rinib turganidek, multivibratorda relaksatsiya jarayonining boshlanishi impuls 1 bilan qo'zg'aladi. Impulslar 2, 3 va 4 nol darajaga erishmaydi (6.14-b rasm) va, demak, multivibrator ishiga ta'sir ko'rsatmaydi. Impuls 5 relaksatsiya jarayonini qo'zg'atadi. Shunday qilib, qaralayotgan rejimda sinxronlash mavjud, lekin unda impulslarning hammasi ham ishtirok etavermaydi. Multivibratorning bir tebranish davriga tekshirilayotgan signalning 4 ta davri joylashadi. Sinxronlash impulslari kuchlanishini to'g'ri tanlash qanchalik muhimligi 6.14-b rasmdan ko'rinib turibdi. Agar bu kuchlanishni 1,5...2 marta oshirilsa, multivibratordagi relaksatsion jarayon impuls 4 bilan qo'zg'atilishi mumkin. Shunday qilib, bo'lish rejimida sinxronlashning turg'unligi kamroqdir. Bo'lish koeffitsienti qancha katta bo'lsa, sinxronlash impulslari bir-biriga shuncha yaqin joylashadi, saqlash polosasi shuncha tor bo'ladi.
Generator yoyish sxemasining tuzilish sxemasi 6.15-a rasmda keltirilgan. Sinxronlash va ishga tushirish qurilmasi ishga tushiruvchi impulslarni shakllantiradi. Aniq sinxronlash uchun multivibratorga o'sish fronti tik o'tkir uchli impulslar kelishi lozim. Amaliyotda ko'pincha ostsillografda silliq (ravon) o'zgaradigan (masalan, garmonik) signallarni kuzatishga to'g'ri keladi, bu holda ulardan o'tkir uchli shakldagi impulslarni shakllantirishga to'g'ri keladi. Buning uchun shakllantirish va ishga tushirish qurilmasidan foydalaniladi, U odatda, kuchaytirgich-cheklagich va differentsiallovchi zanjirlarni o'z ichiga oladi.
Mazkur sxema bo'yicha yasalgan yoyish generatori muhim kamchilikka ega. O'yish chastotasi o'zgarganida ham multivibratorning, ham arrasimon kuchlanishlar shakllantirgichining parametrlarini o'zgartirish lozim. Faqat mana shu holdagina arrasimon yoyish impulslarining yuqori chiziqli va ularning qulochi (razmax) doimiy bo'lishini saqlab qolish mumkin. Arrasimon impulslar qulochining va, demak, ostsillogramma gorizontal o'lchamining chastotaga bog'liq bo'lmasligi ostsillograf bilan ishlashda qulaylik yaratadi. Yoyish chastotasi qayta o'zgartirilganidan keyin ostsillogrammaning gorizontal o'lchamini rostlashga hojat qolmaydi va signalning vaqtga oid parametrlarini o'lchash ancha soddalashadi.
Zamonaviy ostsillograflarda kalibrlangan yoyishdan foydalaniladi, bunda nurning ma'lum gorizontal ko'chishiga ma'lum vaqt intervali to'g'ri keladi. Yuqorida qaralgan tipdagi yoyish generatori bu talabga javob bermaydi, chunki xaroratning nostabilligi, ta'minot kuchlanishining o'zgarishi oqibatida sxema elementlari parametrlarining o'zgarishi yoyilma kuchlanishi o'sish tezligining va uning qulochi muqarrar o'zgarishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda bu tipdagi yoyish generatorlari sodda va arzon asboblardagina qo'llaniladi.
' ' Jv „г~ь JL



Arrasimon
impulslar
shakUantir-
gichi


Kuchaytirgich
X


Chiqish


Jv JL JL





Download 1,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish