Obyektga yo‘naltirilgan tillarning yaqqol namunasi - bu Delphi vizual programmalash muhitidir. Bu muhit Turbo Paskal tili asosida yaratilgan bo‘lib, unda programma yaratish muhitidagi mavjud komponentalarni loyihalash asosida bo‘ladi. Shuning uchun ham bosh programma Rgoject deyiladi. Delphining yana bir muhim xususiyati vizual programmalashdir, ya’ni programma yaratilayotgan paytda tuzuvchi hosil bo‘ladigan programma shaklini ko‘rib turadi va grafik interfeys yordamida komponentalar shaklini o‘zi ma’qul topgan joyiga qo‘yishi mumkin. Visual Basic tili ham obyektga moslashgan til hisobalanadi va Windowsning ofis programmalarida makroslar yozish uchun til sifatida ishlatiladi.
|
|
194
|
2
|
Windowsning ish muhitini yaratish
Windowsning yopiq ishchi muhitliligi. Bu operatsion
sistemada mumkin bo‘lgan barcha amallar Windowsdan
chiqmagan holda bajarilishi mumkin. Amaliy dasturni ishga
tushirish, disklarni formatlash, matnlarni chop etish – bu
amallarni Windows ichida bajarish va amallarni bajarib bo‘lgandan
so‘ng yana Windowsga qaytish mumkin.
Windows muhitida foydalanuvchi interfeysining asosiy
tushunchalarini oyna va piktogramma tashkil qiladi. Oynalarning
Windows operatsion
sistemasining asosiy afzalligi –
ko‘p vazifaliligidir!
71
tuzilishi va ularni boshqarish elementlarining joylashuvi, amallar
to‘plamlari va servis dasturlari uchun menyu tuzilishi, shuning-
dek, barcha servis va amaliy dasturlar uchun sichqoncha yordamida
bajariladigan amallar yagona talab (standart) asosida ishlab
chiqilgan.
2. Windowsning grafik sistemaliligi. Windowsda MS DOS kabi
foydalanuvchidan buyruqlarni matnli satrlar ko‘rinishida kiritish
talab etilmaydi, balki taklif etilgan to‘plamdan talab etilgan amal
sichqoncha ko‘rsatkichini menyuning tegishli buyrug‘i ustiga
yo‘naltirib zarur tugmani bosib tanlanadi.
WINDOWS operatsion sistemasining asosiy afzalliklari quyida-
gilardan iborat:
– ko‘pmasalaliligi – bir vaqtning o‘zida bir necha dastur va
oynalar bilan ishlash mumkin;
– yagona dastur interfeysi – WINDOWS operatsion sistemasi
muhitida ishlaydigan bir dasturda tayyorlangan ma’lumotlarni
boshqa dasturlarga olib o‘tish imkoniyati mavjud;
– yagona foydalanuvchi interfeysi – WINDOWS operatsion
sistemasidagi bir dastur interfeysida ishlashni o‘zlashtirib olgandan
keyin boshqa dastur interfeysini o‘rganish oson;
– yagona apparatli-dasturiy interfeys – WINDOWS muhiti
turli qurilma va dasturlarning bir-biriga mosligini ta’minlaydi hamda
WINDOWS muhiti boshqa, masalan, MS DOS, operatsion
sistemalarida yaratilgan dasturlardan ham foydalanish imkoniyatini
beradi;
– Windows muhiti dasturlarning qurilmalarga va dasturli
ta’minot (printer, displeyga)ga bog‘liq bo‘lmasligini ta’minlaydi;
– Windows muhiti MS DOS ning barcha amaliy paketlari,
muharrirlar va elektron jadvallar ishini to‘la ta’minlaydi;
– Windows mavjud tezkor xotira va qurilmalardan to‘liq
foydalana oladi;
– Windows dasturlararo ma’lumotlar almashish imkoniyatiga
ega. Bu maxsus Cliðboard (ma’lumotlar buferi) yoki DDE
(ma’lumotlarning dinamik almashuvi, ya’ni boshqa dastur
natijalaridan foydalanish) yoki OLE (ma’lumotlardan ularni
tahrirlagan holda foydalanish) yordamida amalga oshiriladi.
WINDOWS da foydalaniladigan barcha uskunaviy jihozlar
uning obyektlari deb ataladi. WINDOWS operatsion sistemasi
yuklanganda ekranda uning asosiy foydalanuvchi interfeysi – ish
stoli aks etadi.
|
|
195
|
2
|
Uzulishlar bilan ishlash va xotirani taqsinlashni tashkil qilish
Uzilishlarni keltirib chiqaruvchi manbaga nisbatan ularni asosiy uchta guruhga ajratish mumkin:
1. Zahiraviy uzilishlar (tashqi yoki apparat uzilishlari deb ham ataladi);
2. Dasturiy uzilishlar (ichki uzilishlar deb ham ataladi)
3. Mantiqiy uzilishlar (protsessor uzilishlari deb ham ataladi).
Zahiraviy uzilishlar asosan kompyuterning turli qurilmalaridan keladigan signallar orqali hosil bo‘ladi. Masalan, elektr tarmog‘ida kuchlanishning tushishi, klaviatura tugmalarining bosilishi, tizimli vaqt o‘lchagichdan navbatdagi impulsning uzatilishi va hokazo.
Dasturiy uzilishlar asosan dastur tomonidan yuzaga keltiriladi, bu holat bir dasturga ikkinchi dastur tomonidan xizmat ko‘rsatilishi talab qilingan vaziyatlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Mantiqiy uzilishlar asosan mikroprotsessor ish faoliyatida yuzaga keladigan nostandart holatlar ta’sirida vujudga keladi, masalan, nolga bo‘lish amali, registrlarning to‘lishi hodisasi va boshqalar.
|
|
196
|
2
|
foydalanuvchi interfeysini tashkil qilish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |